1. Tarbiya fanining maqsad va vazifalari Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining predmeti


Tarbiya fanining ilmiy-tadqiqot metodlari



Yüklə 31,63 Kb.
səhifə3/4
tarix14.12.2023
ölçüsü31,63 Kb.
#179449
1   2   3   4
Yodgorova Firdavsxon Boshlang‘ich ta’limda fanidan

4.Tarbiya fanining ilmiy-tadqiqot metodlari.
Tarbiya fanining eng asosiy ilmiy-tadqiqot metodlari quyidagilardan iborat:
- tarbiyaga oid pedagogik merosni o‘rganish;
- tarbiyaga oid jahon xalqlari pedagogikasi tajribalarini
o‘zlashtirish;
- tarbiyaga oid me‘yoriy hujjatlarni bilish;
- tarbiyachining o‘z individual tarbiyaviy tajribasining bo‘lishi.
Mazkur ilmiy-tadqiqot metodlari o‘rganish, manbalarni o‘zlashtirish va tajriba o‘tkazish asoslarida o‘rganiladi. Bu metodlar pedagogik turkumdagi barcha fanlarda qo‘llaniladi.
Tarbiya fani ilmiy-tadqiqot metodlarini belgilashda quyidagilarga alohida e‘tibor beriladi:

  1. tarbiyaga oid pedagogik meros o‘rganilganda qadimdan kelayotgan tarbiya g‘oyalari, usullari, tizimi va uni amalga oshirish yo‘llariga alohida e‘tibor beriladi;

b) tarbiyaga oid jahon xalqlari pedagogikasi tajribalarini o‘zlashtirishda tarbiyaviy yondashuvlar, ularning amaliy tajribadan o‘tganligi va bugungi kun talabalariga javob berishi masalalariga diqqat qilinadi;
v) tarbiyaga oid me‘yoriy hujjatlarni o‘zlashtirishda aynan tarbiya masalasiga yo‘naltirilgan davlat standartlari, malaka talablari va murabbiy-o‘qituvchilarga qo‘yiladigan pedagogik talablarni o‘rganish va ularga amal qilish masalalariga e‘tibor beriladi;
g) tarbiyachining o‘z individual tarbiyaviy tajribasiga ega bo‘lish uchun talabalik davridayoq tarbiya asoslari, metodologiyasi, didaktikasi va amaliyotini o‘zlashtirish bilan pedagogik hamda malakaviy amaliyotlar davrida amaliy ko‘nikmalar bilan qurollanishga diqqat qilinadi.
Bularning barchasi ―Tarbiya fanining ilmiy-tadqiqot metodlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lish asoslari hisoblanadi. Shu jihatdan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining quyidagi ko‟nikmalarga ega bo‘lishi taqozo etiladi:

  • tarbiya asoslarini o‘zlashtirishga qiziqish;

- bolaparvarlik sifatiga ega bo‘lish;
- muntazam o‘zi ustida ishlab borish;
- o‘z tajribalarini ommalashtirish.
,,Boshlang‘ich ta‘limda ―Tarbiya fanini o‘qitish metodikasi“ fanining ilmiy-tadqiqot metodlarini shakllantirish va uni o‘zlashtirish tizimlarini belgilashda quyidagilarga asoslanish maqsadga muvofiq bo‘ladi:

  • davlat ta‘lim standartlari va malaka talablarida belgilangan vazifalarni birlamchi bilish;

  • pedagogik tadqiqotlarda tajriba-sinovdan o‘tgan metodlarni qabul qilish;


  • innovatsion va integratsion xususiyatlarga ega yondashuvlarni ilmiy ishlanmadan o‘tkazgan tarzda ilmiy muomalaga kiritish;


  • o‘zining ilmiy maktabiga ega bo‘lgan pedagoglarning individual tajribalarini amaliyot sifatida qabul qilish;

- milliy va umuminsoniy pedagogik qadriyatlarni tavsiflovchi g‘oyalarga asoslanish.
Aynan bunday yondashuv ushbu fanning ilmiy-tadqiqot metodlarini belgilab olishda zamonaviylikni keltirib chiqaradi. Chunki bugungi kunda oliy pedagogik ta‘lim jarayonida o‘qitilayotgan pedagogik turkumdagi fanlarning umumiy va individual ilmiy-tadqiqot metodlari mavjud. Umuman bizning yondashuvimizga ko‘ra, ,,Tarbiya“ fanining ilmiy-tadqiqot metodlari o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lishi shart. Bularning barchasi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun muhim kasbiy kompetensiya hisoblanadi.



Yüklə 31,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin