1. Tavakkalchilikda xavf



Yüklə 71,49 Kb.
səhifə1/5
tarix16.12.2023
ölçüsü71,49 Kb.
#181856
  1   2   3   4   5
Lola


Noaniqlik va tavakkarchilik
Reja:
1. Tavakkalchilikda xavf.
2. Tavakkalchilikda sig’urta bilan bog’liq bo’lgan va bog’liq bo’lmagan xavflar.
3. Tavakkalchilik turlari.
4. Tavakkalchilikni boshqarish.
1. Tavakkalchilikda xavf
O’zbek tilining izohli lo’g’atida “tavakkal” tushunchasi:

  • uzoq mulohaza qilib o’tirmay, nima bo’lsa bo’lar, “yo ostidan yo ustidan” zaylida qilingan harakat ma’nosida talqin qilinadi.

Tavakkalchilik tushunchasi esa tavakkaliga, tavakkal tushunchasi va tavakkaliga, tavakkal bilan ish qiluvchi ma’nosini beradi.
Amerikalik ishbilarmonlarga xos bo’lgan tavakkalchilikni Amerika iqtisodiyoti “chapani” muhojirlar olib kelganlar va singdirganlar. Ular o’troq va ehtiyotkkor yerli aholini o’z ishbilarmonlik faoliyatida tavakkalchilik ham qilib turishga majbur etishgan.
Amerikacha ta’rifga ko’ra, tavakkalchilik – bu biron ish bilan shug’ullanish oqibatida zarar ko’rib qolishdan qutilib qolish imkoniyati. Albatta, ba’zi xavflarni sug’urta kompaniyalari bilan shartnoma tuzish orqali oldini olish mumkin. Biroq, xavfning asosiy og’irligi, ya’ni:

  • menejerning hatosi;

  • narx o’zgarishi;

  • talabning sussayishi;

  • noto’g’ri tanlangan loyiha;

  • ishchilarning noroziliklari va boshqalar ishbilarmonning yelkasiga tushadi.

Ammo, umuman, xorij tajribasi ishbilarmonlik tavakkalchiliksiz mumkin emasligidan guvahlik beradi. Kimki, hech bir tavakkal qilmasa, oxir oqibatda xonavayron bo’ladi.
Bugungi kunda adabiyotlarda tavakkalchilik bilan bog’liq bo’lgan ehtimollikni turlicha tushunchalarda, ya’ni:

  • Xavf.

  • Xatar.

  • Xavf – xatar iboralarida ifoda etilyapti. Shunchalik turli yondashuvlar maqsadga muvofiqmikin? Ularning qaysi birini qo’llasa ma’qul bo’lardi?

Tavakkalchilik foydadan mahrum bo’lish va boshqa sabablarga ko’ra zarar ko’rish singari yomon oqibatlar ro’y berish ehtimoli bilan ifodalanadi. Shu ma’noda:

Tavakkalchilik – bu oqibatning yaxshi bo’lishiga umid bog’lab, xavf ehtimolligini zimmasiga olgan holda qilinadigan harakat.
Tavakkalchilik – bu resurs yoki daromaddan to’la yoki qisman yo’qotish xavfi.
Tavakkalchilik – noaniqlik sharoitida har qanday dovyurak menejer uchun tabiiy holat, vaziyat. Tavakkal botirning ishi.
Tavakkalchilik – bu omadsiz oqibatning miqdoriy baholanishi.

Yana o’zbek tilining izohli lo’g’atiga murojaat qilamiz. Und abu iboralar qyidagicha talqin qilingan:


Xavf – biror ko’ngilsiz xodisa yoki falokat yuz berishi ehtimolligi; xatar; qo’rqinch.
Xatar – biror baxtsizlikka, falokatga olib kelishi mumkin bo’lgan sharoit; xavf; tahlika.
Xavf – xatar – xavf va xatar, biror narsadan qo’rqish.
Ko’rib turibmizki, xavf tushunchasi ehtimollik bilan bog’lanayotgan bo’lsa, xatar iborasida esa asosiy urg’u sharoitga, vaziyatga berilyapti. Uchinchisida har ikkala tushuncha bir xil ma’noda talqin qilinyapti.

Yüklə 71,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin