1. Termodinamikaning II- qonuni. Karno stikli. Termodinamikaning 2-qonuni


Termodinamika ikkinchi qonunining talqini



Yüklə 64,09 Kb.
səhifə3/4
tarix09.06.2023
ölçüsü64,09 Kb.
#127910
1   2   3   4
Termodinamikaning II- qonuni. Aylanma jarayonlar. Karni sikli

5.2. Termodinamika ikkinchi qonunining talqini


Termodinamikaning birinchi qonuni energiyaning saqlanish va aylanish jarayonini miqdoriy tomondan tavsiflaydi. Termodinamikaning ikkinchi qonuni bu jarayonlarning sifat tomonini tavsiflaydi.Termodinamikaning birinchi qonuni bironta jarayonning energetik belgisini tuzish uchun zarur bo’lgan barcha mahlumotlarni beradi, lekin u, bironta jarayonning sodir bo’lishi yoki bo’lmasligi haqida hech qanday maolumot bermaydi.
Termodinamikaning ikkincho qonuni ham, birinchi qonun kabi tajriba asosida taoriflanganligini taokidlab o’tish lozim.
Termodinamikaning ikkinchi qonunini umumiy ko’rinishda quyidagicha taoriflash mumkin:
O’z-o’zidan sodir bo’ladigan har qanday jarayon qaytmas jarayondir.Ikkinchi qonunning barcha boshqa tahriflari bu umumiy taorifning xususiy hollaridan iborat.
Har-xil olimlar termodinamikaning ikkinchi qonuniga turlicha taorif berganlar.
Shu taoriflar haqida qisqacha maolumot beraylik.

  1. Sodi Karno (1824 yilda) quyidagi taorifni berdi: “Termodinamik tizim ish bajara olishi uchun kamida turli temperaturali ikki manba zarur. Issiqlik dvigatellari F.I.K. 2>1 bo’la olmaydi”.

  2. R. Klauzius (1850 yilda) quyidagi taorifni taklif etdi: “Issiqlik ancha sovuq jismdan ancha issiq jismga o’z-o’zidan o’ta olmaydi”.

  3. V. Tomson (Lord Kelpvin) 1851 yilda quyidagi taorifni taklif etdi: “jonsiz material agent yoramida moddaning qandaydir massasidan uni atrofdagi predmetlardan eng sovug’ining temperaturasidan past temperaturaga sovitish yo’li bilan mexanikaviy ish olib bo’lmaydi”.

  4. M. Plank quyidagi taorifni taklif etdi: “Barcha ish bironta yukni ko’tarish va issiqlik manbaini sovitishdan iborat bo’lgan davriy ishlaydigan mashina qurib bo’lmaydi”.

  5. V.F. Osvolpd quyidagi taorifni taklif etdi: “Ikkinchi tur abadiy dvigatelpni, (faqatgina bitta issiqlik manbai hisobiga ishlaydigan) qurib bo’lmaydi”.

Shuni aytib o’tish lozimki, ikkinchi tur abadiy dvigatelining mavjud bo’lishi termodinamikaning birinchi qonuniga qarshi bo’lmaydi.
Haqiqatan ham bu dvigatelpda ish hech narsadan emas, balki issiqlik manbaining ichki energiyasi hisobiga bajarilgan bo’lur edi.
Issiqlik jarayonlarining o’ziga xos muhim xususiyatini taokidlab o’tish zarur. Mexanik ishni, elektrik ishni, magnit kuchlarining ishini va hokazolarini qoldiqsiz, batamom to’la issiqlikka aylantirish mumkin.
Issiqlikka kelsak, davriy takrorlanadigan jarayonda uning bir qismigina mexanik va boshqa turlardagi ishga aylanishi mumkin: uning boshqa qismi muqarrar ravishda sovuq manbaga berishi kerak.
Sadi Karno 1824 yilda bu mashinasining ishini o’rganib, faqat haroratlar farqi bo’lgandagina issiqlikdan mexanikaviy ish olish uchun foydalanish mumkinligini aniqladi.
Issiqlik energiyaning bir turi ekanligi to’risidagi tushuncha takomillasha borishi bilan issiqlik va mexanikaviy ish orasidagi boliqlikni ko’rsatuvchi termodinamikaning birinchi qonuni kashf etildi. Birinchi qonun jismning oniy holati haqida fikr yuritishga va bu holatni xarakterlovchi oniy parametrlami hisoblab topishga imkon beradi. Lekin ideal gazning holat tenglamasi pv=RT ni va termodinamika birinchi qonunini bilishning o’zi jarayonning borishi haqida va ishga aylantirilgan issiqlikning jarayonda ishtirok etayotgan barcha issiqlikka nisbati haqida fikr yuritishga imkon bermaydi.

Yüklə 64,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin