1. Ta’lim mazmunini nimalar tashkil qiladi -fayllar.org
1. Ta’lim mazmunini nimalar tashkil qiladi?
1. Ta’lim mazmunini nimalar tashkil qiladi?
Ta'limning asosiy mazmuni uning vazifalarida oydinlash-tiriladi. Asosiy vazifalarga aqliy tarbiya bilan bogliq bo'lgan vazifalar kiradi.
Yangi dеmokratik jamiyat qurishda ta'limning mazmuni bu jamiyat ehtiyojlaridan kеlib chiqib quyidagilarga amal qilgan holda bеlgilanadi:
ilmiy bilimlarni etakchi roli togrisidagigi qoidaga;
insoniyatning madaniy-ma'rifiy mеrosiy boyliklarini umuminsoniy qadriyatlarni egallab olish haqidagi "Milliy datsur" korsatmalariga;
tarbiyalanuvchi shahsni barkamol qilib rivojlantirish, iymon е'tiqodini, ilmiy dunyoqarashini tarkib toptirish;
ilmiy hayot bilan yangi dеmokratik jamiyat qurilishi tajribasi bog`liqligi haqidagi qoidaga;
ta'limning bir maqsadga qaratilganligi;
ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplariga va didaktik prinsiplariga muvofiqligiga amal qilinadi.
"Yangi dеmokratik jamiyat qurayotgan bizning mamlakatimizda ta'limning mazmunini quyidagi yollar bilan takomillashti-rishni nazarda tutiladi:
fan va tajribadagi eng yangi muvaffaqiyatlarni aks ettirish;
ikkincht darajali va ortiqcha tnurakkablashtirilgan matеriallardan qutilish;
o'rganilayotgan fanlar royhatini va matеriallar hajmini aniqlash hamda oquvchi yoshlar, albatta, ozlashtirib olishi kеrak bo'lgan malaka va ko'nikmalarning optimal hajmini bеlgilash;
oquv fanlariga oid asosiy tushunchalarni va еtakchi goyalarni juda ham aniq bayon qilish;
o’quvchilarni pеdagogik tеhnologiyalar: komp'yutеr, ksеrks, еlеktron pochta va shu kabi boshqalar tog`risidagi bilimlar bilan qurollantirish hamda ularda shu tеhnologiyalardan foydalanish ko'nikmalarini hosil qilish.
Ta'lim mazmuni quyidagi davlat hujjatlari va rasmiy hujjatlarda oz aksini topadi:
O‘quv rеjasi.
O`quv dasturi.
Darslik.
2 . Qanday jarayonni dars deb aytiladi?
Dars ta’lim jarayonining yaxlitligi nuqtai nazaridan ta’limning asosiy tashkiliy usuli hisoblanadi. Unda sinf-dars tizimining xususiyatlari aks etadi, unda o’quvchilarni ommaviy qamrab olish, tashkiliy tartib va o’quv ishlarining muntazamligi ta’minlanadi. Dars iqtisodiy jihatdan foydalidir. O’quvchilar hamda sinf jamoasining individual xususiyatlarini bilishi o’qituvchi uchun har bir o’quvchi faoliyatiga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatishga imkon beradi. Dars doirasida ommaviy, guruhli va individual ta’lim shakllarini birlashtirish imkoniyati uning rad etib bo’lmaydigan ustunligi hisoblanadi.
Dars bevosita o’qituvchi rahbarligida aniq belgilangan vaqt davomida muayyan o’quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli sanaladi. Darsda har bir o’quvchi xususiyatlarini hisobga olish, barcha o’quvchilarning mashg’ulot jarayonida o’rganilayotgan fan asoslarini egallab olishlari, ularning idrok etish qobiliyatlari va ma’naviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalash hamda rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni yaratiladi. Dars ta’limning boshqa shakllaridan farq qiluvchi o’ziga xos belgilarga ega, chunonchi: o’quvchilarning doimiy guruhi, o’quvchilar faoliyatiga ularning har biri xususiyatlarini hisobga olish bilan rahbarlik qilish, o’rganilayotgan fan asoslarini bevosita darsda egallab olish (bu belgilari darsning faqat mazmunini emas, balki o’z xususiyatini ham aks ettiradi).
Darsning tuzilishi oddiy va ancha murakkab bo’lishi mumkin. Bu o’quv materialining mazmuni, darsning didaktik maqsadi, o’quvchilar va jamoa sifatida sinfning xususiyatlariga bog’liq. O’quvchilarning yangi materiallar bilan tanishish darsi yoki yangi bilimlarni berish (o’rganish) darsi nisbatan keng doiradagi savollarni o’z ichiga olgan va uni o’rganishga ko’p vaqtini talab qiluvchi, o’quvchilarga tanish bo’lmagan yangi material uning mazmuni bo’lgan ta’lim jarayoni.
3 Dars turlari haqida gapirib bering
Zamonaviy didaktikada dars quyidagi turlari ajratib ko’rsatilgan:
aralash darslar;
yangi ma’lumotlar, aniq hodisalar bilan tanishish bo’yicha yoki umumlashtirishlarni anglab yetish va o’zlashtirish maqsadiga ega darslar;
bilimlarini mustahkamlash va takrorlash darslari;
o’rganilganlarni umumlashtirish va tizimlashtirish asosiy maqsadiga ega darslar;
malaka va ko’nikmalarni ishlab chiqish va mustahkamlash darslari;
bilimlarni tekshirish va tekshirish ishlarini o’rganish darsi;
o’z tuzilishi bo’yicha oddiy bo’lgan, ya’ni bitta asosiy didaktik maqsadga ega bo’lgan dars turlari (o’rta va katta sinflarda qo’llash uchun mos keladi).
Zamonaviy darslar quyidagi talablarga javob bera olishi lozim:
fanning ilg’or yutuqlari, pedagogik texnologiyalardan foydalanish, darsni o’quv-tarbiyaviy jarayon qonuniyatlari asosida tashkil etish;
darsda barcha didaktik tamoyil va qoidalarning optimal nisbatlarini ta’minlash;
o’quvchilarning qiziqishlari, layoqati va talablarini hisobga olish asosida ular tomonidan bilimlarning puxta o’zlashtirilishi uchun zarur sharoitlarni yaratish;
o’quvchilar anglab yetadigan fanlararo bog’liqliklarni o’rnatish;
ilgari o’rganilgan bilim va malakalari, shuningdek, o’quvchilarning rivojlanish darajasiga tayanish;
shaxsning har tomonlama rivojlantirishni motivatsiyalash va faollashtirish;
o’quv-tarbiyaviy faoliyat barcha bosqichlarining mantiqiyligi va emotsionalligi;
pedagogik vositalardan samarali foydalanish;
zarur bilim, ko’nikma va malakalar, fikrlash va faoliyat ratsional usullarini shakllantirish;
mavjud bilimlarni doimo boyitib borish ehtiyojini yuzaga keltirish;
har bir darsni puxta loyihalashtirish, rejalashtirish, tashhis va taxmin qilish.
Har bir dars quyidagi uchta asosiy maqsadga erishishga yo’naltiriladi: o’qitish, tarbiyalash, rivojlantirish. Ana shularni hisobga olib darsga umumiy talablar didaktik, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi talablarda aniq ifodalanadi.
http://fayllar.org