1. Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]



Yüklə 80,8 Kb.
səhifə2/4
tarix28.11.2023
ölçüsü80,8 Kb.
#168469
1   2   3   4
737 31.12.2022

davlat nazorati organlari — shaxslar, tovarlar va transport vositalarini ushbu Nizomga muvofiq Davlat chegarasi orqali o‘tkazishda ishtirok etadigan chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya, ekologiya va veterinariya nazorati organlari;
deklaratsiyalovchi shaxs — bojxona organlariga tranzit deklaratsiyasini o‘z nomidan taqdim etayotgan deklarant yoki tranzit deklaratsiyasini to‘ldirish, imzolash va bojxona organlariga deklarant nomidan taqdim etishga vakolatli bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassis yoxud boshqa shaxs;
tranzit deklaratsiyasi — tovarlar va (yoki) transport vositalari haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda bojxona organiga taqdim etiladigan hamda O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kiriladigan va O‘zbekiston Respublikasining hududi orqali tranzit olib o‘tiladigan tovarlarni jo‘natuvchi bojxona organidan tovar kelib tushadigan bojxona organigacha nazorat qilish uchun foydalaniladigan hujjat;
“E-tranzit” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — “E-tranzit” AAT) — bojxona tranziti bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovar va (yoki) transport vositalari to‘g‘risidagi hujjat va ma’lumotlarni taqdim etish, qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish, rasmiylashtirish, hisobga olish hamda monitoring qilishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
“E-arxiv” interaktiv xizmati — tovarlarni elektron shaklda deklaratsiyalashni shakllantirishga asos hisoblangan elektron hujjatlarni taqdim etish hamda saqlash uchun mo‘ljallangan va deklaratsiyalash jarayoni va bojxona rasmiylashtiruvi davomida bojxona organlari bilan axborot almashinuviga qaratilgan bir martalik elektron arxivni yaratish imkonini beruvchi xizmat;
jo‘natuvchi bojxona organi — bojxona nazorati ostidagi tovarlar tashuvi boshlanadigan bojxona posti;
identifikatsiya kodi — bojxona organlariga taqdim qilingan tranzit deklaratsiyasiga “E-tranzit” AAT orqali berilgan yagona elektron kod;

Yüklə 80,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin