Anesteziya — sezgining butunlay yo‘qolishi, analgeziya — og‘riq sezgisining yo‘qolishi, termanesteziya — harorat sezgisining yo‘qolishi, gipesteziya — sezgining pasayishi, giperesteziya — sezgining kuchayib ketishi, dizesteziya — sezgining buzilishi, masalan, taktil (ip va qil) ta’surotni og‘riq deb, sovuqni issiq deb his qilish, giperpatiya — bemor kuchsiz ta’sirlarni sezmaydi, lekin kuchli ta’sirlarga chidab bo‘lmaydigan og‘riq borligini aytadi, og‘riqni qayerda ekanligini ko‘rsatib bera olmaydi. Paresteziya — bunda bemorlar badanida har xil uvishish, vijirlash, chumoli yurgandek holat paydo bo‘ladi.
Yuzaki sezgini tekshirish. Bunga og‘riq va harorat sezuvchanligi kiradi. Bularni tekshirish uchun shifokor bemorning o‘ng tomonida turib, igna yordamida avval sog‘lom tomonidan keyin kasal tomonidan igna sanchib ko‘radi. Bunda sezgining bir xilligi, o‘tkir va o‘tmasligi chap va o‘ng tomondan tekshirib boriladi. Avval yuqori yuz qismdan boshlab, keyin qo‘l, tana va oyoqlar hamda old va orqa tomondan tekshiriladi. Bunda og‘riq bor yoki yo‘qligi aniqlanadi. Harorat sezuvchanligini tekshirishda ikkita shisha idish olinib, birinchisiga 40— 50°C issiq suv, ikkinchisiga 20—25°C li sovuq suv quyiladi. Bemorlarni tekshirishda avval issiq shisha idishni, keyin esa sovuq shisha idishni tananing ikki tomoniga ko‘zlar yumilgan holda, birin-ketin teriga tekkizilib, bemordan sovuq-issiqligi so‘rab boriladi.
Chuqur sezgini tekshirish. 1. Taktil sezgini tekshirish uchun qo‘g‘oz yoki paxta yordamida bemorning badaniga tekkiziladi. Bunda bemor shu tekkizilgan narsani sezishi kerak. 2. Mushak-bo‘g‘im sezgisini tekshirish uchun bemoming ikkala ko‘zi yumilgan holda qo‘l va oyoq bo‘g‘imlari istalgan tomonga bukiladi. Me’yordagi holatda bemor qaysi bo‘g‘im qaysi tomonga bukilganligini aytadi. Agar chuqur sezgi zararlangan bo‘lsa, bemor sezmaydi. 3. Vibratsiya sezgisi, buni tekshirishda kamerton suyaklar ustiga qo‘yiladi, bemor kamerton vibratsiyasini bir-ikki soniyada sezishi kerak. Agar suyak o‘tkazuvchanligi zararlansa, bu sezgini bemor sezmaydi.
Stereognoz — ko‘zni yumgan holda bemorga tanish buyumlar kalit, soat, tanga beriladi. Agar bemor bu narsalami bilsa, stereognoz deb ataladi. Bu miya po‘stlog‘ining sintez qilish faoliyati zararlanishi yoki teri va harakat sezgilarining yo‘qolishida kuzatiladi. 5. Teriga chizilgan shakllami sezish — bemor tanasiga o‘tmas buyumlar bilan har xil shakllar, raqamlar va harflar chiziladi. Me’yordagi holatda bemorlar chizilgan narsalarni aytadi, zararlanganda esa aytib bera olmaydi.
Buyuk rus olimi Sechenov aytganidek, miya faoliyatining asosiy narsasi bu harakatdir. Butun tirik jonivorlar, odamlar kechayu-kunduz harakat qiladi. Harakat ikki xil bo‘ladi: 1. Ixtiyoriy harakatlar, bu harakatlar odamning xohishiga bog‘liq harakatlar. 2. Ixtiyorsiz harakatlar — odamning xohishiga bog‘liq emas, bu harakatlarga chaqaloq- lardagi harakat kiradi.
Ixtiyoriy harakat markazlari bosh miya po‘stlog‘ining peshona qismi oldingi markaziy egatida joylashgan, joylashishi alohida-alohida va teskari. Har bir markazdan pastga qarab harakat neyronlari boshlanadi. Ular ichki kapsulagacha gulbog‘ni tashkil qiladi. Pastga tushadigan harakat yo‘llari birlashib, ichki kapsula orqa sonining oldingi 2/3 qismidan o‘tadi. Ichki kapsuladan o‘tgandan keyin miya oyoqchalari orqali miya ustuniga tushadi. Uzunchoq miya orqa miya chegarasida harakat yo‘llari kesishadi. 85—90% asab tolalari kesishadi. Kesishgandan keyin orqa miyaning yon ustuniga tushadi, keyin har bir segment sohasida oldingi shoxga kirib, harakat hujayralarida tugaydi. Bu harakat neyroni birinchi markaziy neyron yoki piramida yo ‘li (kortiko-spinal yo‘l) deyiladi. Kesishmay qolgan harakat tolalari orqa miyaning oldingi ustuniga tushadi. Orqa miyaning oldingi harakat hujayrlaridan kelgusi neyron boshlanib, tashqariga chiqadi va mushaklarda tugaydi. Bu ikkinchi periferik neyron — orqa miya mushak yo‘li (spinomuskullar yo‘li) deyiladi. Ikkinchi periferik asab qismlari.
Ildizlar (oldingi shoxda harakat ildizi, orqa shoxda sezgi ildizi).
Umurtqalararo tugunlar (bu faqat sezgiga tegishli).
3. Chigallar (aralash tolalardan iborat sezgi).
4. Periferik asablar (qo‘l, oyoq va tanadagi alohida nervlar). Har bir targ‘il ko‘ndalang mushak asab bilan ta’minlangan. Periferik asab quyidagi vazifalarni bajaradi:
1. Harakat.
Sezgi. 3. Trofik yoki oziqlantirish.
Zararlanganda. Agar ikkala neyron butunlay biror joyda zararlansa, unda harakat bo‘lmaydi. Bunda plegiya — umuman harakat yo‘q, parez
harakat butunlay yo‘qolmagan, ammo chegaralangan.
Parezlar yengil, o‘rta va chuqur parezlarga bo‘linadi. Parezlar joylashishiga qarab quyidagicha bo‘linadi: monoparez — bitta qo‘l yoki bitta oyoqda harakat chegaralangan; paraparez — ikkala qo‘l yoki ikkala oyoqda harakat chegaralangan; gemiparez — bir tomonda, o‘ng yoki chap tomonda harakat chegaralangan; tetraparez — ikki qo‘l va ikki oyoqda harakat chegaralangan. Parezlar xarakteriga qarab ikki xil bo‘ladi: a) markaziy parezlar — markaziy asab tizimi kasallanganda kuzatiladi; b) periferik parezlar — periferik asab tizimi kasallanganda kuzatiladi.
Agar bosh miya peshona qismi, oldingi markaziy egat yoki gulbog‘ zararlansa, bitta qo‘lda yoki bitta oyoqda monoplegiya faqat qarama- qarshi tomonda bo‘ladi. Agar ichki kapsula zararlansa, bir tomondan va undan pastdagi tuzilmalar miya ustunidan orqa miyagacha zarar- lansa, gemiplegiya faqat markaziy xilida hamma vaqt qarama-qarshi tomonda bo‘ladi.
Orqa miya zararlansa: 1. Yuqori bo‘yin qismida orqa miyaning butun ko‘ndalang qismi zararlansa, tetraplegiya markaziy xarakterda bo‘ladi. 2. Orqa miyaning bo‘yin qalinligi zararlansa, bunda ham tetraplegiya bo‘ladi. Bunda faqat qo‘llarda parez periferik xarakterga, oyoqlarda markaziy xarakterga ega bo‘ladi. Chunki qo‘llar uchun orqa miyaning oldingi shoxidagi harakat hujayralari zararlangan bo‘ladi, oyoqlar uchun esa markaziy neyron zararlangan. 3. Orqa miyaning ko‘krak qismi zararlanganda pastki paraplegiya oyoqlarda markaziy xarakterda, chunki oyoqlar uchun markaziy neyron zararlangan. 4. Orqa miyaning bel qismi butunlay zararlansa, bunda pastki paraplegiya oyoqlarda, falajlanish periferik xarakterga ega. Chunki orqa miyaning oldingi shoxidagi harakat hujayralari zararlangan. Shunday qilib, orqa miyaning butun ko‘ndalang qismi kasallanganda paraplegiya yoki tetraplegiya bo‘ladi.
Glazgo shkalasi ilk bor 1975- yilda Jennet va Bond tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, markaziy nerv sistemasi jarohatini boshidan kechirgan patsiyentlarning holatiga baho berish uchun qo‘llaniladi. Jarohatni boshidan kechirib tirik qolgan patsiyentlar salomatlik darajasiga qarab quyidagi to‘rt ko‘rinishga bo‘linadi:
Vegetativ ko‘rinish.
Mehnat qobiliyatini to‘liq yo‘qotganlar.
Mehnat qobiliyatini to‘liq yo‘qotmaganlar.
Salomatligi tiklangan.
Harakat sohasini tekshirish. 1. Faol harakatlarni tekshirishda bemor shifokor buyrug‘ini bajarishi kerak, barcha bo‘gimlardagi harakatlar to‘liq ko‘riladi. Bemor yurganda harakatlari kuzatiladi. Qo‘l yoki oyoqlarning shifokor buyrug‘i asosida yuqoriga, pastga va yon tomonga harakatlari tekshirib ko‘riladi. Bunda bemorda parez yoki paralichlar bor yoki yo‘qligi aniqlanadi. 2. Sust harakatni tekshirishda shifokor bemorning o‘ng tomonida turib, uning boshini, qo‘l va oyoqlardagi bo‘gimlar harakatini kuzatadi. Bo‘gimlardagi harakat to‘liq chegaralangan yoki chegaralanmaganligi aniqlanadi. Shu bilan birga mushak tonusi ham bir vaqtning o‘zida tekshirib boriladi. Mushaklar tonusi ko‘rilayotgan vaqtda bemor mushaklarni bo‘sh qo‘yishi kerak. Mushaklar tonusi piramid yoki ekstrapiramid xilida ekanligi, qaysi qo‘l yoki oyoqlarda bo‘lsa, shu mushaklar tonusi aniqlanadi. Bundan tashqari, gipotrofiya yoki atrofiya borligini «sm» lenta yordamida o‘ng va chap tomon o‘lchanadi. o‘ng tomon chap tomonga nisbatan 1,0—1,5 sm farq qiladi. Son, boldir, yelka va bilakning o‘rta qismi o‘lchanadi. Mushaklar kuchi bukuvchi va yozuvchi mushaklarda aniqlanadi. Bu 5 balli tizim bilan aniqlanadi. 5 ball — bunda qo‘l-oyoqlarda faol harakatlar chegaralanmagan, mushaklar kuchi pasaymagan; 4 ball — faol harakat chegaralangan, qo‘l-oyoqlar Barre holatda bir necha daqiqa ushlab turiladi. Parez bo‘lgan qo‘l yoki oyoq sekin pastga tushib ketadi, bu yengil parez deyiladi; 3 ball — mushaklar kuchi pasaygan, Barre holatida qisqa vaqt tura oladi, bemor qo‘l yoki oyoqni biroz ko‘tarishi mumkin. Bu o‘rta og‘irlikdagiparez deyiladi; 2 ball — mushaklar kuchi birdan pasaygan, bemor qo‘l yoki oyoqlarini ko‘tara olmaydi. Bemor oyoqlarini tizza bo‘gimidan buka olmaydi — bu chuqur parez deyiladi; 1 ball — ayrim mushaklarda qisqarish yoki uchish bo‘ladi, harakat butunlay yo‘qolgan, bu plegiya deb ataladi.
Yashirin parezlarni aniqlashda Barre usulidan foydalaniladi. 1. Yuqo- ridagi usul, bunda qo‘llar oldinga uzatilgan holda ushlab turiladi va ko‘zlar yumiladi. Agar parez bo‘lsa 1—2 daqiqa ichida parez bo‘lgan qo‘l pastga tushib ketadi. 2. Pastki usul — bemor chalqancha yotgan holda oyoqlarini 45° bukkan holda ushlab turadi. Agar parez bo‘lsa, oyoq tushib ketadi.
Markaziy parezlarda tizza qopqog‘i va oyoq panjasi o‘ynab qoladi, bu klonus deb ataladi. Klonus mushaklarning bir maromda qisqarishi natijasida paydo bo‘ladi
http://fayllar.org
Dostları ilə paylaş: |