3.1. Taklif va talabning narx bo‘yicha elastikligi 3.2. Nuqtaviy va yoysimon elastiklik 3.3. Qisqa va uzoq muddatli davrlar uchun elastiklik 3.4. Elastiklik nazariyasini amaliyotda qo‘llash xususiyatlari
VBob.TALABVATAKLIFELASTIKLIGI
Talab va taklif elastikligi
Ma′lumki tovarga bo`lgan talab, uning narxiga, iste′molchi daromadiga va boshqa omillarga bog`liq. Xuddi shuningdek, taklif ham tovar narxi, ishlab chiqarish xarajatlari va boshqa omillarga bog`liq.
Masalan, limonning narxi oshsa, unga talab kamayadi. Lekin biz narx o`zgarishi ta′sirida limonga talab yoki taklifni miqdoriy jihatdan o`zgarishini aniqlamoqchimiz. Aytaylik, limon narxi 15 %ga oshsa, unga talab qanchaga qisqaradi? Narx 20 %ga pasaysachi? Yoki daromad 10
%ga oshganda talab qanchaga o`zgaradi? Bunday savolga javob berish uchun, elastiklik tushunchasidan foydalanamiz. Shunday qilib narx yoki daromad singari omillar o`zgarishiga bozorning iqtisodiy agentlari (iste′molchi va ishlab chiqaruvchilar) qanday munosabat bildirishlarini o`rganishda elastikliktushunchasi muhim ahamiyat kasb etadi.
Elastiklik - bir o`zgaruvchining boshqa bir o`zgaruvchi ta′siri ostida o`zgarishini o`lchaydigan o`lchov. Aniqroq qilib aytganda, biror o`zgaruvchining bir foizga o`zgarishi natijasida boshqa bir o`zgaruvchining ma′lum foiz miqdoriga o`zgarishini ko`rsatadigan ko`rsatkichdir. Bunga eng yaqqol misol sifatida narxga bog`liq talab elastikligini keltirish mumkin. Bu elastiklik tovar narxining bir foizga o`zgarishi, unga talabni necha foizga o`zgartirishini ko`rsatadi.
Bu ko`rsatkichni to`liqroq ko`rib chiqamiz. Narxga bog`liq talab
elastikligini quyidagicha yozamiz:
D(Q%) ,
E p(P%)
(1)
bu yerda
Q%
Qning foiz bo`yicha o`zgarishi;
P%
Pning foiz
o`zgarishi.
Shuni ta′kidlash joizki, foiz o`zgarishi, o`zgaruvchining absolyut o`zgarishi emas, balki uning oldingi darajasiga nisbatan o`zgarishidir,