Mirzo Ulug`bek tumani 142-maktabning fizika fani o`qituvchisi Pirova Tamaraning “Bir jinsli magnit maydonda tokli ramkaning aylanma harakati” mavzusida yaratgan dars
taqdimoti
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism 2.o`tgan mavzuni takrorlash 3.Yangi mavzu bayoni 4. o`quvchilarni baholash
5.Uyga topshiriq berish
Reja:
1. Taqasimon magnit bilan tajriba
3.Elektr o`lchov asboblarining tuzilishi va ishlash prinsipi
O`tilgan mavzuni takrorlash
Ersted tajribada nimani aniqlagan?
To`g`ri tokning magnit maydoni qanday bo`ladi?
G`altakning magnit maydoni qanaqa yo`nalishda?
Yangi mavzu bayoni
Agar magnit maydonga tokli ramkakiritilsa uning biror burchakka burilishini ko`rashimiz mumkin. Bizda savol tug`ildi nimaga bu ramka harakatga kelyapti? Taqasimon magnit orasiga to`g`ri o`tkazgich o`rniga egiluvchan simdan yasalgan ramka kiritamiz (a) .
O`tkazgich uchlarini tok manbaiga ulangan metall “kosacha” ga aylana oladigan qilib kiydirib qo`yamiz. Yasalgan ramkani b rasmdagidek magnit asosi tekisligida joylashtiramiz. Tok manbai ulanganda ramka (b holat ) aylana boshlayd va dastlabki holatidan burchakka buriladi(d holat)

Agar ramkani “d” holatiga kelish momentida tok uzilsa ramka harakatini davom ettiradi va yana “a”holatni eggallaydi.
Birinchi navbatda quyidagi tasvirlangan zanjir va qurilmani yig`ib, tokli ramkani magnit maydoniga joylashtiraylik. Elektr zanjir ulansa ramka buriladi va magnit kuch chiziqlariga perpendikulyar turib oladi.
Agar tokning yo`nalishi o`zgartirilsa ramka ga buriladi. Magnit maydonda tokli ramkaning burilishi xossasidan elektr o`lchov asboblarida foydalaniladi.
Rasmda eng oddiy ampermetrning tuzilishi tasvirlangan. Bunda (1) magnit da (2) qutb uchliklari mhakamlangan Harakatlanuvchi qism –ramka (3) alumiyniy karkasdan iborat, unga ingichka mis sim o`ralgan. Ramka qo`zg`almas o`zak(4) atrofida erkin aylanadi. Ramka o`q (5)ga beriktirilgan Chulg`am simlarning uchlari(6) zanjirga ulanadi. Ramkaning o`z holicha aylanishiga spiral prujina (7) qarshilik qiladi va zanjirda tok yo`qolganida strelkani muvozanat holatiga qaytaradi.
Ramka chulg`amlaridan tok o`tganda magnit maydon ta`sirida ramka tekisligiga perpendikulyar ravishta harakatlanishga intiladi. Zanjirdagi tok qancha katta bo`lsa o`qqa mahkamlangan strelka(8) shuncha katta burchakka buriladi.

Strelka darajalangan shkalada(9) tok kuchining tegishli qiymatini ko`rsatadi. Zanjirdagi tok uzilganda spiral dastlabki holatiga, strelka esa “0” qiymatiga qaytadi. Voltmetrning ishlash prinsipi ham ampermetrga o`xshashdir.