Mehnat xavfsizligi xizmatining asosiy vazifalari qurilish maydonida va unga bog’liq bo’lgan ish jarayonlarida sodir bo’ladigan jaroxatlanish va boshqa baxtsiz hodisalarni keltirib chiqaradigan sabablarni bartaraf qilish va tashkilot ma’muriyatining ishchi va xizmatchiga ish sharoitini yaxshilab berish ustidan nazorat qilib turish, fan va texnika yutuqlarini joriy qilish asosida mehnat xavfsizligi va himoya vositalarini mustaqil takomillashtirish, qurilishda mehnat mehnat madaniyatini oshirish baxtsiz hodisalarni oldini olishda qaratilgan tashkiliy, texnik, sanitariya tadbirlarini ishlab chiqish va joriy etishdan iborat.
Mehnat muhofazasining zamonaviy qurilishda, obyektlarida temir beton korxonalarida tutgan o’rni beqiyos. Hozirgi zamon qurilish tartibi xalq xo’jaligining en murakkab ishlab chiqarish jarayonlaridan biriga aylandi. Ishchilarning kasbiy malakasini oshirish ishning sifatiga va ularning xavfsizligiga bevosita bog’liqdir. Mehnat xavsizligini to’la va tez taminlangani uchun ishchi va xizmatchilarning mehnatga bo’lgan munosabatlarini tubdan o’zgartirishga majbur qila oladigan uslubiy tadbir lozim bunda ularning mehnati natijalariga moddiy ta’sir ko’rsata olsin mehnat xavsizligini boshqarish – bu mehnat jarayonida odamlarning saqlab qolishga qaratilgan bir qator texnikaviy, tashkiliy, tozalik va davolanish bo’yincha chora – tadbirlarni ishlab chiqish va amalda bajarilishini ta’minlash nazorat qilib borishdan iboratdir.
Zamonaviy qurilish obyektlarida mehnat xavsizligini boshqarishni tashkilot bo’yincha bosh muhandis, brigada bo’limlarida va qurilish maydonlarida esa muttasadi raxbar xodimlar amalga oshiradilar. Uslubiy va tashkiliy ishlarni bu borada xavfsizlik muhandisi olib boradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Асқаров Б.А. Қурилиш конструкциялари. Т., Ўзбекистон, 1995.
Асқаров Б.А. Новые легкие бетоны и конструкции на их основе.
Т., Фан, 1995.
Акрамов Ҳ.А. Қурилиш ашѐлари саноати корхоналарини лойиҳалаш. Т., Ўзбекистон, 2003.
Акрамов Ҳ.А. Нуритдинов Ҳ.Н. Бетон ва темир-бетон буюмлари ишлаб чиқариш технологияси. Дарслик. Т., Ўзбекистон файласуфлари миллий жамияти, 2011.
Акрамов Ҳ.А., Нуритдинов Ҳ.Н. Бетон ва темир-бетон буюмлари ишлаб чиқариш. Ўқув қўлланма, I ва IIқисм. Т., Ўзбекистон, 2007.
Баженов Ю.М., Комар А.Г. Технология бетонных и железобетонных изделий. М., Стройиздат, 1984.