Monitor.
Monitor (displey)
kompyuterda matn va grafik
ma’lumotlarni tasvirlash (ko'rish) uchun xizmat qiladi. Uning elektron-
nurii (SRT - Cathode Ray Tube) va suyuq kristalli Gidkokristallicheskoe
yoki LCD - Liquid Crystal Display) ko'rinishlari mavjud. Garchand tashqi
ko'rinishidan u televizorga o'xshab ketsada, ular bajaradigan ishlari bilan
keskin farq qiladilar. Monitorlar rangli va rangsiz bo'ladi. Kompyuter
tarqatadigan
nur umuman aytganda zararii, shuning uchun ham bahzi
kompyuterlarda past radiatsiya
(Lowe radiation) so'zlarini uchratish mumkin. Lekin ularning inson organizmiga tahsiri tobora
kamayib boradigan rusumlari yaratilmoqda. Buning misoli keyingi yillarda chiqarilgan 17-21
dyuymli SVGA (SUPER Video Grafic Adapter-katta video grafik adapter) monitorlarda
nurlarning tahsirini ancha kamaytirilishiga erishilganligini keltirish mumkin.
Monitor asosiy
tavsiflaridan biri uning tasvirlash qobiliyatidir. Tasvirlash qobiliyati ekranning gorizontali va
vertikalidagi nuqtalar soni bilan beriladi. Masalan 14 dyuymli (36.56 sm) monitorda tasvirlash
qobiliyati 800x600, 15 dyuymli (38.1 sm) monitorda 1024x768, 17 dyuymli (43.2 sm)
monitorda 1280x1024 va 21 dyuymli (53.54 sm) monitorda esa 1600x1200. Bundan tashqari,
monitorning yana bir tavsifi tasvirlarni hosil qiluvchi piksellar (nuqtalar) o'lchovining katta-
kichikligidir. Tasvirlash qobiliyati 800x600 ga teng bo'lgan monitorlarda yaxshi tasvir piksel
0,31mm ga, 1024x768ga teng bo'lgan monitorlarda esa piksel 0,28 yoki 0,25ga teng bo'lishi
kerak. Monitorning tez ishlashi uning adapteriga bog'liq bo'ladi. Matn holatida monitorlar
nisbatan tez ishlasada, grafik holatda u sekinroq ishlaydi. Uning tezligini oshirish yo'llari ham
mavjud.
Hozirda monitorlarning suyuq kristalli (jidkokristallicheskoe yoki LCD) ko'rinishdagilari
keng tarqalmoqda. Bunga sabab uning zararli nur tarqatib inson ko'ziga salbiy tahsir
ko'rsatmasligi hamda kam energiya sarfidir. Bundan tashqari bunday monitorlar satxi o'ta tekis
bo'lib, unda tasvirlar buzilmasdan ko'rinadi.
Shuningdek hozirda plazmali monitorlar ham ishlab chiqarish yo'lga qo'yilmoqda.
и
ichi
inert gazi bilan to'ldirilgan, satxi tekis shisha idish shaklida bo'lib
ichki satxida esa minglab
mayda elektrodlar joylashtiriladi. Har bir elektrod esa monitor ekranining bitta pikselini tashkil
etadi. U ham inson uchun zararli bo'lgan nur tarqatmaydi. Suyuq kristalli monitorlardan farqi
uning katta dioganalli ko'rinishlarini ham yaratish imkoniyati mavjud.
Dostları ilə paylaş: