TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
Sayidova Nilufarning
Ona tili o’qitish metodikasi fanidan tayyorlagan
Bir soatlik
Mavzu: Ot so’z turkumi
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: Ot so’z turkumi haqidagi bilimlarni boyitish, so’roqlar yordamida gap va matndan otni topishga o’rgatish
Tarbiyaviy: Ona vatanga muhabbat, vatanparvarlik va faxr tuyg’usini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: Tafakkuri, og’zaki va yozma nutqini oshirish, xatosiz va chiroyli yozuv ko’nikmasini rivojlantirish.
Darsning uslubi: Aqliy hujum, Aralash
Darsning jihozi: Ot so’z turkumiga oid ko’rgazmalar, test rangli rasmlar.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy davr
Salomlashish
Davomatni aniqlash
O’tilgan mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimini baholash
Xulosalash
O’zak va o’zakdosh so’zlar deb nimaga aytiladi
So’z yasovchi qo’shimchalar qaysilar
So’z o’zgartiruvchi qo’shimchalarga qaysilar kiradi?
So’z turkumlariga qaysilar kiradi?
Qatorlar guruhlarga bo’linadi
Q aysi qo’shimchalarni qo’shish mumkin
- chi qo’shimchasi qaysi so’zlarga qo’shiladi
Q aysi qo’shimchalarni qo’shish mumkin
Yangi mavzu: O’t so’z turkumi
Shaxs va narsani bildirib, kim? Yoki nima? So’rog’iga javob bo’lgan so’zlar ot deyiladi.
M asalan: Cho’pon, stol, chaqmoq, o’rdak, randa, binokor, to’zon, quvur kabi so’zlar otlardir
S haxslarni bildirgan otlar kim? so’rog’iga javob bo’ladi
Kishilardan boshqa narsa-buyum, voqea hodisalarni bildirgan otlar nima? so’rog’iga javob bo’ladi
197-mashq og’zaki bajartiriladi
Un, guruch, non, yog’, shakar, qand, makaron va boshqa mahsulotlar oziq-ovqat do’konlarida sotiladi.
Dehqon bozorlaridan yil bo’yi piyoz, kartoshka, karam, sabzi, kabi sabzavotlarni shuningdek, olma, olxo’ri, tog’olcha, uzum, nok, behi, anor kabi mevalarni xarid qilish mumkin.
Bu mahsulotlar kishilar tomonidan inson salomatligi uchun zarur darmondorilar bor
Matnda nimalar haqida gapirilgan?
198-mashq. Shaxslar: kim? Bola, o’quvchi, chegarachi, ishchi.
Narsalar: nima? Kitob, televizor, parta.
Test yechish
So’z turkumlar So’zlar
1. Ot 1. Gul
2. Sifat 2. Guldon
3. Son 3. Gulsiz
4.Fe’l 4. Gulladi
5. Ikki
6. Sarfladi
7. Oppoq
8. Ishchan
9. O’qimoq
10. Bog’bon
-
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
1
|
1
|
2
|
4
|
3
|
4
|
2
|
2
|
4
|
1
|
Quvnoq daqiqa.
”So’z to’p”. O’quvchilar guruhlarga yoki qatorlarga ajratiladi. Har bir guruh boshidagi o’quvchiga bir xil harf yozilgan qog’oz tarqatiladi. O’yin boshlangunga qadar guruh ishtirokchilari qog’ozda qanday harf yozilganligini ko’rmasliklari lozim. O’qituvchi buyruq berishi bilanoq boshlovchi o’quvchilar qog’ozni o’ngarib unda yozilgan harfni ko’radilar va shu harf bilan boshlanadigan so’z topib yozadilar, so’ng orqada turgan o’quvchiga uzatadilar. Guruh yoki qator oxiridagi o’quvchi o’yin tugagach qog’ozni o’qituvchiga keltirib beradi. O’yinni birinchi bo’lib tugatgan va so’zlarni to’g’ri yozgan o’quvchilar guruhi g’olib sanaladi.
IV. Yangi mavzuni savol-javob asosida yakunlash.
Ot deb nimaga aytiladi
Ot qanday so’roqlarga javob bo’ladi?
Birlikdagi va ko’plikdagi otlar qanday so’roqlarga javob bo’ladi
Misollar ayting
Uyga vazifa 199 mashq
Darsga faol qatnashgan o’quvchilar o’qituvchi tomonidan rag’batlantiriladi
Dostları ilə paylaş: |