Xulosa Ingliz va o`zbek tillarida fe`l


To laugh – kulmoq, to warry (bezovtabo`lmoq) to try – harakat qilmoq



Yüklə 281,5 Kb.
səhifə15/18
tarix19.06.2023
ölçüsü281,5 Kb.
#132672
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Ingliz va o`zbek tillarida fe`l

To laugh – kulmoq, to warry (bezovtabo`lmoq) to try – harakat qilmoq kabi fe`llar kiradi.
Examole: 1) Miss Brill nearly laughed out… (K.M. p96)

  • B rill xonim o`zini kulishdan zo`rg`a tutib turardi.

2) His noise trembled withanger (H.O.D p69)
- Uning ovozi jahldan titradi.
3) We were trembling with cold.
- Biz sovuqdan titradik
4) She was shaking with cold (B.Y.Y. p371)
- U sovuqdan qaltirardi.
5) I`m tired of this monotonous music.
- Men bu bir xil ohangdagi musiqadan charchadim.
6) He is still hesitating about journer (B.Y.Y. p29)
- u hali safar haqida ikkilanyapti.
7) Yes, I know of him. He has surely lived in England for same time.
- Ha, men uni bilaman. U haqiqatdan ba`zida Angliyada yashagan.
8) I fear it is a thankless business (I bid)
- Men qo`rqamanki, bu befoyda biznes.

II- BOB 2,1. O`timsizlikning fe`l birikmalari bilan ishlatilishi.


Ingliz tilida shuningdek o`zbek tilida ham o`timsizlik ko`pincha fe`l birikmalari bilan ifodalanadi. Buni biz ingliz va o`zbek tillarida quyidagi fe`l birikmalar misolida ko`rishimiz mumkin.


Example: 1) She began to make bad. (K.MSS. p79)
U o`rin solishni boshladi
2) … Girl don`t want to go to the front (E.H.p43)
Qiz frontga borishni hohlamadi.
3) He went to sleep (E.H.p73)
U uyquga ketdi
4) She tried not smile too much (K.MSS. p99)
U ko`p kulmaslikga harakat qildi.
5) My aunt desided to move … (Y. M. as. P 19)
Mening holam ko`chishga qaror qildi.
6) He desided to get up and look at the boys photograph. (K.MSS. p133)
U o`rnidan turib bolalarning suratiga qarashga qaror qildi.
7) He started to go to up the road (E.H.p60)
U yo`l bo`ylab ketishni boshladi.
8) … He started to cry (E.H.M p61)
U baqirishni boshladi.
9) He stopped doing his lessons and feel asleep
U dars qilishdan to`xtadi va uyquga ketdi.
10) His coffee grew cold … (Driser)
Uning kofisi sovib qoldi.
O`zbek tilida bunday fe`llarga afsus chekmoq, azob yemoq, ajrim bo`lmoq, abgor bo`lmoq va shunga o`xshash birikmalar kiradi.
O`timli va o`timsizligi teng huquqli bo`lgan fe`llar ikki xil ma`noli fe`llar deyiladi.
Masalan: to move – siljimoq, siljitmoq
To stop – to`xtamoq, to`xtatmoq
To finsh – tugamoq, tugatmoq
To widen – kengaymoq, kengaytirmoq
Bu fe`llarning o`timli, o`timsiz bo`lib kelishi sintaktik distrubutsiyaga bog`liqdir.
The sun is shining well - quyosh yaxshi nur sochyapti.
He shine the knife washing special powder – u maxsus parashok bilan pichoqni yuvib yaltiratdi.
Ingliz va o`zbek tillarida o`timli va o`timsiz fe`llarning ishlatilishi quyidagicha. O`zbek tilidagi singari ingliz tilida ham fe`llar ikki gruppaga bo`linadi. O`timli va o`timsiz. Ularning o`timli yoki o`timsiz bo`lishi obyektga qaratilgan ish – harakatga bog`liq. Qanday predmetga yoki shaxsga qaratilganligi muhimdir. O`timli fe`llar o`z-o`zidan harakatli aniq shaxs yoki predmetga o`tganligini ko`rsatadi, bunday fe`llar odatda o`zidan keyin to`g`ri to`ldiruvchini talab etadi. O`zbek tilida tushum kelishigiga to`g`ri keladi.
Masalan: to see - ko`rmoq (nimani) What?
To give – bermoq (nimani) What?
To attempt a task – an attempt at a task.
To essay a problem – an essay at a problem.
Ingliz va o`zbek tillarida ham shunday fe`llar uchraydiki, ular ham o`timli, ham o`timsiz bo`lishi mumkin. Bu ularning qanday ishlatilishiga bog`liq.
Masalan: to open – ochmoq (nimani?)
To open – ochilmoq (nima?)
Example: to analyse a text - matnni tahlil qilmoq
To explore the Antarctica – Antraktidani tadqiq qilmoq.
To examine a picture – rasmni ko`zdan kechirmoq
To examine conditions
To examine a question
To investigate a case
To scrutinize smb`s face
To scrutinize a proposal
To talk over the mother
The mother is talkd over
O`timli va o`timsizlikning birlamchi va ikkilamchiligi quyidagilardan iborat.
Fe`lning o`timli – o`timsizlikka aylanish darajasiga qarab, fe`llar birlamchi o`timli birlamchi o`timsiz va ikkilamchi o`timli va ikkilamchi o`timsizlarga bo`linadi.
Birlamchilik va ikkilamchilik mazkur ma`noning fe`l negizida bo`lishi bo`lmasligiga qarab aniqlanadi.
Turli tillarda semantikasiga ko`ra ba`zi fe`llar o`timlilikni, ba`zilari o`timsizlikni anglatadi: Ingliz tilida come, live, sleep, o`zbek tilida kelmoq, yashamoq, uxlamoq va boshqa bir qancha fe`llar birlamchi o`timsiz fe`llardir. Ular egani to`g`ridan- to`g`ri aniqlaydi. Qo`yidagi kill, cut, love, lift, take – o`ldirmoq, kesmoq, sevmoq, ko`tarmoq, olmoq kabi fe`llarda esa o`timsizlik negizi bilan ifodalanadi.
O`timsiz fe`llar gapning egasi bilan bevosita aloqada bo`ladi. O`timli fe`llar esa avval to`ldiruvchi bilan keyin esa ega bilan birikadi. Fe`l kesimning gapning boshqa bo`laklaridan ajratish bilan bu xodisani to`laroq bayon etish mumkin.
Masalan: Agar suxbatdoshimizga is coming desak unda u “Who” deb savol beradi. Agar is cutting desak, birinchi savol albatta “What” bo`ladi. Vositali va vositasiz to`ldiruvchilar haqida O. Esperin qo`yidagi fikrni aytadi. “He offered the butter a reward” misolida “reward” so`zi “What” savoliga javob bo`ladi. Bunga sabab esa vositasiz to`ldiruvchining o`timli fe`l bilan mustahkam aloqadorligidir. Birlamchi o`timli, birlamchi o`timsiz asosan o`zak fe`llar va qo`shma fe`llarga xosdir.
Birlamchi o`timli – o`timsizlik asosan o`zak fe`llar va qo`shma fe`llarga xosdir. Qo`shma fe`llarning ikkinchi komponenti yo birlamchi o`timli yo birlamchi o`timsiz bo`ladi.
Lug`at so`zi sifatida birlamchi o`timsiz fe`llar birlamchi o`timliga nisbatan ancha mustaqildir. Shuning uchun birlamchi o`timli fe`llar lug`atlarda fe`lning turli obyekt birikmalar bilan bayon etiladi. O`timli fe`llarning leksik ma`nosi vositasiz to`ldiruvchini talab etadi, aks holda uning ma`nosi to`la bo`lmaydi. O`timlilik va o`timsizlik ma`nolarining qanchalik mustaqilligiga qarab tilde ikki bo`lakli va uch bo`lakli konstruksiyalar paydo bo`ladi.
Sub – verb - ikki bo`lakli
Sub – verb – object – uch bo`lakli konstruksiyalardir. Struktura jihatdan o`timli fe`llar uch bo`lakli Np – V – Np. O`timsiz fe`llar ikki bo`lakli Np – V bo`ladi.
Masalan: 1) She has made a wonderful care (Np – V – Np) (Derd 170)
2) He managers a firm (Np – V – Np) (De, RD, 170)
3) You must forgine our suspicious (Np – V – Np)
4) Drake lay on the root (I Bid) (Np – V )
Endi bu xodisani o`zbek tilida ko`rib chiqsak:
1) U ajoyib tort tayyorladi.
2) U firmani yuritadi.
3) Siz bizni shubhalarimizni unutishingiz lozim
4) Dreik tomda yotadi.
O`zbek tilida fe`lda shaxsni ko`rsatuvchi affiks bo`lganligi uchun gapda egani qo`llash shart emas. Shuning uchun o`imli – o`timsiz fe`llarning subyektini ko`rsatishda ega shaxs morfemasiga qarab aniqlanadi.
Ikkilamchi o`timli o`timsizlik.

Yüklə 281,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin