O`timsiz fe`llar – anglatgan ma`noga ko`ra quyidagi gruppalarga bo`linadi.
Holat yoki turg`unlikni ko`rsatuvchi fe`llar.
To be – bo`lmoq, bor bo`lmoq
To exist - mavjud bo`lmoq
To live - yashamoq
To die – o`lmoq
Harakatni bir yerdan ikkinchi yerga ko`chishini ko`rsatib keluvchi fe`llar:
To start - jo`namoq
To go - bormoq
To come – kelmoq
To arrive – yetib kelmoq
To march – yurmoq
To jump – irg`imoq, sakramoq
Tashqi muhitga bo`lgan ta`sirini ifodalovchi fe`llar:
To laugh – kulmoq
To cry – yig`lamoq
To smile – iljaymoq
To sorrow – g`am chekmoq
Ex. 1) Yes, I know of him. He has surely lived in England for same time. – Ha, men uni bilaman. U haqiqatdan ba`zida Angliyada yashagan.
2) I fear it is a thankless business (I bid) – Men qo`rqamanki bu befoyda biznes.
Hozirgi zamon ingliz tilida o`timsiz fe`llarning o`timli fe`llarga o`tishi oson.
Deyarli hamma o`timsiz fe`llar ot bilan ishlatilishi natijasida o`timlilashib, kauzativ ma`noga ega bo`ladi masalan:
To march – yurmoq
To march some one – birovni yurgizmoq
To walk – piyoda yurmoq
To walk a horse – otni yurgizmoq
O`timsiz fe`llar gapning egasi bilan bevosita aloqador bo`ladi. O`timli fe`llar esa avval to`ldiruvchi bilan keyin ega bilan birikadi. Fe`l kesimning gapning boshqa bo`laklaridan ajratish bilan bu hodisani to`laroq ayon etish mumkin.
Masalan: agar o`z suxbatdoshimizga is coming desak, unda unga Who? Deb savol beriladi. Agar is cutting desak birinchi savol albatta What? Bo`ladi.
Vositasiz va vositali to`ldiruvchilar haqida O. Yespersen quyidagi gapni ta`kidlaydi: