18. Moddalarni oksidlovchilik xossasi ortib borish tartibida joylashtiring. 1.kaliy manganat; 2.margenets(IV)oksid; 3.kaliy permanganat; 4.marganets(III)oksid; 5.marganets(II)oksid;
A) 5,4,1,2,3 B) 5,2,1,4,3 C) 5,1,3,4,2 D) 5,1,4,3,2 E) 5,4,2,1,3
19. Quyidagi reaksiyada qaysi element oksidlanadi? C6H5CH3+KMnO4+H2SO4
A) uglerod B) marganets C) oltingugurt D) kislorod E) vodorod
20. Quyidagi moddalarning qaysilari faqat qaytaruvchi bo‘la oladi?
1) vodorod sulfid; 2) kaliy yodid; 3) vodorod; 4) nitrat kislota;
5) ammiak; 6) kaliy xlorat; 7) alyuminiy; 8) vodorod peroksid;
A) 1,2,3,5 B) 2,3,5,7 C) 1,2,5,7 D) 3,5,7,8 E) 4,6,7,8
21. Faqat qaytaruvchi xossasiga ega bo‘lgan moddalarni ko‘rsating.
1) kaliy nitrat; 2) qo‘rg‘oshin(IV)oksid; 3) vodorod sulfid; 4) rux;
5) ammiak; 6) vodorod peroksid; 7) xlor; 8) vodorod yodid; 9) metan;
A) 5,6,7,8,9 B) 2,3,4,5,7 C) 1,3,5,7,9 D) 3,4,5,8,9 E) 1,2,4,6,8
22. Konsentrlangan nitrat kislota quyidagilarning qaysi birlari bilan reaksiyaga kirishganda, oksidlovchilik xossasini namoyon qilishini ko‘rsating.
1) fosfor(V)oksid; 2) xlorid kislota; 3) kaliy bromid; 4) vodorod yodid;
5) kalsiy oksid; 6) mis; 7) alyuminiy; 8) uglerod(IV)oksid; 9) metafosfat kislota;
A) 2,4,6 B) 3,4,6 C) 4,6,8 D) 3,5,7 E) 5,7,9
23. Vodorod bromid quyidagi moddalarning qaysi birlari bilan reaksiyaga kirishganda qaytaruvchilik xossasini namoyon qiladi? 1.kaliy gidroksid; 2.fosfor(III)xlorid; 3.kons. sulfat kislota; 4.kaliy yodid; 5.magniy; 6.kaliy xlorat; A) 2,4 B) 2,5 C) 1,4 D) 3,6 E) 3,5
24. Quyidagi reaksiyada qaysi element oksidlovchi?
K2Cr2O7+HCl=Cl2+KCl+CrCl3+H2O A) K B) Cr C) O D) H E) Cl
Dostları ilə paylaş: |