1. Tarbiyaga texnologik yondashuv: imkoniyatlari va ularning o‘ziga xosliklari



Yüklə 50,64 Kb.
səhifə1/13
tarix06.06.2023
ölçüsü50,64 Kb.
#125658
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
TARBIYA JARAYONINI TEXNOLOGIYALASHTIRISH1


TARBIYA JARAYONINI TEXNOLOGIYALASHTIRISH


Reja:


Kirish
1. Tarbiyaga texnologik yondashuv: imkoniyatlari va ularning o‘ziga xosliklari.
2. Tarbiyaviy faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlari.
3. Tarbiyaning turlari va vazifalari
4. Tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish


Maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining dastlabki bo‘g‘ini bo‘lishi bilan birga keyingi ta’lim tizimida, bolani maktabga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda bu ta’lim sohasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi bejiz emas. Bu borada davlatimiz tomonidan qabul qilingan qator farmon, qaror va farmoyishlar maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilishga yo‘naltirilganligi barchaning e’tiboridadir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi PQ-4312-sonli “O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”, 2016 yil 29 dekabrdagi “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli, 2017 yil 30 sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5198-sonli Farmoni, 2017 yil 9 sentabrdagi «Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3261-sonli qarori, shuningdek, Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018 yil 18 iyundagi 1-mh sonli “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari” hamda “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat o‘quv dasturini amalda joriy etish kabi davlat hujjatlarida bu sohaga oid masalalarini hal etish nazarda tutilgan.
Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev bu tizimni chuqur tahlil qilib, shu paytgacha nazardan chetda bo‘lgan eng kichik jihatlarigacha e’tibor qaratdi. Bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalarining ta’lim dasturlari va o‘quv-tarbiyaviy rejalariga qo‘yilgan davlat talablarini takomillashtirish dolzarb masalaligicha qolayotganligi aniqlandi. Aksariyat maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiytexnika bazasi zamon talablariga javob bermayapti. Bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish ko‘rsatkichi hamon pastligicha qolmoqda. Mavjud muammolarni amaliy bartaraf etish maqsadida «2017−2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.
Hozirgi zamon pedagoglari o‘rgatish, rivojlanish manbai tarbiyachilarning bilimi va kompetensiyasiga bog‘liq, deb hisoblaydilar. Bunda ikki ko‘rsatkichdan foydalanish tavsiya etiladi:

  1. bolaning yangi bilimlarni kattalar yordamida egallashi.

  2. bolada o‘zlashtirilgan bilimlarni mustaqil qo‘llash, tadbiq etish qobiliyatini rivojlantirish.


Yüklə 50,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin