1. Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]



Yüklə 80,8 Kb.
səhifə3/4
tarix28.11.2023
ölçüsü80,8 Kb.
#168469
1   2   3   4
737 31.12.2022

munosabat belgisi — davlat nazorat organlari tomonidan “E-tranzit” AATga qo‘yiladigan belgi;
tovar kelib tushadigan bojxona organi — bojxona nazorati ostidagi tovarlar tashuvi tugaydigan bojxona posti;
tranzit operatsiyalari — tovar va transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvida tovarlarga va transport vositalariga nisbatan davlat nazorat organlari va (yoki) vakolatli shaxs tomonidan amalga oshiriladigan harakat.
3. Tovar va transport vositalarini bojxona tranziti bojxona rejimiga joylashtirish “E-tranzit” AATda tranzit deklaratsiyasini bojxona organiga elektron tarzda taqdim etish va uni rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi.
4. Tranzit deklaratsiyasi bir yoki bir nechta tovarning kuzatuv hujjatlari bo‘yicha tashiladigan tovarning har bir turkumi yoki tovarlarning bir nechta turkumi uchun rasmiylashtiriladi. Bunda tovarning bir nechta turkumi bo‘yicha bitta tranzit deklaratsiyasini rasmiylashtirish uchun ular bir transport vositasida bitta transport hujjati bilan bitta jo‘natuvchidan bitta qabul qiluvchining manziliga tashilayotgan bo‘lishi lozim.
5. Tranzit deklaratsiyasining bojxona rasmiylashtiruvi quyidagi ikki bosqichda ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxema bo‘yicha amalga oshiriladi:
birinchi bosqichda deklaratsiyalovchi shaxs tovarlar bo‘yicha tranzit deklaratsiyasini jo‘natuvchi bojxona organlariga elektron shaklda taqdim etadi. Taqdim etilgan tranzit deklaratsiyasi bojxona organlarida ro‘yxatga olinib, unga davlat nazorat organlari tomonidan munosabat belgisi qayd etiladi va tranzit operatsiyasi boshlanadi. Bunda, bojxona, veterinariya va fitosanitariya organlarining nazorat tartibotlari xavfni boshqarish tizimining topshirig‘iga asosan amalga oshiriladi;
ikkinchi bosqichda bojxona tranziti bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan tovar va transport vositalari belgilangan joylarga yetkazib beriladi, tovar va transport vositasi yetkazib berilganligi fakti tasdiqlanadi va kuzatuv hujjatlari taqdim etilgandan so‘ng tovar kelib tushadigan bojxona organi tomonidan tranzit operatsiyalari yakunlanadi.
2-bob. Tranzit deklaratsiyasi va tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etish
6. Tranzit deklaratsiyasi quyidagi hollarda taqdim etiladi:
tovarlarni bojxona hududiga olib kirishda yoki bojxona hududi orqali tranzit olib o‘tishda — tovar va transport vositasi bojxona chegarasini kesib o‘tgunga qadar yoki kesib o‘tish vaqtida;
bojxona hududida turgan tovarlarni bojxona nazorati ostida yetkazib berishni nazorat qilishda — tovarlar transport vositasiga yuklanishidan avval taqdim etiladi;
bojxona hududida turgan bojxona nazorati ostidagi transport vositasini tovar sifatida yetkazib berishni nazorat qilishda — yuk operatsiyalarini amalga oshirishdan oldin.
Agar tranzit deklaratsiyasi jo‘natuvchi bojxona organi tomonidan ro‘yxatga olingan kundan e’tiboran o‘ttiz kalendar kun ichida unda ko‘rsatilgan tovarlar deklaratsiya ro‘yxatga olingan bojxona organiga taqdim etilmagan bo‘lsa, tranzit deklaratsiyasi berilmagan deb hisoblanadi va avtomatik tarzda bekor qilinadi.
7. Bojxona organiga tranzit deklaratsiyasini taqdim etish quyidagi holatlarda talab etilmaydi:
tovar va transport vositalari respublika hududidan olib chiqilayotganda;
jismoniy shaxslar tomonidan qo‘l yuki yoki kuzatib boriladigan bagajida tovarlar olib o‘tilayotganda, bundan tijorat maqsadida olib o‘tilayotgan tovarlar mustasno;
yuksiz transport vositalari o‘tganda hamda yo‘lovchilar tashilganda, transport vositasini O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga tovar sifatida olib kirish va O‘zbekiston Respublikasining hududi orqali tovar sifatida tranzit olib o‘tish holatlari bundan mustasno;
Yuklarni xalqaro yo‘llarda tashish daftarchasini qo‘llagan holda Yuklarni xalqaro tashish to‘g‘risidagi bojxona Konvensiyasiga (1975-yil 14-noyabr, Jeneva,) muvofiq tovarlar Yuklarni xalqaro yo‘llarda tashish daftarchasi asosida dastlabki axborotni taqdim etish orqali tashilganda;
Vaqtincha olib kirish to‘g‘risidagi konvensiyaga (1990-yil 26-iyun, Istanbul) muvofiq tovarlar ATA karneti asosida bojxona organlariga dastlabki axborotni taqdim etish orqali tashilganda;
davlat sirlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan tashqi savdo kontraktlari bo‘yicha olib kelinayotgan tovarlar tashilganda;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda.
8. Tranzit deklaratsiyasi jo‘natuvchi bojxona organiga elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda elektron shaklda “E-Tranzit” AAT orqali deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan taqdim etiladi.
Tranzit deklaratsiyasi “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan taqdim etilganda, deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan taqdim etilgan tranzit deklaratsiyasi jamiyatning mas’ul xodimi tomonidan umumlashtiriladi va bitta temir yo‘l transporti tarkibi doirasida bojxona organiga o‘ziga biriktirilgan elektron raqamli imzosi orqali taqdim etiladi. Bunda mazkur Nizomning 11-bandida qayd etilgan talablar bo‘yicha tranzit deklaratsiyasidagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi va unga ilova qilingan hujjatlarga muvofiqligi uchun javobgarlik deklaratsiyalovchi shaxsda qoladi.
9. Tovar va transport vositalarining kuzatuv hujjatlari “E-Tranzit” AATga “E-arxiv” interaktiv xizmati orqali ilova qilinadi. Bunda “E-Tranzit” AATning tegishli maydoniga “E-arxiv” interaktiv xizmati orqali hujjatlarga berilgan maxsus raqam qo‘yiladi.
Deklarant tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchisi kabinetidagi “E-arxiv” interaktiv xizmatidan foydalangan holda elektron arxivni shakllantirib, unga o‘zining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlagan bojxona rasmiylashtiruvi uchun taqdim etiladigan hujjatlarning elektron shakllarini joylashtiradi.
Elektron arxivga joylashtirilgan hujjatlarga avtomatik tarzda maxsus raqam beriladi va bu haqda deklarantga tasdiqlangan elektron xabarnoma yuboriladi.
10. Tovar va transport vositalarining kuzatuv hujjatlari “E-Tranzit” AATga “E-arxiv” interaktiv xizmati orqali ilova qilinganda, ushbu hujjatlarni bojxona va boshqa rasmiylashtiruv jarayonlarida davlat nazorat organlariga qaytadan taqdim etish talab etilmaydi, sifatsiz (xira, bo‘yalgan, tushunarsiz va hokazo) hujjatlar bundan mustasno.
11. Deklaratsiyalovchi shaxs tranzit deklaratsiyasidagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi va unga ilova qilingan hujjatlarga muvofiqligi uchun javobgar hisoblanadi, deklaratsiyani to‘ldirish uchun taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning noto‘g‘riligi bilan bog‘liq holatlar bundan mustasno.
12. Deklarant taqdim etilgan hujjatlardagi (tranzit deklaratsiyasi bundan mustasno) ma’lumotlarning to‘g‘riligi va amalda olib o‘tilayotgan tovarlar va transport vositalariga o‘zaro muvofiqligi uchun javobgar hisoblanadi.
3-bob. Tranzit deklaratsiyasini rasmiylashtirish
1-§. Tranzit deklaratsiyasini rasmiylashtirishning birinchi bosqichi
13. Tranzit deklaratsiyasi quyidagi hujjatlarning elektron nusxasi bilan birga jo‘natuvchi bojxona organiga taqdim etiladi:
a) avtotransport vositasida tashilganda:
Yo‘l harakati to‘g‘risida Konvensiyaga (Vena, 1968-yil 8-noyabr) muvofiq avtotransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida guvohnoma;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda xorijiy avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishi, chiqishi va tranzit o‘tishi uchun vakolatli organning ruxsatnomasi;
Yuklarni xalqaro yo‘llarda tashish shartnomasi to‘g‘risidagi Konvensiya (Jeneva, 1956-yil 19-may) talablariga muvofiq tovar-transport yukxati;
tijorat hujjatlari;
tovarlar bojxona chegarasi orqali olib o‘tilishi bilan bog‘liq taqiq va cheklovlarga rioya etilishini tasdiqlovchi hujjatlar, agar bunday hujjatlar mavjud bo‘lganda olib o‘tishga yo‘l qo‘yilsa;
b) temir yo‘l transportida xalqaro tashuvlarda:
Xalqaro temir yo‘l yuk yo‘nalishlari to‘g‘risidagi bitimga (1951-yil 1-noyabr) muvofiq hujjatlar;
tijorat hujjatlari;
temir yo‘lning harakatdagi tarkibiga doir topshirish qaydnomasi;
tovarlarning bojxona chegarasi orqali harakatlanishida taqiqlar va cheklovlarga rioya qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar, agar bunday harakatlanish ushbu hujjatlar mavjudligida ruxsat berilgan taqdirda.
14. Tranzit deklaratsiyasi bojxona organiga taqdim qilinib, “E-Tranzit” AATda ro‘yxatga olingandan so‘ng tizim orqali avtomatik tarzda identifikatsiya kodi beriladi.
Tranzit deklaratsiyasi ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida deklaratsiyalovchi shaxsga elektron tarzda ma’lumot yuboriladi.
15. Tranzit deklaratsiyasi “E-Tranzit” AATda ro‘yxatga olingan paytdan boshlab yuridik ahamiyatga molik faktlardan dalolat beruvchi hujjatga aylanadi.
16. Tovar va transport vositalari jo‘natuvchi bojxona organiga yetib kelgandan so‘ng tashuvchi tovar va transport vositalarining kuzatuv hujjatlari bilan birga identifikatsiya kodini bojxona organiga taqdim etadi.
Taqdim etilgan identifikatsiya kodi asosida tranzit deklaratsiyasi bojxona organi tomonidan qabul qilinadi va bu haqda deklaratsiyalovchi shaxsga elektron xabarnoma yuboriladi.
17. Bojxona organlari xodimi bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda bojxona qonunchiligida belgilangan harakatlarni bajaradi.
18. Tovar va transport vositalarini bojxona tranziti bojxona rejimiga rasmiylashtirishda to‘lanishi lozim bo‘lgan barcha turdagi to‘lovlar va yig‘imlarni to‘lash tranzit deklaratsiyasi rasmiylashtirilgunga qadar amalga oshiriladi.
Mazkur to‘lovlar va yig‘imlar tranzit deklaratsiyasi bojxona organlarida ro‘yxatdan o‘tgan kunda amalda bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan valyutalarning rasmiy ayirboshlash kursi yoki bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqib hisoblanadi hamda shu maqsadda ochilgan bank hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘tkazilgan to‘lov va yig‘imlar tranzit deklaratsiya rasmiylashtirilgandan so‘ng besh ish kuni mobaynida avtomatik tarzda davlat nazorati organlarining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
(18-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-oktabrdagi 522-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2023-y., 09/23/522/0748-son)
19. Jo‘natuvchi bojxona postida faoliyat olib boruvchi davlat nazorati organlari to‘lanishi lozim bo‘lgan tegishli to‘lovlar va yig‘imlar to‘g‘ri hisoblanganligini tegishliligi bo‘yicha nazorat qiladi.
20. Jo‘natuvchi bojxona organida faoliyat olib boruvchi davlat nazorat organlari o‘ziga yuklatilgan vazifalaridan kelib chiqib, taqdim etilgan hujjatlar hamda tranzit deklaratsiyasidagi ma’lumotlar bilan tanishib, o‘zining munosabat belgisini qayd etgandan so‘ng tranzit operatsiyalari boshlanadi.
Tranzit operatsiyalari boshlanganligi haqida deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxsga elektron xabarnoma yuboriladi. Bunda jo‘natuvchi bojxona postida tranzit deklaratsiyasi rasmiylashtirilganligi va tovarni yetkazib berish muddati bilan bog‘liq ma’lumotlar xabarnomada aks ettiriladi.
2-§. Tranzit deklaratsiyasini rasmiylashtirishning ikkinchi bosqichi
Oldingi tahrirga qarang.
21. Tashuvchi tomonidan tovar va transport vositasi belgilangan manzilga yetkazib berilgandan hamda chegara bojxona postida hisoblangan yig‘imlar to‘langandan so‘ng bojxona organi axborot tizimida tovar va transport vositasi yetkazib berilganligi hamda yig‘imlar to‘langanligi tasdiqlanadi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-oktabrdagi 522-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2023-y., 09/23/522/0748-son)
22. Axborot tizimida tovar va transport vositasi yetkazib berilganligi fakti tasdiqlangandan so‘ng bojxona tranziti bojxona rejimini yakunlash uchun tashuvchi kuzatuv hujjatlarini tovarlar kelib tushadigan bojxona organiga taqdim etadi.
23. Kuzatuv hujjatlari taqdim etilgandan so‘ng tovar kelib tushadigan bojxona organi “E-tranzit” AATda tranzit deklaratsiyasining tegishli grafasiga va kuzatuv hujjatlariga belgi qo‘yish orqali bojxona tranziti bojxona rejimini yakunlaydi.
24. Bojxona tranziti bojxona rejimi yakunlangan paytdan e’tiboran tranzit deklaratsiyasidagi bojxona hududida turgan tovar “vaqtincha saqlash” bojxona rejimida turgan tovar maqomini oladi. Bunda “vaqtincha saqlash” bojxona rejimiga joylashtirish uchun bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etish talab etilmaydi.
4-bob. Tranzit deklaratsiyasini o‘zgartirish, unga qo‘shimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish yoxud bekor qilish
25. Tranzit deklaratsiyasida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga deklarant tomonidan o‘zgartirishlar yoki qo‘shimchalar kiritilishi, topshirilgan tranzit deklaratsiyasi esa qaytarib olinishi mumkin.
Tranzit deklaratsiyasini o‘zgartirish, unga qo‘shimcha kiritish va (yoki) uni qaytarib olish tranzit deklaratsiyasi bojxona organi tomonidan qabul qilinguniga qadar amalga oshiriladi.
26. Tranzit deklaratsiyasi qabul qilinganidan so‘ng uni o‘zgartirish, qo‘shimcha kiritish, qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va (yoki) bekor qilish deklarant bojxona organiga murojaat etganidan keyin amalga oshiriladi.
27. Bojxona rasmiylashtiruvi tugallanganidan keyin tranzit deklaratsiyasi bojxona organi tomonidan ro‘yxatga olingan kundan e’tiboran uch yil ichida tranzit deklaratsiyasiga bojxona organining talabi bilan yoki bojxona organi deklarant tomonidan ko‘rsatilgan sabablarni asosli deb topsa, uning arizasiga ko‘ra o‘zgartirish, unga qo‘shimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish yoxud bekor qilish mumkin.
28. Deklarantning murojaatiga asosan tranzit deklaratsiyasiga bojxona organlari tomonidan ham o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin. Bunda tranzit deklaratsiyasiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan stavkalar bo‘yicha yig‘im undiriladi.
29. Tranzit deklaratsiyasini to‘ldirish, bojxona organlariga taqdim etish, rasmiylashtirish, o‘zgartirish, unga qo‘shimcha kiritish, uni bekor qilish va qaytarib olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
30. Deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxs bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida va undan so‘ng bojxona xizmati organlari tomonidan bojxona yuk deklaratsiyasida qoidabuzarliklar aniqlangunga qadar bojxona to‘lovlarini hisoblashga yoki taqiq, cheklovlar qo‘llanilishiga ta’sir etmaydigan qoidabuzarliklarni ixtiyoriy ravishda bojxona organi ruxsati bilan tuzatish huquqiga ega, bundan qonunchilikda deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxsning murojaatiga asosan tranzit deklaratsiyasini o‘zgartirish, unga qo‘shimcha kiritish, uni qaytarib olish va bekor qilish taqiqlangan holatlar mustasno.
Ushbu holatlarda deklarant va deklaratsiyalovchi shaxsga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlikka oid protsessual hujjatlar rasmiylashtirilmaydi.
31. Deklarantning nomidan u ishonch bildirgan shaxs bojxona organlariga bojxona rasmiylashtiruvi uchun hujjatlarning elektron shakllarini taqdim etishi, tranzit deklaratsiyasini o‘zgartirish, unga qo‘shimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish yoxud bekor qilish bo‘yicha murojaat etishi mumkin. Bunda u qonunchilik hujjatlarida belgilangan deklarantning huquq va majburiyatlariga ega bo‘ladi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
32. Chegara bojxona postlarida veterinariya va fitosanitariya organlarining nazorat tartibotlarini xavfni boshqarish tamoyili asosida tashkil etishda veterinariya, fitosanitariya va bojxona organlari o‘rtasida o‘zaro ma’lumot almashinuvi joriy etiladi.
33. Ushbu Nizomni qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
34. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
Tovar va transport vositalari bilan tranzit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Tovar va transport vositalari bilan tranzit operatsiyalarini amalga oshirish
SXEMASI


Yüklə 80,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin