1. Ta’limda innovatsion texnologiyalar



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə2/8
tarix12.06.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#129194
1   2   3   4   5   6   7   8
1. Ta’limda innovatsion texnologiyalar

Kurs ishimning maqsadi:
Hozirgi kunda jamiyatimizning har bir sohasiga kirib borayotgan texnika taraqqiyoti va rivojlanish asrida Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’rganish va o’rgatish, yangi bilimlarni egallash va takomillashtirish bugunning dolzarb vazifalaridan biridir. Jumladan, ushbu kurs ishi mazmunida Informatika fanlarini o’qitishda yangi inavatsion texnologiyalarni qo’llashni o’rganish va Informatika fanlar tarmog’ini o’rgatishda samarali usul va uslublarni o’rganish yotadi.
Kurs ishimning dolzarbligi:
Маmlakatimizda ta’lim tizimida maktab fanlarini o‘qitishda AKT dan samarali foydalanish dolzarb masaladir. Aynan axborot texnologiyalari ta’limning universal vositasi hisoblanib, nafaqat o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish imkonini beradi, balki o’qituvchilarda ham shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirish, bilishga ,bilimlarini mustahkamlashga qiziqishlarini qondirishga yordam beradi.
Kurs ishimning vazifasi:
- Informatika fanlarini o’qitishda inovatsion texnologiyalardan foydalanishni o’rgatish.

Ta’limda innovatsion texnologiyalar
Barchaga ma’lumki, zamonaviy ta’lim o’quvchilar uchun informativ, qiziqarli va maroqli bo’lsa, kutilayotgan o’qitish maqsadlariga erishish mumkin. Ta’lim oluvchilarni faqatgina davr talabiga javob bera oladigan faol o’qitishusullari, shakllari, vositalarini qo’llash, innovatsion yondashuv va hamkorlik orqali motivlashtirish mumkin. Shu sababli ham, ilg’or pedagog olimlar, novator professor-o’qituvchilar va amaliyotchilar ilmiy asoslangan ta’lim texnologiyalarini o’z faoliyatlarida keng qo’llashga intilmoqdalar.
Ta’lim-tarbiya mazmuni, maqsad va vazifalari davrlar o’tishi bilan kengayib taraqqiy etib borishi natijasida uning shakl, usul va vositalari ham takomillashib bormoqda. Hozirgi inson faoliyatining asosiy yo’nalishlari shu faoliyatdan ko’zda tutilgan maqsadlarni to’liq amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimga, ya’ni texnologiyalarga aylanib bormoqda. Xuddi shu kabi ta’lim-tarbiya sohasida ham so’nggi yillarda ta’lim texnologiyalari faol tarzda amal qila boshladi. Ma’lumki, ta’lim-tarbiya jarayoni katta avlod tomonidan o’z bilim va tajribalarini o’sib kelayotgan avlodga o’rgatishdan iborat bo’lib, bu jarayonda, asosan, inson hayoti uchun zarur axborotlarni avloddan- avlodga uzatish amalga oshiriladi. Inson hayoti axborotlar bilan chambarchas bog’liq. Insonning har bir harakati axborot olish va uzatish yoki undan foydalanish, uni o’rganish, o’zlashtirish, saqlash va boyitishdan iborat. Shuning uchun ham hozirgi insoniyat sivilizatsiyasi axborot sivilizatsiyasi deb ataladi. XXI asrni ham bejizga axborot asri deb atashmagan. “Sivilizatsiya – axborotni to’plash, tahlil qilish va undan foydalanish hamda atrof-muhit va o’zi haqida axborot yaratish uchun eng ko’p ma’lumot olishga qodir bo’lgan moddaning yuqori turg’un holatidir”. Bu ta’rifdan axborotni avloddan-avlodga uzatishning, ya’ni ta’lim- tarbiya ishining ahamiyati qanchalik muhim ekanligi ko’rinib turibdi. Ya’ni, ta’lim-tarbiya sivilizatsiyaning mavjudlik sharti hisoblanadi. Texnologiya so’zi (yunon. “texno” – san’at, mahorat, malaka, “logos” – fan, ta’limot, tushuncha, fikr, ma’no) so’zi ishlab chiqarishda yangi sifat va miqdor o’zgarishlariga olib keluvchi samarali usullar yig’indisi, tizim ma’nosida qo’llaniladi. Ta’limni texnologizatsiyalashtirish – ta’limni rivojlantirish masalalarini sifatli hal qilish, ta’lim maqsadlariga erishishda o’qitish jarayonini o’qituvchining shaxsiy mahoratiga bog’liq bo’lmagan holda universal tarzda loyihalashtirishni bildiradi.
Ta’lim texnologiyalarining ilmiy xarakterdaligiga e’tibor qaratgan holda, uning amaliy yo‘nalishga xosligini, uni aniq masalalarni hal qilishda qo‘llash mumkinligini e’tirof etish kerak. Demak, nazariyani o‘quv amaliyoti bilan bog‘lash zaruriyatini va ta’lim texnologiyalarining nazariy asoslarini o‘rganish zamonaviy ta’lim texnologiyalarni aniqlab beradigan qator holatlarni belgilashga imkon berdi:
1. Zamonaviylik ta’lim amaliyotiga ilmiy asoslangan va tajriba- sinovda tekshirilgan, tasdiqlangan didaktikaga oid yangiliklar, tartib- qoidalarni joriy etish majburiyligini taqozo etadi.
2. O‘quv jarayonini maqbullashtirish.
3. Ilmiylik ta’limda yangi vositalar, faol usullar, didaktik materiallarni, tashkiliy masalalarning yangi echimlarini qo‘llashni taqozo etadi.
4. Talaba va pedagog-o‘qituvchining dasturli faoliyati o‘quv jarayonidan jamiki ortiq harakatlarni yo‘qotishga, yuqori hamjihatlikni ta’minlashga, kerakli natijalarni qo‘lga kiritishga intilishni talab etadi.
5. Ta’limni faollashtiruvchi axborot texnologiyasi va texnik vositalardan foydalanish samarasini belgilaydigan didaktik materiallardan keng foydalanish zamonaviy pedagogik texnologiyalarning eng asosiy belgilaridan biridir.
6. O‘quv jarayoni uchun moddiy-texnik bazaning maqsadga muvofiqligi pedagogik texnologiyalarning navbatdagi belgisidir.
7. O‘quv-tarbiyaviy jarayon natijalarini sifatli baholash pedagogik texnologiyaning o‘z oldiga qo‘ygan natijaviy maqsadidir.
Ta’lim jarayoniga zamonaviy ta’lim texnologiyalarni kiritish va ularni qo‘llashda quyidagi vazifalar belgilanadi va hal etiladi:
- pedagog-o‘qituvchilarni zamonaviy ta’lim texnologiya asoslari bilan tanishtirish - ma’ruza, adabiyotlar tavsiya etish;
- zamonaviy ta’lim texnologiyalar asosida ishlashni xohlovchi fidoyi o‘qituvchilarni aniqlash. Ular orqali pedagog-o‘qituvchilarga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llashdan ko‘zda tutilgan maqsadni, uning mohiyatini etkazish;
- zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida ishlamoqchi bo‘lgan pedagog-o‘qituvchilarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar qo‘llash jarayoniga tayyorlash yuzasidan quyidagi tashkiliy ishlarni amalga oshirish: ta’lim (tarbiya) jarayonining umumiy, yaxlit loyihasini ishlab chiqish, ta’lim (tarbiya) jarayonida hal etilishi lozim bo‘lgan aniq maqsad va vazifalarni belgilash, ta’lim (tarbiya) jarayoni mohiyatini bashoratlash (taxmin qilish) va uning samaradorligini ta’minlashga yordam beruvchi eng samarali, maqbul shakl, usul hamda texnik vositalarni tanlash, ta’lim jarayonida talabaning erkin, mustaqil faoliyat ko‘rsatishi uchun muayyan shart-sharoitlarni yaratish, ularda ma’lum ko‘nikma hamda malakalarning shakllanishi uchun vaqt o‘rnini belgilash, ularning bilimlari darajasini avvaldan tashxislash, talabalar faoliyatini yo‘naltirish, nazorat qilish hamda baholashni tashkil etish bilan bog‘liq individual maslahatlar berish, seminarlar, treninglar, ko‘rgazmali darslar tashkil etish;
- zamonaviy ta’lim texnologiyalar asosida ishlovchi pedagog- o‘qituvchilarning ta’lim jarayonini tashkil etishga ijodiy yondashuvi samaradorligini baholashning ishonarliligini ta’minlash uchun uning monitoringini olib borish, kuzatuv va tahlillar o‘tkazish, metodik yordamlar ko‘rsatish va ularning hisobotlarini eshitib borish;
- zamonaviy ta’lim texnologiyalar asosida ishlovchi pedagog- o‘qituvchilar tomonidan ishlab chiqilgan pedagogik texnologiya loyihasini mashg‘ulotlar jarayonida sinash, maqsadning natijalanganlik darajasini tahlil etish va zamonaviy pedagogik texnologiyalar bo‘yicha ishlashning afzalliklarini innovator o‘qituvchilarni kafedra yig‘ilishlaridagi ilmiy-uslubiy seminarlarda, oliy o‘quv yurtlari ilmiy kengashlarida chiqishlarini tashkil etib, pedagogik jamoa tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlash;
- oliy o‘quv yurtlari qoshida tashkil etilgan zamonaviy pedagogik texnologiyalar bo‘yicha ishlovchi innovatsion (pedagogik texnologiya) markazlar zarur didaktik va metodik materiallar, texnika vositalari bilan ta’minlanishi zarur;
- ta’lim texnologiyalar va undan ta’lim jarayonida foydalanish borasidagi nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lgan ilg‘or pedagog-o‘qituvchilardan innovator pedagogik jamoani shakllantirish va h.k.
Mazkur vazifalarning ijobiy hal etilishi ta’lim-tarbiya jarayonida muayyan samaradorlikka erishish bilan bir qatorda barkamol shaxs va raqobatbardosh malakali mutaxassislarni tarbiyalashga imkon beradi.
Ta’lim texnologiyasi - keng sohadir. Shuning uchun, ayrimlari munozarali bo‘lgan aniqlashlarni topishlari mumkin. Ta’lim texnologiyasi o‘rganish, o‘qitish va ijtimoiy tashkil qilining asoslarini o‘rganuvchi yoki loyihalash fani yoki turli tadqiqot qiziqishlari majmuasi sifatida olinishi mumkin. Ammo, ko‘plab tadqiqotchi va amaliyotchilar rozi bo‘ladigan ayrim xususiyatlari bor:
1. Texnologiyani qo‘llash prinsip asosida: Texnologiya amaliy topshiriqlar uchun ilmiy bilimlarning tizimli qo‘llanilishini bildiradi. Shuning uchun, ta’lim texnologiyasi turli xil fanlardan olingan nazariy bilimlarga (kommunikatsiya, ta’lim, psixologiya, sotsiologiya, falsafa, sun’iy intellekt, informatika va xk.) hamda ta’lim amaliyotidan olingan amaliy bilimlarga tayanadi.
2. Ta’lim texnologiyasi talimni yaxshilashga qaratilgan. Texnologiya ta’lim tizimining o‘rganish jarayonlariga va uning ko‘rsatgichlarini oshirishga ko‘maklashadi, chunki u samaraga tegishli bo‘ladi. Bunday qisqa kirishda, biz sohaning boshlang‘ich ta’rifini berishga harakat qilamiz.
Kompyuterlar texnologiyalari. Hozirgi texnologiyalar kompyuterlarda videoyozuvlarni amalga oshirish, hamda o ‘zingizning raqamli kamerangizdagi rasmlarni onlayn tarzda oilangiz va do‘stlaringiz bilan baham ko‘rishingiz mumkin. Bu va shunga o‘xshagan texnologiyalar bugungi kunlik hayotimizning ajralmas qismi hisoblanadi. Bular ayniqsa: uyda, maktabda, yoki ishda.
Texnologiya sizga axborotlardan samarali foydalanish va qidirish, do‘stlaringiz va boshqalar bilan fikrlar, rasmlar va videolarni baham ko‘rish; boshqa odamlar bilan muloqot qilish va uchrashish, moliyaviy masalalarni boshqarish, xizmatlar va tovarlardan foydalanish, o‘yinlar o‘ynash yoki dam olish vositalarining boshqa manbalaridan foydalanish, hayotingizni va faoliyatingizni tartiblash va biznes faoliyatlarini oxiriga etkazishni samarali amalga oshirishga imkon yaratadi. Texnologiya vositasidan ushbu yumushlarni bajarishda foydalana oladigan odamlar bugungi kunda texnik faollar deb yuritiladi. Raqamli sohadagi (Digitally) bilimdonligingizni saqlab qolishingiz uchun o ‘zgarib borayotgan texnologiyalar bilan qadamba-qadam borishingiz kerak.
Ta’limni texnologiyalashtirish bu o‘qitish jarayoniga texnologik yondashish asosida ta’lim maqsadlariga erishishning eng maqbul yo‘llari va samarali vositalarni tadqiq qiluvchi va qonuniyatlarni ochib beruvchi pedagogik yo‘nalishdir. Ta’lim texnologiyasining markaziy muammosi - ta’lim oluvchi shaxsini rivojlantirish orqali ta’lim maqsadiga erishishni ta’minlashdan iborat.
Hozirgi davrga kelib ilmiy adabiyotlarda quyidagi innovatsion jarayonni bosqichlarga ajratish tizimi mavjud: yangiliklarning yuzaga kelish bosqichi, uni shartli ravishda fundamental va amaliy-ilmiy tekshirishlar natijalaridan kelib chiqadigan yangilik bosqichi deb ataydilar; kashf etish bosqichi, ya`ni ob`ekt moddiy yoki ma`naviy mahsulot namuna ko`rinishidagi yangilik yaratishdir.
«Innovatsiya» so`zi lotin tilidan olingan bo`lib, yangilik kiritish degan ma’noni bildiradi. XX asr boshlarida biror bilim sohasiga yangi-liklarni kiritish va qo`llash fani yuzaga keldi. Olimlar yangiliklar kiritish va tekshirishni uch bosqichga ajratadilar: Birinchi bosqich - yangiliklar muvaffaqiyatiga yordam beruvchi yoki to`sqinlik qiluvchi omillarni o`rganish va turli xil yangiliklarning empirik ma`lumotlarini tahlil qilish. Ikkinchi bosqich - yangilik kiritish jarayonining o`zini bir soha muhitidan ikkinchi sohaga olib o`tish mexanizmini hisobga olish bilan birgalikda o`rganish. Uchinchi bosqichda - tadqiqotchi diqqati turli xil innovatsion vaziyatlarni tahlil qilish, tavakkalchilikni baholash metodlarini ishlab chiqish, yangiliklarni kiritish sohasida tavsiyanomalar yuzaga keltirishlariga qaratish.
Innovatsioan jarayon tuzilishi yangilikni bir bosqichdan ikkinchi bosqichga o`tib borishi bilan o`zgarib boradi. Shu bilan birga, yangilikning dinamik xususiyatlari va uning natija yakuni hamda samarasiga bog`liq bo`ladi. Yangilikning yakunlanganligi yoki uning imkoniyatlari muayyan maqsadning amalga oshirganlik darajasi innovatsion jarayonning hamma bosqichlarida qanchalik muvaffaqiyatli bo`lishiga bog`liqdir. Yangilikning samaradorligini uning natijasidan belgilash kerak bo`ladi. Innovatsion faoliyatning aniq shakl va uslublarini ishlab chiqilgan. Quyidagi ana shulardan ayrimlari namuna sifatida keltiriladi:
- ta`lim-tarbiya faoliyatini differentsiallash;
- ta`lim-tarbiya jarayonlarini har xil shaxs xislatiga qarab muvofiqlashtirish;
- har bir tarbiyalanuvchi qobiliyati va qiziqishini rivojlantirish uchun kerakli sharoitlarni yaratib berish;
- gomogen sinflarni tashkil qilish;
- ta`lim-tarbiya faoliyatining qulayligi;
- psixologik himoya;
- o`qituvchiga va uning kuchi hamda imkoniyatlariga ishonish;
- o`qituvchini qanday bo`lsa, shunday qabul qilish, ta`lim-tarbiya ishlarini muvaffaqiyatini ta`minlash;
- ta’lim muassasasining maqsadli yo`nalishini o`zgartirish;
- pedagogning shaxsiy ichki yo`l-yo`riqlari va ularni qayta yo`naltirish.
Informatikadan dars samaradorligini oshirishda innovatsion usullar orqali tushunchalarni rivojlantirish ko`p jihatdan ta`lim-tarbiya tizimini muntazam mukamallashtirishga bog`liq bo`ladi. Dars jarayonida innovatsion usullardan kam foydalanish, dastur va darsliklarda muayyan topshiriqlar, maxsus metodikaning ishlab chiqilmaganligi natijasida masala echimi ijobiy hal qilinmayotganligi aniqlangan. Demak, bugungi kunda bilimli, mahoratli o`qituvchilarni tayyorlashga innovatsion ta`lim texnologiyalarning samarali yo`llarini topish, ularda bilish motivlarini rag`batlantirish hamda o`qitishning shakl va mazmunini boyitgan holda erishish mumkin.
Innovatsion ta`lim texnologiyalar an`anaviy o`qitish tizimiga xos bo`lgan jiddiy kamchiliklarni bartaraf etishga imkon beradi. An`anaviy informatika dars samaradorligini oshirishda innovatsion usullardan foydalanish o`qituvchisining xotirasiga, bilimlarni, ma`lumotni qanchalik esda saqlab kelishiga tayansa, innovatsion ta`lim texnologiyalar ularning mustaqilligiga, tafakkurining rivojlanishiga, o`z-o`zini rivojlanishiga tayanadi. pedagog va o`qituvchilar orasidagi munosabatning avtoritar uslubda yo`lga qo`yilganligi kabilar innovatsion ta`lim texnologiyalarda silliqlanadi. Innovatsion ta`lim texnologiyalar pedagogik amaliyotni ma`lum darajada yuksak rivojlangan ishlab chiqarishga, uning ish printsiplariga yaqinlashtiradi.
Zamonaviy innavatsion texnologiyalarni o`quv jarayoniga tadbiq etishda ko`p faktorlar salbiy ta`sir etadi, ularga: ta`lim muassasalarining komp`yuterlar va elektron vositalar bilan ta`minlanganlik darajasining etarli emasligi; ular internet va boshqa axborot tarmoqlariga ulanmaganligi; ilmiyuslubiy manbalarning yetarli emasligi (elektron qo`llanmalar, laboratoriya va ishlar, testlarning yetarli emasligi); pedagoglarning zamonaviy kompyuter texnikasi bo`yicha malakasining yetishmasligi; o`quvchilarning ham komp`yuterdan yetarli foydalana olmasliklari, elektron kitoblar bilan ishlashni bilmasliklari; ta`lim muassasalari rahbariyatining ta`limni bu sohasiga jiddiy e`tibor bermasliklari va h.k.
Innovatsion ta`lim texnologiyalarning asosiy jarayoni: tashkil etish; hamkorlikda olib borish; takomillashtirish; tahlil qilish; qiyoslash; umumlashtirish; xulosa chiqarish; boshqarish; nazorat etish; baholash kabilarni o`z ichiga oladi. Yuqorida aytilganlarga muvofiq xulosa sifatida innovatsion ta`lim texnologiyalarni amalda qo`llashning quyidagi asosiy xususiyatlarini ko`rsatib o`tishimiz mumkin: bakalavr o`qituvchilari o`qitilmaydi, u mustaqil o`qishga o`rgatiladi; ularga bilimlar tayyor holda berilmaydi, uni bilimlarni manbalardan mustaqil ravishda ola bilishga o`rgatiladi; ularning o`z qobiliyatlari darajasida albatta o`zlashtirishlari kafolatlanadi; barcha pedagoglar innovatsion ta`lim texnologiyalar mexanizmini o`rganib olsalar, deyarli bir xil natija olishga erishadilar.

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin