1. Tarbiyaga texnologik yondashuv: imkoniyatlari va ularning o‘ziga xosliklari



Yüklə 50,64 Kb.
səhifə6/13
tarix06.06.2023
ölçüsü50,64 Kb.
#125658
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
TARBIYA JARAYONINI TEXNOLOGIYALASHTIRISH1

Tarbiyalash texnologiyasi – nisbatan yangi atama bo‘lishiga qaramay rivojlangan mamla-katlarda keng tarqalgan. Tarbiyalash texnologiyasi pedagogikada yangi yo‘nalish hisoblan-gan «ijtimoiy pedagogika» bilan birgalikda fuqarolik g‘ururi, vatanparvarlik, ijtimoiy faollik, mas’uliyat hissi va boshqa shaxsiy sifatlarni shakllantirishga jiddiy ta’sir qilmoqda.
Ta’kidlash joizki, tarbiyalash texnologiyasi yoshlar bilan tarbiyaviy ishlarning g‘oyasi, mazmuni va tarkibini emas, balki bu sohadagi respublikamiz hukumati tomonidan ishlab chiqilgan maqsad va vazifalarni samarali amalga oshirish bilan shug‘ullanadi. Tarbiya-lash texnologiyasi mo‘ljallangan tarbiyaviy maqsadga samarali erishuvni ta’minlovchi vositalar majmuasini ko‘rib chiqadi.
O‘qituvchi(pedagog)larning o‘zida muloqot, bahs olib borish madaniyatini shakllantirish maqsadida pedagogik ta’lim mazmuniga qo‘yiladigan talablar, ayniqsa muhimdir. O‘zaro hamkorlik pedagogikasi – o‘qituvchi (pedagog) va o‘quvchi-talaba o‘rtasida hamfikr-lilik, bir-biriga ishonch, o‘zaro yordam, ijodiy hamkorlik muhitini yaratadi. Bu esa, o‘z navbatida, yoshlar tomonidan haqiqiy insoniy qadriyatlarning anglab olinishi va e’tirof etilishini kafolatlaydi.
O‘quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilish pedagogdan ijodiy ishlashni talab etadi. Pedagog o‘zida unga yordam beruvchi tashqi imkoniyatlar, ya’ni, nazariy-amaliy materiallar, o‘quv qurollari va vositalari mavjudligi haqida to‘liq ma’lumotlarga ega bo‘lishi kerak. Pedagog o‘zidagi mavjud ma’lumotlar va imkoniyatlar asosida qaralayotgan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mavjud metodika va ilg‘or o‘qitish uslublarini ko‘zlagan maqsadga yo‘naltirish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim.
3-Tarbiyaning turlari va vazifalari
Aqliy tarbiya idrokni insonning bilishga oid barcha vazifalari vositasida rivojlantirishni, aqliy faoliyatning o‘z-o‘zini tashkil qilish mehanizmini shakllantirishni, aqliy qobiliyatlar va ijodiy salohiyatni rivojlantirishni taklif qiladi.

Yüklə 50,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin