[
OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.01.00 Umumiy masalalar]
[
TSZ:
1.Tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar / Umumiy masalalar]
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonini jadallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga (keyingi o‘rinlarda — JST) a’zo bo‘lish jarayonini tezlashtirish va sifatli amalga oshirishni ta’minlash maqsadida:
1. Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo‘yicha idoralararo komissiyaning (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) yangilangan tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Komissiyaga (J.A. Xodjayev) quyidagi asosiy vazifalar yuklansin:
JSTga a’zo mamlakatlar bilan bozorga kirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining pozitsiyasini aniq belgilab berish hamda ikki va ko‘p tomonlama muzokaralar jarayonida tashqi savdo rejimini tarif va notarif choralar orqali o‘zgartirish bo‘yicha qarorlar qabul qilish;
milliy qonunchilikni JST bitim, qoida va me’yorlariga muvofiqlashtirish bo‘yicha Adliya vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar tomonidan tayyorlangan takliflarni ko‘rib chiqish va milliy qonunchilikka implementatsiya qilish yuzasidan qarorlar qabul qilish;
JSTga a’zo bo‘lish jarayonida yuqori professional mahorat bilan materiallarni sifatli va o‘z vaqtida tayyorlash hamda muzokaralar natijadorligini ta’minlashda faollik ko‘rsatgan vazirlik va idoralar rahbarlari hamda mas’ul xodimlarini moddiy rag‘batlantirish;
JSTga a’zo bo‘lish jarayoniga jalb qilinib, vazifasiga loqaydlik va mas’uliyatsizlik bilan yondashgan vazirlik va idoralar rahbarlariga nisbatan intizomiy choralar ko‘rish bo‘yicha, shu jumladan ularning egallab turgan lavozimiga loyiqligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Bosh vaziriga taqdimnomalar kiritish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan tezkor tarzda kelishgan holda Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo‘yicha muzokaralar guruhining (keyingi o‘rinlarda — muzokaralar guruhi) xorijiy mamlakatlarda ikki va ko‘p tomonlama muzokaralar o‘tkazishini ta’minlash.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tuzilmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jahon savdo tashkiloti masalalari bo‘yicha maxsus vakili (keyingi o‘rinlarda — maxsus vakil) lavozimi kiritilsin.
Belgilansinki, maxsus vakil:
bir paytning o‘zida Komissiya raisining o‘rinbosari hamda muzokaralar guruhi rahbari —
bosh muzokarachi hisoblanadi;
maqomi, mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shart-sharoitlariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining shu’basi mudiriga tenglashtiriladi.
3. Maxsus vakilning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
JSTga a’zo bo‘lish jarayonini jadallashtirish, mas’ul vazirlik va idoralar faoliyatining natijadorligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish;
JSTga a’zo bo‘lish shartlari, shuningdek, tashkilotga a’zo davlatlar bilan muzokaralar o‘tkazishda har bir masala bo‘yicha aniq pozitsiya ishlab chiqilishi va takliflarning Komissiyaga ko‘rib chiqish uchun kiritilishini ta’minlash;
JSTga a’zo davlatlar bilan ikki tomonlama muzokaralarni o‘tkazishga puxta va har tomonlama tayyorgarlik ko‘rish hamda ularning samarali o‘tkazilishini ta’minlash;
JSTga a’zo bo‘lish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi pozitsiyasini yetkazish maqsadida JST Kotibiyati va a’zo davlatlar hamda xalqaro tashkilotlarning rasmiy vakillari bilan doimiy ishchi aloqalarni o‘rnatish;
JSTga a’zo bo‘lish jarayonida donorlarning texnik ko‘magi va ular tomonidan ajratiladigan grant mablag‘laridan samarali foydalanishni muvofiqlashtirish va nazorat qilish.
4. Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo‘yicha muzokaralar guruhining yangilangan tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Komissiya tomonidan belgilab berilgan pozitsiya asosida JSTga a’zo mamlakatlar bilan bozorga kirish bo‘yicha samarali muzokaralar olib borish;
muzokaralar holatidan kelib chiqib va kelishuvlarda oldinga ildamlash maqsadida,
zarur hollarda, bozorga kirish bo‘yicha muzokaralar jarayonida takliflar ishlab chiqish va tezkor kelishish.
5. Komissiyaning quyidagi takliflari ma’qullansin:
Adliya vazirligiga ma’muriy islohotlar doirasida ilgari maqbullashtirilgan shtat birliklari hisobidan qo‘shimcha 5 ta shtat birligini ajratgan holda vazirlikka milliy qonunchilikni JST bitimlariga uyg‘unlashtirish funksiyasini yuklash;
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi markaziy apparati tuzilmasida mavjud shtat birliklari doirasida JST bilan hamkorlik qilish, MDH va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlik qilish hamda Tarif va notarif tartibga solish choralari boshqarmalari negizida Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash va savdo muzokaralari departamentini tashkil etish;
mazkur qarorning 3-ilovasida keltirilgan vazirlik va idoralar markaziy apparati tuzilmasida belgilangan umumiy shtat birligi doirasida JST masalalari bo‘yicha bo‘linmalarni tashkil qilish;
Tashqi ishlar vazirligi xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalarning mavjud vakant shtatlarni maqbullashtirish hisobidan O‘zbekiston Respublikasining Jeneva shahridagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti bo‘linmasi va boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakolatxonasida qo‘shimcha 1 ta shtat birligida — JST masalalari bo‘yicha birinchi kotib lavozimini kiritish.
Belgilab qo‘yilsinki, vazirlik va idoralarning JST masalalariga mas’ul bo‘lgan xodimlarini boshqa ishga o‘tkazish yoki lavozimidan ozod etish Komissiya bilan kelishilgan holdagina amalga oshiriladi.
6. Belgilansinki:
2023-yil 1-iyuldan boshlab JST qoida va me’yorlariga muvofiq bo‘lmagan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish taqiqlanadi;
O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshirish uchun 2023-yilda jami 30 mlrd so‘m, shu jumladan Vazirlar Mahkamasi zaxira jamg‘armasi hisobidan 10 mlrd so‘m va Eksportni rag‘batlantirish agentligiga ko‘zda tutilgan mablag‘lar doirasida 20 mlrd so‘m hamda 2024-yildan boshlab ushbu tadbirlarni moliyalashtirish uchun Davlat budjeti parametrlarida zarur mablag‘lar ko‘zda tutiladi.
Komissiyaga JSTga a’zo bo‘lish bilan bog‘liq tadbirlar, shu jumladan
ekspertlarni jalb qilish, tarjima xizmatlarini tashkil etish, tahliliy tadqiqot ishlarini olib borish, ilmiy asoslarni tayyorlash va JSTga a’zo bo‘lish jarayonida bevosita ishtirok etuvchi vazirlik va idoralar rahbarlari va mas’ul xodimlarining xizmat safarlari hamda ularni moddiy rag‘batlantirish bilan bog‘liq xarajatlarni mazkur bandda ko‘zda tutilgan mablag‘lar hisobidan, zarur hollarda to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida, mustaqil moliyalashtirish huquqi berilsin.
7. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilish, amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida har 15 kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berib borish Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Xodjayev hamda maxsus vakil zimmasiga yuklansin.
Qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 2-iyun,
PQ-181-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-iyundagi PQ-181-son
qaroriga
1-ILOVA
Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo‘yicha idoralararo komissiya
TARKIBI
1.
|
J.A. Xodjayev
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Idoralararo komissiya raisi
|
2.
|
A.A. Urunov
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jahon savdo tashkiloti masalalari bo‘yicha maxsus vakili, Idoralararo komissiya raisining o‘rinbosari
|
3.
|
D.X. Fayziyeva
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati
|
4.
|
D.A. Ganiyev
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati
|
5.
|
G.G. Fazilov
|
—
|
tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari
|
6.
|
I.I. Norqulov
|
—
|
iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari
|
7.
|
D.Sh. Sultanov
|
—
|
iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari
|
8.
|
A.N. Karimov
|
—
|
adliya vaziri o‘rinbosari
|
9.
|
A.Y. Xaydarov
|
—
|
qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari
|
10.
|
B.N. Abidov
|
—
|
investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari
|
11.
|
J.E. Choriyev
|
—
|
transport vaziri o‘rinbosari
|
12.
|
J.T. Maksud�v
|
—
|
raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari
|
13.
|
U.U. Sharifxodjayev
|
—
|
maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari
|
14.
|
S.M. Buzrukxonov
|
—
|
oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari
|
15.
|
O.R. Fazilkarimov
|
—
|
sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari
|
16.
|
A.A. Ikramov
|
—
|
Statistika agentligi direktorining o‘rinbosari
|
17.
|
B.Y. Abubakirov
|
—
|
Markaziy bank raisi o‘rinbosari
|
18.
|
I.M. Muxtorov
|
—
|
Bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari
|
19.
|
J.I. Abdiyev
|
—
|
Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari
|
20.
|
F.E. Karabayev
|
—
|
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari
|
21.
|
B.Sh. Usmonov
|
—
|
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori o‘rinbosari
|
22.
|
D.N. Sattarov
|
—
|
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktori
|
23.
|
B.Q.Yusupaliyev
|
—
|
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi
|
24.
|
I.K. Ergashev
|
—
|
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktori
|
25.
|
A.A. Akbarov
|
—
|
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari
|
26.
|
D.A. Vahobov
|
—
|
Savdo-sanoat palatasi raisi
|
27.
|
Sh.F. Ozodzoda
|
—
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi
|
28.
|
F.A. Kadirov
|
—
|
Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori o‘rinbosari
|
29.
|
E.S. Kanyazov
|
—
|
Adliya vazirligi departamenti boshlig‘i
|
30.
|
|