Тoshkent sh., Universitet kochasi, 2-а uy
https://www.tdau.uz e-mail: tuag-info@edu.uz Tel.: +99871 260 48 00
TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI
UMUMIY ZOOTEXNIYA VA VETERINARIYA KAFEDRASI
“HAYVONLAR ANATOMIYASI”
fanidan ma’ruza materiallari
10-MАVZU: Teri qoplamami-
dermatologiya.
• Reja:
• Teri qoplami tuzilishi.
• Teri hosilalari.
• Sut bezlari, yumshoq tovon.
• Barmoq uchi organi, shoxning tuzilishi
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: terining anatomik
tuzilishi, bajaradigan funksiyasi va joylashgan joyiga
ko‘ra xillari, ularning individual va tarixiy taraqqiyoti
haqida talabalarga chuqurroq bilim berish.
Tayanch iboralar:dermatologiya, epidermis, derma, gipodermis,
biriktiruvchi to‘qima, yog’ to’qimasi, bezlar, shox, tuyoq, yol,
muguz, teri hosilalari.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Dilmurodov N.B “Hayvonlar anatomiyasi” fanidan amaliy laboratoriya
mashg’ulotlari bo’yicha o’quv qo’llanma. Toshkent 2014 y
2.Yudichev Yu.F va boshqalar “Anatomiya domashnыx jivotnыx” Omsk. 2003 y
3. Victoria Aspinall, Melanie Cappello «Introduction to Veterinary anatomy
and Physiology» textbook Edinburgh London New York Oxford philadelphia st
louis sydney toronto 2015
Teri qoplami – ya’ni teri hayvonlar tanasini tashqi tomondan o’rab
turadigan, murakkab tuzilgan pardadir.Organizmni tashqi muhit
bilan bog’lanishda ham teri muhim rol’ o’ynaydi, chunki hayvon
organizmi tashqi muhit ta’sirlarini sezadi va unga tegishli javob
beradi.
Umurtqali hayvonlar terisi
murakkab tuzulgan bo’lib,
3 qatlamdan:
Ustki qatlam–
epidermis
Teri osti qatlami-
gipodermis
Asosiy qatlam-
derma
Har xil hayvonlarning terisi turlicha bo’ladi. Ba’zi
hayvonlar terisi juda qalin, qo’y va echkilar terisi
yupqa bo’ladi. Bitta hayvonning terisi ham har xil
joyda turlicha qalinlikda, masalan, bosh, elka,
bo’yin terisiga qaraganda qo’ltiq, chov terisi
ancha yupqa, umuman hayvon tanasining qaysi
qismi tashqi muhit bilan yaqindan bog’langan
bo’lsa. O’sha joyning terisi qalin bo’ladi.
Epidеrmis – epidermis - tеrining eng muhim va
murakaab qatlami bo’lib, tana hamda asosiy tеrini
tashqi muhitdan himoya qiladi, shu bilan birga bu
qatlamdan har xil tuzilgan muguzlashgan organlar
ham
kеlib
chiqadi.
Epidеrmis
qatlami
tеz
rivojlanishi bilan bir qatorda o’zidan shox modda
hosil qiluvchi kеratin ishlab chiqaradi. Epidеrmis
qatlami doimo nobud bo’lib, yana yangilanib
to’radi.
Dostları ilə paylaş: |