S. Ahmadning “Ufq” trilogiyasida davr va shaxs talqini Reja: “Ufq” trilogiyasining yaratilishi



Yüklə 30,66 Kb.
səhifə1/2
tarix27.01.2023
ölçüsü30,66 Kb.
#81142
  1   2
ufq1


S.Ahmadning “Ufq” trilogiyasida davr va shaxs talqini
Reja:
1. “Ufq” trilogiyasining yaratilishi.
2. “Qirq besh kun” romanida tarixiy muhit va uning badiiy talqini.
3. “Hijron kunlari” romanida front orti qishloq hayotining badiiy talqini. Adibning Ikromjon, Tursunboy, Jannat obrazlariga munosabati. Badiiy adabiyotda otalar va bolalar muammosining aks etishi.
4. Said Ahmad ijodida Ota obrazi talqini.
5. “Ufq bo‘sag‘asida” romanida urushdan keyingi davr xalq hayotining badiiy tasviri.
1. “Ufq” trilogiyasining yaratilishi.
“Ufq” trilogiyasi 1967 - 1974–yillarda yaratilgan. Bu asrda urushdan oldingi, urush va urushdan keyingi davir yaqqol, mahoratli tarzda yoratilganini asarga berilgan birgina ta’rif misolida isbotlasak bo‘ladi: “Bu kitobni kitobxon boshdan-oyoq shavq bilan, hech qayerda turtinmasdan, diqqati susaymasdan, ishtahasi boʻgʻilmasdan oʻqib chiqadi... Kitobda qimirlagan har bir jonning qaygʻusi, quvonchi, qilish-qilmishi, muhabbati, gʻazabi, oʻizdan chiqadigan har bir soʻzi rost...” Shuningdek ushbu asar “... odamga quvvat beradigan umid, uning boshini “toshdan” qiladigan ishonch barq urib turgan haqiqiy hayot manzarasidir”. (Abdulla Qahhor)
Biz yuqoridagi gapni ko‘p marotaba eshitganmiz, lekin hozir birgina jumla “rost” jumlasiga e’tibor qiling. O‘sha davrlarda yashagan yozuvchi tomonidan shunday deyilgan ekan demak bu asar yaratilishida asarning ichiga yo’lg’onlar qo’shilmagan.
Yana “Said Ahmad Oybekning psixologik tasvir mahoratini, G‘afur G‘ulomning yumorini, Abdulla Qahhorning teran va ixcham fikrlash san’atini o‘zida mujassam etgan adib” degan ta’rifning berilishi ham bejiz emas.
Asar yaratilish jarayonida shunday voqea ham yuz beradi: “Ufq”ning qoralamasini yozib tugatgan Said Ahmad asarni Abdulla Qahhorning yoniga olib boradi. Asar bilan tanishgan Abdulla Qahhor Said Ahmadga asarning bir joyini to‘g‘irlashni aytadi. Bu Ikromjon Tursunboyga o‘q uzgan joy edi(Said Ahmad ham dastlab Ikromjonni o‘z farzandi qotili sifatida tasvirlagan edi). Abdulla Qahhor otas farzandini o‘ldira olmasligi haqida Said Ahmadga tanbeh bergach, adib mana shu tasvirni o‘zgartiradi va mahoratli yozuvchiga bu o‘zgartirilish uchun bor-yo‘g‘i bitta gap yetarli bo‘lgan. U :“Xayriyat, o‘q tegmabdi” , degan gap edi.
“Ufq” trilogiyasining birinchi kitobi “Qirq besh kun” deb nomlanadi. Ikkinchi qism “Hijron kunlarida” deb nomlanib, bu romanda o‘zbek xalqining urush ortidagi zahmatlari, fidoyi mehnatlari tasvirlangan. “Ufq bo‘sag‘asida” nomli kitobning uchinchi qismida urushdan keyingi hayot, urush tugashi bilanoq, hayot o‘z iziga tushib ketmagani aks etadi.
2. “Qirq besh kun” romanida tarixiy muhit va uning badiiy talqini.
Kitobxon asarni o‘qish davomida Nizomjon va Dildor o‘rtasidagi muhabbatning A’zamjon tomonidan poymol qilinishi, xasis, ziqna Inoyat oqsoqol tabiatidagi yaramasliklar, Ikromjon qalbini tirnagan nomus tuyg‘usi bilan yaqindan tanisha boradi. Nizomjon insofli, diyonatli, mehnatsevar, nomusli o‘zbek yigiti. U tabiatidagi hech bir xislat bilan otasi Inoyat oqsoqol va akasi A’zamjonga o‘xshamaydi, ularning g‘irt aksi. Chap qo‘li to‘mtoq bo‘lgani uchun urushga olinmagan Nizomjonga o‘z sevgan qizining o‘z uyida yanga bo‘lib yurishi nihoyatda og‘ir botadi va uydan bosh olib chiqib ketadi. Zirillamaga kelgach, o‘z qalbiga tuyg‘udosh Ikromjonga o‘g‘il tutinadi. Endi savol tug‘iladi Ikromjon protatipi bormi? Ha bor. Protatipi emas protatiplari bor. Buni esa ststistik ma’lumotlardan ko‘rsa bo‘ladi. Urushdan qancha yigitlar qochgan va ularning otalarining qanchasi or-nomus, yurt oldidagi burchi-yu, otalik mehri, shavqati orasida qolib ketishga majbur bo‘lgan. Asardagi bu voqea yuzaki qaraganda bu urishdan qochgan o‘g‘il va uning oilasi sharmanda bo‘lgani-yu, qochoqlik yomon ekani haaida emas bu otalar haqida, otalarga bag’ishlangan desak ham mubolag‘a bo‘lmaydi.
3. “Hijron kunlari” romanida front orti qishloq hayotining badiiy talqini.
Bu romanning oʻqilishi, his qilinishi ogʻirroq kechadi. Chunki qahramonlar hayoti murakkab. Bu asarni o‘qir ekanmiz o‘sha davrda haqiqiy hayot tarzi qanday bo‘lganini bilamiz. Tarix kitoblarida urush davrlarini o‘qiganimizda, bizga urush davrida faqat urush bo‘lgan bundan boshqa tashvishlar yo‘qday, xuddiki, oddiy hayot to‘xtagandek va faqat urush qatnashchilariga qiyin bo‘lgandek tuyiladi. Asarni o‘qiganda esa urush bu boshqa muammolarni tugatib, faqat urush muammosini qoldirgan emasligini, oddiy hayotdagi m ashaqqatlarga urush qo‘shilgani va odamlarning o‘zi mustamlakachlikda, qaramlikda o‘tayatgan hayotlari yana ham qiyinlashganiga amin bo‘lamiz. Lekin shunda ham axoli og‘rinmaganiga guvoh bo‘lamiz.
Asardan mehnatsevarlikda doir shaxs sifatida Nizomjonni olishimiz mumkin. Uning bir qo‘li nogironligi sababli urushga olishmaydi, shuning uchun u yangi cho‘l qurulishiga ketadi. U yerda u Ikromjonni koʻradi shunda Ikromjon Nizomjonga sen yengilroq ishlarni qil deganida u men urushga bormadim do‘stlarim esa urushda, menga eng qiyin ishlarni bering men ularga munosib bo‘lay deydi. Bundan tashqari uning mehnatsevarligini butun asar davomida ham koʻrib borish mumkin.

Yüklə 30,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin