arj e – d ? matnko`rinishida bo`ladi. Arxiv fayl bir butun bo`lib, diskning nosozligi yoki boshqa boblarga ko`ra uning qismini o`qib olish mumkin bo`lmasa arxiv fayldagi barcha fayllardan ajralib qolish mumkin. Bunday ko`ngilsiz holatlarning oldini olish uchun asosiy fayllarni yo`qotmay turib tuzilgan arxiv faylni tekshirib ko`rish kerak.. Buning uchun quyidagi buyruqdan faydalaniladi.arj t matn. arjBuyruqdagi t harfi test so`zidan olingan bo`lib, tekshirish ma`nosini anglatadi. Buyruqning bajarilish natijasida ekranda arxivdagi fayllar ro`yxati va har bir fayl nomidan keyin, agar u yaxshi holatda bo`lsa << OK >> , qandaydir hatolika ega bo`lsa, << CRC error! >> yozuvi chiqariladi. Test oxirida arxivdagi xatolar soni ko`rsatildi. Xato jiddiyroq bo`lganda test jarayoni to`xtab qolishi ham mumkin. Bunday holatlarda arxiv faylni qayta tuzish lozim.
9. Fayllarni arxivlash va arxiv fayllarini ochish 1.Arxivlangan fayllar haqida 3.Arxiv fayllarini ochish 2.Arxiv hosil qilish jarayoni 1.Arxivlangan fayl-bu faylning ixchamlangan, siqilgan holati. Amalda fayllar bilan ishlashda, ya'ni fayllarni bir joydan ikkinchi joyga ko`chirishda, nusxa olishda, saqlab qo`yishda, elektron pochta orqali axborot yuborishda bunday fayllar bilan ishlash zarurati tug`iladi.Avvalo arxivlash bilan bog`liq bo`lgan asosiy tushunchalarni kiritamiz, keyin arxivlash uchun ko`p qo`llaniladigan asosiy arxivatorlar (arxivlovchi programmalar) bilan tanishamiz.
Fayllarni arxivlash - fayllarni ma'lum bir qoida asosida siqilgan, ixchamlangan holatda diskda saqlash demakdir. Arxivlash qattiq disk ishdan chiqishi yoki faylning tasodifan o`chirilishi sodir bo`lgan hollarda joriy faylni qayta tiklash uchun yordam beruvchi vosita sifatida ham qo`llaniladi. Arxivlash BACKUP paket programmasi orqali ham (Win95 muhitida) amalga oshiriladi. Bu programma haqidagi to`la ma'lumotlarni spravka bo`limidagi «fayllarni arxivlash» kalit so`zli komanda orqali olish mumkin.Umuman arxivlash - bu uzoq muddat saqlanuvchi fayllar, kam qo`llaniladigan, eski xujjatlar, har xil materiallar, adabiy va ilmiy maqolalar, rasm va boshqalarni saqlash uchun qo`llaniladi. Arxiv bir qancha qismlardan iborat bo`lishi va unda har bir fayl alohida ko`rinishda saqlanishi mumkin. Bunday arxiv fayllari ko`p tomli deb ataladi. Shunday arxivlardan katta hajmli ma'lumotlarini qismlarga bo`lib disketalarga sig`adigan, qulay ko`rinishga keltirish uchun foydalanish mumkin. Bunda har bir qism fayl ham arxiv fayli deb ataladi.