1. Texnologik qism


Ishlab chiqarish usulini tanlash va asoslash



Yüklə 474,59 Kb.
səhifə3/9
tarix26.04.2023
ölçüsü474,59 Kb.
#102975
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Beton va temir beton. Kurs ishi Elomonov

1.2. Ishlab chiqarish usulini tanlash va asoslash


Yig’ma beton va temir-beton buyumlarini ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonlar qator mustaqil operasiyalardan tashkil topib alohida jarayonlarga birikadi. Operasiyalardan shartli ravishda: asosiy yordamchi va transportli turlarga bo’linadi.
Asosiy operasiyalar beton qorishmasining tayorlanishi va qorishmani tashkil qiluvchi materiallarni tayorlash: armatura mahsulotlari va tayor karkaslarning tayorlanishi mahsulotlarni armaturalash va qoliplash; qoliplangan mahsulotga issiqlik bilan ishlov berish; tayor mahsulotni qolipdan ko’chirish va qoliplarni keyingi siklga tayorlash bazi bir mahsulotlarning yuza qismini pardozlashdan iborat.
Asosiy texnologik operasiyalardan tashqari har bir bosqichda yordamchi opersiyalar ham bajarildi; suv va bug’larning siqilgan havo elektr energiyasining olinishi va uzatilishi xom ashyo va yarim tayor mahsulotlarning saqlanishi operasiyalar va tayor mahsulotlarning sifatini nazorat qilish va boshqa asosiy operasiyalarni bajarish uchun zarur etaplar olib boriladi.
Transport vositasi bilan bajariladigan operasiyalar bu materiallar yarim tayor mahsulotlar va tayor mahsulotlarni holat va qolipini o’zgartirmay ko’chirishdir. Bajariladigan operasiyalarga mos qo’llaniladigan asbobuskunalar bajaradigan vazifasiga qarab asosiy-texnologik yordamchi va transport deb ataladi. Asosiy va transport asboblarida ma’lum ketma-ketlikda bajarish uchun mo’ljallangan operasiyalar texnologik tizim deyiladi. Yig’ma temir beton ishlab chiqarishda eng taraqqiy etib rivojlanayotgan texnologik jarayonni tashkil etish uzluksiz ishlab chiqarish va tayorlanayotgan mahsulotning turiga qarab texnologik tizimni nihoyatda maxsuslashtirishdir. Uzluksiz ishlab chiqarishning asosiy qonun qoidasi o’rnatilgan asbob uskunalardan to’liq foidalanish mexanizasiya kompleksi ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirishni nazarda tutish kerak. Bu qoida har bir ish joyida bajariladigan operasiyalarning sikl davrini bir-biriga moslashgan holda bir maromda bajarilishini o’z bo’yniga oladi.
Bir maromda ishlash uchun ma’lum operatsiyani bajarishda o’rnatilgan vaqt miqdorini doimiy bo’lishiga va qt’iy vaqt intervali bilan siklga rioya qilish talab qilinadi. Sinxronlash texnologik tizimda operatsiyalarni birbiriga moslab alohida qismlarga bo’lishda har bir qismdagi operasiyalarning sikl muddati shu texnologik potokning har bir qismdagi sikl muddatiga teng bo’lishini ta’minlaydi. Sikl 2 yoki 3 marta katta bo’lgan oqimli qismlarda ishchi yoki moslama o’rni ham mos darajada oshirilishi kerak chunki boshqa tizimda qismlarda ishlab chiqarish imkoniyati pasaymasligi kerak va qabul qilingan maromda mahsulot olinishi kerak. Uzluksiz oqim mahsulotni qismdan qismga uzatilishida ishlab chiqarish maydonida unumliroq foidalanish imkonini beradi.
Temir-beton mahsulotlari ishlab chiqariladigan zavod tarkibiga quyidagi: sexlar, inshoot va binolar ,bog’lovchi to’ldiruvchi va po’lat armatura omborxonasi, beton qorish sexi, armature sexi, qoliplash sexxi beton qotishini tezlashtirish, pardozlash va mahsulotlarni yig’ish yordamch xizmat va ma’muriy maishiy binolar,sexlararo va sexlar ichidagi transportlar vodoprovod va kanalizasiya , issiq va energetic quvvatlar xo’jaligi nozimxona va aloqa tarmoqlari kiradi.
Turli zavod va kombinatlarning bajaradigan vazifalariga ko’ra bosh loyihasi o’zaro bir-biriga yaqin faqat korxona quvvatiga bog’liq o’lchov va o’rnatish echimlari va ishlab chiqariladigan konstruksiya nomi bilan farq qiladi. Qoliplovchi texnologik qatorlar beton qotishini tezlatuvchi bo’limlar bilan shuningdek armature tayorlovchi va armatyrali karkaslar qatorini bajaradigan jarayonlar bilan o’zaro bog’liqligini hisobga olib joylashtiriladi.
Ishlab chiqariladigan mahsulot samarasi asosan murakkab va ko’p mehnat talab qilinadigan asosiy texnologik operasiyalarning bajarilishi mahsulotni qoliplash va beton qotishini tezlatishga bog’liq. Bu operasiyalar maxsus mashina mexanizmlar va asbob uskunalar qo’llaniladigan texnologik tizimning mahsulot tayorlash usulini aniqlaydi. Yig’ma temir beton zavodlarida texnologik jarayonlarni tashkil etishda potok usuli qabul qilingan.
Uning mohiyati shundan iboratki butun jarayon ayrim operasiyalarga bo’linadi, ular maxsus uskunalar bilan jihozlangan alohida ish joylarida qat\iy ketma-ketlik bilan bajariladi. Har bir ish joyida qabul qilingan ishlov berish usuli asbob uskuna va tashkiliy tizim bir yoki bir necha o’zaro yaqin texnologik operasiyalar bajariladi. Operasiyalarni har bir ish joyida to’liq sinxronlash jarayonini yanada detallar bo’yicha boshqa operasiyalarga bo’lish bilan erishiladi.
Yig’ma temir - beton ishlab ciqarishda ishlab chiqarishni tashkil qilishning ikki usuli keng tarqalgan: ko’chma va ko’chmas qoliplarda ular bir biridan qolip, mahsulot, mashina va ishchilarni ko’chish shartlari bilan farq qiladi.
Mahsulotlarni ko’chma qoliplarda tayorlashda texnologik jarayon 3 asosiy usul bilan tashkil qiluinadi: agregat potok va yarim konveyr hamda davriy va to’xtovsiz harakatlanadigan konveyr usullarida.Bu usullarda bir yoki bir necha bir biriga bog’liq operatsiyalar bajarish uchun postlarga biriktiriladi. Texnologik jarayonni ko’chmas qoliplarda tashkil etish stend va kasseta usullari bilan bajariladi.
Linyalarning turi va soni buyumning nomi va korxonaning ishlab chiqarish quvvatiga ko’ra tanlanadi . texnologik linya va uskunalarni tanlash buyum konstruksiyasi va texnologik ko’rsatkichlarning qoliplash va qotish vaqtidagi muvofiqligiga ko’ra tanlanadi.
Ko’p temir-beton buyumlari uchun quyidagi parametrlar olinadi:
betonning turi va markasi, buyumning shakli, kesmasining o’ziga xosligi geometric o’lchami va undan og’ish chegarasi armaturaning turi, armaturaning joylashish tig’izligi buyumning og’irligi va yuzasining tekislik darajasi. Shu ko’rsatkichlar bo’yicha texnologik linyaning yillik ishlab chiqarish quvvatiga ko’ra buyumlar tayorlanadi.
Bir guruhga birlashrtirish jarayoni bir-biriga yaqin buyumlarniong asosiy texnologiyasini tanlashdan boshlanadi va bunday buyumlarga ehtiyoj doimiy bo’lishi nazarda tutiladi. Guruhlar soni texnologik linyalarning soniga teng bo’lishi kerak. Shundan so’ng asosiy buyumlar gurihiga ular xususiyatiga ko’ra yaqin bo’lgan buyumlar tanlanadi va bunda ularnin g ishlab chiqarish hajmi asosiy buyumlar bilan noting ishlash koiffisentiga ko’paytirilganda eng yuqori bo’lishi kerak.
Betonning turi va markasi, buyumning shakli, kesmasining o‘ziga xosligi, geometrik o‘lchami va undan og‘ish chegarasi, armaturaning turi, armaturaning joylashish tig‘izligi, buyumning og‘irligi va yuzasining tekislik darajasi. SHu ko‘rsatkichlar bo‘yicha texnologik liniyaning yillik ishlab chiqarish quvvatiga ko‘ra buyumlar tayyorlanadi.
Bir guruhga birlashtirish jarayoni bir-biriga yaqin buyumlarning asosiy texnologiyasini tanlashdan boshlanadi va bunday buyumlarga ehtiyoj doimiy bo‘lishi nazarda tutiladi.

Yüklə 474,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin