1. Tayanch harakat apparati sinishlarining tasnifi. Sinish yuzaga kelish sababiga ko'ra



Yüklə 5,95 Kb.
tarix21.12.2023
ölçüsü5,95 Kb.
#187808
1. Tayanch harakat apparati sinishlarining tasnifi. Sinish yuzag-hozir.org


1. Tayanch harakat apparati sinishlarining tasnifi. Sinish yuzaga kelish sababiga ko'ra

1.Tayanch harakat apparati sinishlarining tasnifi.


  • Sinish yuzaga kelish sababiga ko'ra:


-Travmatik


-Patologik

  • Sinish shakli yo'nalishi bo'yicha


-Ko'ndalang-sinish chizig'i naysimon suyak o'qiga perpendikulyar


-Uzunasiga-sinish chizig'i naysimon suyak òqiga shartli parallel
-Qiyshiq-sinish chizig'i naysimon suyak o'qiga o'tkir burchak hosil qilib òtadi
-Kompression-suyak parchalari juda kichik,aniq,bitta sinish chiziģi yòq
-Sanchilgan-suyak bolaklari asosiy naysimon sirtidan tashqarida joylashadi
-Vintsimon-suyak parchalari òzining normal joylashuviga nisbatan aylanishi
-Ponasimon-odatda umurtqa sinishida kuzatilib bir umurtqa ikkinchisiga kirib qoladi va pona shaklidagi deformatsiya hosil qiladi.
  • Terining yaxlitligiga kòra


-Ochiq
-Yopiq


  • Naysimon suyaklar doirasida sinish lokalizatsiyasiga kòra


-Epifiza


-Metafiza
-Diafiza
  • Asoratiga kòra:


-Asoratlangan(travmatik shok,ichki azolar shikastlanishi,yog'li emboliya,qon ketishi)


-Asoratlanmagan
2. Tayanch harakat aparati sinishlari va chiqishlari tekshirish usullari

Tayanch xarakat apparatining shikastlanishlari va kasallanishlarini tashxislash tibbiyot tamoyillari va metodlariga:


1)Shikoyatlar
2) Anamnez
3) Travma mexanizmi

4) Simptomatoogiyasini batafsil o’rganishga asoslangan.

Klinik rentgenologik elektrofiziologik instrumental, laborator tekshirish metodlaridan foydalinadi. Tayanch xarakat sistemasining shikastlanishlari va kasalliklarini tashxislash asosiy metodlari bu – shifokorning ma’lum bir sisitemaga solingan uzluksiz klinik faoliyati hisoblanadi.
Quyidagi tartibga amal qilish tavsiya etiladi:
-- shikoyatlarni aniqlash
-- anamnez yig`ish
-- bemorni ko`zdan kechirish
-- bo`g`imlar harakat amplatudasini aniqlash
-- oyoq—qo`l uzunligini aniqlash
-- rentgenologik tekshirish o`tkazish
-- Elektrofiziologik va labarator tekshiruvlar o`tkazish
-- Instrumental metodlar (punksiya, biopsiya)
3. Tayanch harakat apparating sinish va chiqishlarida birinchi tibbiy yordam kursatish usullari.
Birinchi yordam ko’rsatadigan shaxs quyidagilarni amalga oshirishi mumkin:
1.Jabrlanuvchi ahvolining og’irligi va shikastlanish joyini aniqlashi.
2.Agar qon ketishi bo’lsa, uni to’xtatishi.
3.Jabrlanuvchini malakali tibbiy xodimlar kelguncha boshqa joyga ko’chirish mumkinligini baholashi. Umurtqa yoki bir nechta suyaklarning sinishida bemorni joyidan siljitish tavsiya etilmaydi.
4.Izolyatsiyalangan jarohatlarda shikastlangan sohani immobilizatsiya qilishi, shina qo’yishi. Shina sifatida shikastlangan tana qismidagi harakatni cheklay oladigan (singan joydan yuqori va pastki bo’g’imlarni qoplashi kerak) har qanday jism xizmat qilishi mumkin.
5.Jabrlanuvchining harakatlanishiga qarshi ko’rsatmalar bo’lmasa, tibbiy muassasaga yetkazishi.Agar tibbiy xodimlarning bemor yoniga kelishi qiyin yoki imkonsiz bo’lsa va jabrlanuvchining harakatlanishiga qarshi ko’rsatmalar mavjud bo’lsa, zarar yetkazilgan joylar to’liq immobilizatsiyalanganligini imkon qadar ta’minlashi, shundan so’ng qattiq asosli nosilka ishlatishi.
4. Transport immobilizatsiyasi vositalarini turlari.

Transport immobilizatsiyasi maxsus yoki turli materiallardan tayyorlangan shina va bog’lamlar qo’yish bilan amalga oshiriladi.


Transport shinalari:

  1. Fiksatsiya qiluvchi


  2. Fiksatsiya bilan birga tortib oluvchi turlarga bo’linadi.


Transport shinalari fiksatsiya qiluvchi va fiksatsiyasi bilan bir qatorda tortib turuvchi turlarga bulinadi. Fiksatsiya qiluvchi shina-lardan fanera, sim-narvonsimon, taxtadan va kartondan tayyorlangan shinalar eng ko'p tarqalgan .Fiksatsiya qilib tortuvchi moslamalarga Diteriks shinasi kiradi. Katta masofaga transportirovka qilishda gips bog'lamalaridan foydalaniladi.


5. Transport immobilizatsiyasi vositalarini yaratishga talablar.

Transport immobilizatsiyasiga qo'yiladigan talablar quyidagilardan iborat:



Shina nafaqat shikastlanish joyida, balki ikkita eng yaqin bo'g'imlarni ushlashi kerak, ba'zida uchta yaqin bo'g'inlarni immobilizatsiya qilish kerak bo'ladi. Bu shikastlangan oyoq-qo'lga uzatiladigan bo'g'imlarda harakatlarni istisno qilish maqsadida amalga oshiriladi.Bundan tashqari, agar yaqin atrofdagi bo'g'imlarda oyoq-qo'l singan bo'lsa, singan suyakning boshi chiqishi mumkin. Singan a'zo to'g'ri holatda bo'lishi kerak. Ushbu chora yaqin atrofdagi to'qimalar, qon tomirlari va nervlarning shikastlanish ehtimolini kamaytiradi. Ochiq sinishlar uchun yaraga bandaj surtiladi. Immobilizatsiya qiluvchi shinani qo'llashdan oldin, iloji bo'lsa, behush qilish kerak.Immobilizatsiya shikastlangan suyakni immobilizatsiya qilish uchun etarli bo'lishi kerak, chunki noto'g'ri yoki to'liq bo'lmagan immobilizatsiya foydadan ko'ra ko'proq zarar etkazishi mumkin.
http://hozir.org
Yüklə 5,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin