To walk – sayr qilmoq
To run – chopmoq
To work – ishlamoq
Shunday fe`llar ham borki, ulardagi qaysi ma`noni birinchi o`rinda turishi yoki qaysi ma`noning ikkinchi o`rinda turishini aytish qiyin. Ular kontekstga qarab, o`timli yoki o`timsiz fe`l bo`lib kelishi mumkin. Bunday fe`llarga quyidagi fe`llar kiradi.
To open, to move, to turn, to change, to drop va boshqalar.
The women opened the door
While she stood hesitating the door opened.
Yuqorida aytilganlarga shuni qo`shimcha qiladigan bo`lsak, ingliz tilida fe`lning o`timli, o`timsizligi kontekstga bog`liqdir.
“O`timsiz – fe`llarning leksik-semantik gruppalarga bo`linadi”.
Holat yoki turg`unlikni bildiruvchi leksik-semantik gruppaga kiruvchi o`timsiz fe`llar.
Bunday fe`llarga ingliz tilida: to live, to be, to sit, to lay, (yotmoq), to sleep, to stay, to be asleep, to recover (tuzlamoq) kabi fe`llar kiradi.
Ex. 1) Diane sat at the table very sleepy – Diana stulda mudrab (uxlab) o`tirardi. (E.H.F)
The girl stood just inside the door- Qiz bo`sag`aga (eshik oldiga) turgandi. (K.M.SSp125)
There lay a young man, fast asleep – U yerda bir yigit qattiq uxlab yotardi.
The girls were in Belgium last week – Qizlar o`tgan haftada Belgiyada bo`lishdi.
We live in a house in a village. (E. H.r)-Biz qishloqdagi bir uyda yashaymiz.
We had been in the country – Biz shahardan tashqarida bo`ldik. (E.H.p5)
I slept on the floor of the corridor – men koridor polida uxladim. (E.H.F.p113)
Stay here in the sunlight (T.Ch.V)- shu yerda quyosh nurida turing.
Man was asleep in the chair- O`sha kishi stulda o`tirganch uxlab qoldi.
10) He is slowly recovering from his illness – U kasaldan sekinlik bilan tuzalmoqda.