1. Ta’limda innovatsion texnologiyalar



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə5/8
tarix12.06.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#129194
1   2   3   4   5   6   7   8
1. Ta’limda innovatsion texnologiyalar

Blits so’rov
Bu usulni fanlarni o’qitish jarayonida qo’lash uchun avvalo mavzuga tegishli tayanch tushunchalarni aniqlash zarur. Agar bitta mavzudan tayanch tushunchalar soni kam bo’lsa, ikki yoki uchta mavzuni uumumlashtirgan holda ishlanmalar tayyorlash mumkin. Endi ushbu usulni qo’llashga doir kasb-hunar kolejllarida o’qitiladigan “informatika” fanining mavzulari misolida ko’rib o’tamiz. Masalan, “Turbo Paskal algoritmik tili” bobi bo’yicha mavzularni o’qitishdan oldin o’quvchilarning umumtalim maktablarida Paksal tilini qanday darajada o’zlashtirganliklarini aniqlash uchun Paskal tilida ishlatiladigan buyruq va operatorlar bo’yicha “Blits-so’rov” usulini qo’llash mumkin. Buning natijasida o’quvchilarning Paskal dasturlash tili buyruq va operatorlari qanchalik darajada o’zlashtirganliklarini aniqlash imkoniga ega bo’linadi va ushbu bobga oid mavzularda innnovatsion usullardan qaysi birini qo’lllash orqali dars jarayonini tashkil etishni rejalashtiradi.
Mavzu: Algoritm turlari va uning asosiy xossalari
Asosiy tushunchalar: algoritm, chiziqli, tarmoqlanuvchi, takrorlanuvchi, diskretlilik, tushunarlilik, aniqlik, ommaviylik, natijaviylik, formula, grafik, jadval, blok-sxema































Quyida axborotni qabul qilinishi tasvirlangan:

3-rasm. Axborotni inson tomonidab qabul qilish yo’llari
XULOSA
Xulosa o’rnida shuni aytishim kerakki, men ushbu kurs ishida “Informatika fanlarini o’qitishda inavatsion texnologiyalar” mavzusini o’quv jarayonida qanday foydalanilishini yoritishga harakat qildim. Ta'lim texnologiyalari shunday bilimlar sohasiki, ular yordamida 3- ming yillikda davlatimiz ta'lim sohasida tub burilishlar yuz beradi, o’qituvchi faoliyati yangilanadi, talaba yoshlarda hur fikrlilik, bilimga chanqoqlik, Vatanga mehr-muhabbat, insonparvarlik tuyg’ulari tizimli ravishda shakllantiriladi.Yana shu o’rinda bir narsani aytib o’tishim joizki: Ta'lim texnologiyalari bu aniq ketma-ketlikdagi yaxlit jarayon bo’lib, u talabaning ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo’naltirilgan, oldindan puxta loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir.
« Informatika fanlarini o’qitishda inavatsion texnologiyalar » mavzusining maqsadi bo’lajak mutaxassislarni o’quv yurtlari uchun ishlab chiqilgan o’quv rejalarining tegishli kursi bo’yicha «Ta'lim to’g’risidagi» qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da belgilangan vazifalar hamda Davlat talim standartiga ko’ra qo’yilgan talablar darajasida zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ularni o’quv - tarbiya jarayonida qo’llash, zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o’quv - tarbiya jarayonidagi o’rni, ulardan foydalanish, shuningdek, “Aqliy hujum”, “Tarmoqlar” (Klaster) usullari, “Bumerang”, “Skarabey”, “CHarxpalak”,”Rezyume” va shu kabi boshqa ta'lim texnologiyalar va ularni o’quv - tarbiya jarayoniga qo’llashning nazariy asoslari bilan izchil qurollantirishdan iborat.
Men ushbu kurs ishi mavzusini o’rganib, yoritar ekanman, o’z bilimlarimni yanada mustahkamlab, kelajakdagi pedagoglik faoliyatimga qadam qo’ya olishimga amin bo’ldim.



Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin