1. Teri va limfa Sezish, Harakat funksiyalari va skelet tizimini baholash


Limfa tizimi funksiyasini baholash



Yüklə 29,04 Kb.
səhifə2/4
tarix17.08.2023
ölçüsü29,04 Kb.
#139711
1   2   3   4
Reja; Teri va limfa Sezish-fayllar.org

Limfa tizimi funksiyasini baholash
Odam organizmida arteriya va vena qon tomirlarining tarkibiy qismi bo‘lgan limfa sistemasi ham bor. Limfa sistemasi tuzilishi va vazifasiga ko‘ra vena sistemasiga yaqinroq turadi. Limfa sistemasi quyidagi qismlardan iborat:
  1. Hujayra va to‘qima oralig‘idan boshlanadigan boshi berk yoriq yo‘llar.


  2. Limfa kapillyarlari va limfa tomirlari.


  3. Limfa bezlari.


  4. Yirik limfa yo‘llari.


Limfa tomirlari gavdaning turli qismlarida joylashib limfa tugunlari (bezlari) orqali sezilib turadi. Limfa tugunlari yakka-yakka yoki to‘- da-to‘da bo‘lib joylashadi Limfa tugunlari moshdan no‘xatgacha kattalikda bo‘lib, ularning sirti fibroz parda bilan o‘ralgan, pardadan yo‘nalgan to‘siqlar bezni bo‘lakchalar (trabekulalar)ga ajratadi. Limfa tugunga kiradigan limfa tomirlar orqali kelib bez ichida tozalanadi. Limfa trabekulalar organizmga keraksiz narsalarni yoki mikroblarni ishlab (filtirlab) limfani tozalab beradi. Tozalangan limfa bezdan chiqadigan limfa tomirlari orqali oqadi. Ayrisimon va bodomcha bezlar limfa tizimining markaziy a‘zosi hisoblanib, bolalarda immunitet tizimi T- limfotsitlar o‘sishi uchun xizmat qiladi, Ammo jinsiy bezlar rivojlanishi bilan ayrisimon bez faoliyati balog‘at davrida susayib boradi.


Yirik limfa tomirlariga quyidagilar kiradi:
  1. Ko‘krak limfa tomirlari.


  2. Oyoqning limfa tomirlari.


  3. Chanoq sohasidagi limfa tomirlari.


  4. Qorin sohasidagi limfa tomirlari.


  5. Ko‘krak qafasidagi limfa tomirlari.


  6. Qo‘l limfa tomirlari.


  7. Bosh va bo‘yindagi limfa tomirlari.


Taloqning limfa to‘qimalari bodomcha bezlar ichakning yumshoq qoplami, pereferik limfoid a’zo hisoblanib, ular limfotsid ishlab chi- qaradi va immunitet tizimini nazorat qiladi. Ayniqsa bodomcha bezlar oziq-ovqat va havo tarkibidagi bakteriya va viruslarning organizmga kirishining oldini oladi.


Limfa tomirlari va limfa tugunlarining anatomik tuzilishini tushun- gan holda palpatsiya amalga oshiriladi. Limfa tugunlarini paypaslab ko‘rish nuqtalari ularning shakli va o‘lchami, og‘riqning mavjudligi, limfa tugunlari atrofida qizarish va achishishlar limfa tugunlar hara- katchangligi va ularning konsisitensiyasi elastikliligi aniqlanadi. Limfa tugunlarinig tez kattalashuvi o‘tkir yuqumli kasalliklarda kuzatiladi. Ularning surunkali kattalashuvi esa surunkali yuqumli kasalliklarda kuzatiladi. Shu jumladan limfa tugunlari qattiq va qo‘zg‘almas holatda kattalashuvi o‘sma kasalliklar metastazidan darak beradi.

Yüklə 29,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin