1. Texnologik qismi


Ishlab chiqarish korxonalarida havo almashtirish



Yüklə 339,3 Kb.
səhifə17/21
tarix20.11.2023
ölçüsü339,3 Kb.
#164437
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Asat lotin (2)

Ishlab chiqarish korxonalarida havo almashtirish
Umumiy havo almashtirish. Ishlab chiqarish korxonalari ishlab chiqarish binolarida ajralib chiqayotgan har xil zararli moddalarni shamol yo’naltirish vositasi bilan birgalikda chiqarib yuborishning imkoniyati bo’lmasa, yoki ajralib chiqayotgan moddalar texnologik jarayonning hamma uchastkalaridan ajralib chiqayotgan bo’lsa, unda yakka tartibdagi shamollatish vositalarini qo’llash imkoniyati yo’qoladi.
Tabiiy havo almashtirish tashqaridan bino ichiga kirgan sovuq havo bino ichidagi issiqlik hisobiga issiqlik qabul qilib, isigandan keyin hajmi kengayganligi sababli yengillashib binoning yuqori tomonlariga qarab harakatlanadi va agar biz binoning yuqori qismida havoning chiqib ketishi uchun truba yoki tirqishlar hosil qilsak unda biz havoni tashqariga chikarib yuborish imkoniyatiga ega bo’lamiz. Biz jarayon har qanday sanoat korxonasi binosida, shuningdek har qanday binoda, ayniqsa, sovuq faslda uzluksiz davom etadi va bu hodisani aerasiya deb yuritiladi.
Mahalliy shamollatish sistemalari zararli moddalarning ajralib chiqayotgan joylarning o’zida ishlab chiqarish zonasidagi havogi aralashib ulgurmasdan ushlab qolish va chiqarib yuborishni ta’minlashi zarur.
Ishlab chiqarish korxonalarini yoritish usullari manbalariga nisbatan ishlab chiqarish korxonalarini yoritish ikki usulda:
1) tabiiy kuyosh yorug’ligi yordamida yoritish (bunda quyosh tarqatayotgan nurdan to’g’ridan-to’g’ri foydalaniladi yoki quyosh nurining ta’sirida yorug’lik tarqatayotgan osmonning diffuziya yorug’ligidan foydalaniladi);
2) kuyosh yordamida yoritishning iloji bo’lmagan ishlab chiqarish korxonalari xonalarini va quyosh botgandan keyin umuman ishlab chiqarish korxonalarini elektr nurlari yordamida sun’iy yoritish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Avariya yoritilishlari shuningdek 50 kishidan ortiq ishchi ishlaydigan sanoat korxonalarining evakuasiya yo’llari, o’tish joylari, zinapoyalar va boshqa chiqish joylariga o’rnatiladi. Bunda yoritilish sanoat korxonalari pollarini, zinalarini va o’tish joylarini kamida 0,5 lk va xududlarini kamida 0,2 lk dan kam bo’lmagan yorug’lik bilan yoritlishi kerak. 100 kishidan ortiq ishchi ishlaydigan ishlab chiqarish korxonalarining chiqish joylari yorug’lik signallari (ko’rsatkich signallar) bilan ta’minlanishi kerak.
Maxsus yoritilish turlariga qo’riqlash maqsadidagi va navbatchi yoritilishlarni kiritish mumkin. Bunday yoritilishlar uchun umumiy yoritish vositalarining bir qismidan yoki avariya yoritgichlaridan foydalanish mumkin.

Yüklə 339,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin