1. Texnologik qismi


Qalaylash va oqartirish uchastkalari



Yüklə 339,3 Kb.
səhifə20/21
tarix20.11.2023
ölçüsü339,3 Kb.
#164437
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Asat lotin (2)

Qalaylash va oqartirish uchastkalari. Qalaylash va oqartirish uchastkalarida ventillasion havoga zaharli gazlar ( uglerod oksidi, vodorod, ftorid, aeromoddalar (qurg’oshin va uning birikmalari ) va shunga o’xshashlar ajraladi POS - 40 va POS - 61, kavsharlar, bilan qalay qo’rg’oshinli oqartirish va qalaylashda qo’rg’oshinli aerozolining (zarrachalari o’lchami 0,7- 7 mkm ) solishtirma ajralishi quyidagini tashkil etadi:
Quvvati 20-60 Vt elekr kavsharlagichlar bilan qalaylash 0,02- 0,04 mg/100 kavshar.
Kavsharga botirish bilin oqartirish ( vanna sirtiga qoplash ) 300-500 mg(m2 soat).
b - kesilayotgan metall listning qalinligi, mm Mn, Cr, - po’lat tarkibidagi marganes va xromning miqdori % .
To’lyuti bilin oqartirish va tozalashda ( to’lqin kirishga qoplash ) 3000-5000 mgm ( m2 soat) .
1 kg politelinni 800- 900 °S haroratda kuydirganda ajraladigan uglerod oksidining massasi quydagicha mg diniplast -240; kerosin -180; poligmasi-100; ftorplast-100; Ftorplastli izolyasiyani kuydirganda 1 g izolyasiyaning 3 mg vodorod ftoridi ajratiladi.
6. IQTISODIYoT QISMI

Jamiyat uchun zarur bo’lgan moddiy boyliklardan tashqari milliy daromadning ham asosiy qismi aynan korxonalarda ishlab chiqarilishi sababli korxonalar iqtisodiyotining holati butun xalq xo’jaligiga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir ko’rsatadi, deb hisoblanadi. Korxona qaysi tarmoqqa mansubligi va mulk shaklidan qat’i nazar qanchalik yaxshi va samarali ishlasa, iqtisodiyot ko’rsatkichlari hamda aholining turmush tarzi shunchalik yuqori bo’ladi.


Korxona – ijtimoiy ishlab chiqarishning bosh bo’g’ini bo’lib, unda ilmiy iqtisodiyotning asosiy iqtisodiy masalalari hal etiladi.
Mahsulotlar yaratish va xizmatlar ko’rsatish muayyan texnologik jarayonlar, mehnat qurollari materiallari, odamlarning bilimi va ko’nikmalari ijtimoiy mehnat taqsimoti va kooperasiyalashga asoslangan holda mustaqil amalga oshiriladigan tizimga aytiladi.
Korxona ish o’rinlarini beradi ish haqi to’laydi soliqlar to’lash yo’li bilan davlat va ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishda qatnashadi.
Aynan korxonada mahsulot ishlab chiqarish jarayonlari va ishchini ishlab chiqarish vositalari bilan o’zaro aloqasi amalga oshiriladi.
Korxona o’z faoliyatini o’zi boshqaradi, ishlab chiqarilgan mahsulotni olingan sof foydani soliq va boshqa to’lovlarni to’lagandan so’ng qolgan qismini tasarruf etadi.
Korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi va assortimenti, xilma-xilligi, xom ashyo yetkazib beruvchilar va haridorlar narxlarni shakllantirish, resurslardan tejamli foydalanish, kadrlarni qo’llash, yuqori unumli texnika va texnologiyadan foydalanish masalalari hal etiladi.
Xo’jalik faoliyatining joriy va istiqboldagi vazifalarini bajarish korxonalardan quyidagi funksiyalarni amalga oshirishni talab qiladi:
- ishlab chiqarish va shaxsiy iste’mol uchun mahsulotlarni tayyorlash;
- mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazib berish va sotish;
- sotuvdan keyin xizmat ko’rsatish;
- ishlab chiqarishning moddiy-texnika asosini ta’minlash;
- xodimlar mehnatini tashkil qilish va boshqarish;
- soliqlarni to’lash, byudjetga to’lanuvchi ixtiyoriy yoki majburiy badal vato’lovlarni amalga oshirish;
- amaldagi standartlar, normativlar va davlat tomonidan chiqarilgan qonun-qoidalarga rioya qilish.
Bu funksiyalar korxonalarning hajmi, qaysi tarmoqqa mansubligi, ijtimoiy infratuzilmaning mavjudligi, mahalliy hokimiyat idoralaribilan munosabatlarga asoslanib aniqlashtiriladi. Bugungi bozor iqtisodiyoti va fan-texnika taraqqiyoti korxonalarning amalga oshiruvchi funksiyalarini kengaytirishi hamda ularning faoliyatidagi ishlab chiqarish ko’rsatkichlarini yanada yaxshilash uchun yangi vazifalar belgilab berishi mumkin.
Iqtisodiyotning rivojlanishiga kerakli bilim va ko’nikmalarni, mablag’va kuchlarni kiritmasdan turib korxona ham, jamiyat ham rivojlangan iqtisodiyotni hamda moddiy ne’matlarning to’kinligi va turmush tarzining yuqoriligini talab qila olmaydi. Xozirgi kunda bozor iqtisodiyoti ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va korxonalarning mustaqil faoliyat ko’rsatishlariga keng imkoniyatlar ochib berish bilan birga kadrlarga, ularning bilimlari, ko’nikmalari va malakalariga katta talablar qo’ymoqda.
Bir tomondan fan-texnika taraqqiyoti, ikkinchi tomondan esa bozormunosabatlari va raqobatchilikning rivojlanib borish sharoitlarida mehnat bozorida faqatgina zamonaviy korxonalar iqtisodiyotini yaxshi biluvchi, uning balansini to’g’ri tushunuvchi, biznes-reja ishlab chiqarishga qodir, investision va boshqa xo’jalik faoliyati bilin bog’liq bo’lgan qarorlarni qabul qilishni to’g’ri amalga oshiruvchi mutaxassislar muvaffaqiyatga erishishi mumkin.
Fan-texnika taraqqiyoti, malakali kadrlar, xo’jalik mexanizmi va undan oqilona foydalanish, izlanish, tadbirkorlik, tashabbuskorlik, rag’batlantirish bularning barchasi iqtisodiyotda ijobiy siljishlarga erishish uchun xizmat qiladi
Ishlab chiqarish jarayonida uning muhim elementlari - ishlab chiqarish vositalari va ish kuchi o’rtasida o’zaro aloqalar sodir bo’ladi. Ishlab chiqarish vositalari o’zining ish jarayonida bajaradigan roliga qarab, mehnat vositalari va mehnat buyumlariga bo’linadi.
Mehnat vositalari - inson mehnat buyumlariga ta’sir qiladigan va ularni o’zgartiradigan moddiy vositalar majmui. Ishlab chiqarish jarayonida inson moddiy boylik yaratish maqsadida ta’sir qiladigan barcha narsalar mehnat buyumlaridir.
Mehnat vositalari - asosiy fondlarni, mehnat buyumlari esa aylanma fondlarni tashkil etadi.
Sanoatning asosiy fondlari mehnat vositalari bo’lib, ular ishlab chiqarish jarayonida ko’p marta qatnashadi va sekin-asta yemirilgan sayin o’z qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulotga o’tkazib boradi hamda o’z natural shaklini saqlab qoladi. Xizmat muddati bir yildan kam bo’lgan mehnat vositalari asosiy fondlarga kiritilmaydi. Aylanma ishlab chiqarish fondlari bir ishlab chiqarish jarayonida o’z qiymatini tayyor mahsulotga to’la-to’kis o’tkazadi hamda o’zining moddiy shaklini batamom o’zgartiradi.
Sanoat korxonalarida turli mehnat vositalaridan foydalaniladi. Ular yordamida mehnat buyumiga ta’sir qilinadi va mehnat buyumlari inson talablarini qondiradigan holga keltiriladi.
Ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashadigan yoki uning amalga oshishi uchun yaxshi sharoit yaratib beruvchi mehnat vositalariga ishlab chiqarish asosiy fondlari deyiladi. Ishlab chiqarishda qatnashmaydigan mehnat vositalariga noishlab chiqarish asosiy fondlari deyiladi. Ularga turar joy-binolari, klublar, bolalar bog’chalari, maktabgacha muassasalar, maktablar, sog’liqni saqlash obyektlari va boshqalar kiradi.
Sanoat korxonalariga qarashli ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlari shu korxonalarning asosiy fondlarini hosil qiladi. Hozirgi vaqtda respublikamizning xalq xo’jaligida ishlab turgan asosiy fondlarni 100% deb qarasak, shundan ishlab chiqarish fondlarining ulushi 68 % ni va noishlab chiqarish fondlarining ulushi esa 32% ni tashkil qiladi.
Sanoatda noishlab chiqarish asosiy fondlarinng korxonalar asosiy fondlari summasidagi salmog’i ham ancha katta. Noishlab chiqarish fondlarining muttasil o’sib borishi - jamiyatning moddiy va madaniy turmush darajasi oshishining eng muhim ko’rsatkichlaridan biridir.
Ishlab chiqarish asosiy fondlarining yangilanish va takomillashuviga sanoat korxonalarini kurish, rekonstruksiya qilish va kengaytirishda yangi asosiy fondlarni yanada yuqoriroq texnik darajada yaratish yo’li bilan, shuningdek ishlab turgan korxonalarning sanoat uskunalarini modernizasiyalash, yemirilgan hamda ma’naviy eskirgan ishlab chiqarish fondlarini yangilash asosida erishiladi.
Korxonalar faoliyat yuritish jarayonida moddiy va pul xarajatlarini sarflaydilar. Korxonaning umumiy xarajatlari ichida ishlab chiqarish xarajatlari eng katta salmoqqa ega. Ishlab chiqarish xarajatlari majmuasi korxonaga mahsulot ishlab chiqarish qanchaga tushishini ko’rsatadi, ya’ni mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini tashkil qiladi.
Korxonalar, shuningdek, mahsulotni sotish bo’yicha xarajatlarni, ya’ni ishlab chiqarishdan tashqari yoki tijorat (tashish, qadoqlash, saqlash, reklama qilish va hokazo) xarajatlarini amalga oshiradilar.
Mahsulot (ish, xizmat) tannarxini tashkil qiluvchi xarajatlariqtisodiy mazmuniga ko’ra, quyidagi elementlarga asosan guruhlarga taqsimlanadi:
*moddiy xarajatlar;
*asosiy fondlar amortizasiyasi;
*mehnatga haq to’lash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar;
*ijtimoiy ehtiyojlarga mo’ljallangan xarajatlar;
*boshqa xarajatlar.
Moddiy xarajatlar ishlab chiqarish xarajatlarining eng katta qismi bo’lib, umumiy xarajatlarning 60 - 80 foizini tashkil qilishi mumkin.
Moddiy xarajatlar o’z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:
*xom ashyo va materiallar xarajatlari;
*texnologik maqsadlar va xo’jalik ehtiyojlari uchun sarflanuvchi yoqilg’i va energiya;
*xarid qilinuvchi butlovchi qismlar va yarim tayyor mahsulotlar;
*sotib olingan qadoqlash va o’rov materiallari xarajatlari;
*mashina va asbob-uskunalarni ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar;
*boshqa korxona va tashkilotlar tomonidan ko’rsatiladigan ishlab chiqarish xizmatlari;
*xizmat davri bir yilgacha bo’lgan kichik qiymatli va tez eskiruvchi predmetlarning eskirishi yoki har bir instrument, inventar, laborotoriya uskunalari va maxsus kiyim-bosh uchun eng kam oylik ish haqining 50 baravar miqdorigacha qiymati;
*tabiiy xom ashyodan foydalanish bilan bog’liq soliq, yig’im va boshqato’lovlar;
*ishlab chiqarishda bekor turib qolish va sifatsizlik (brak) tufayli yuzaga keladigan yo’qotishlar;
*tabiiy yo’qotishlar bilan bog’liq bo’lgan yoki aybdor shaxslar mavjud bo’lmagan holda yuzaga keladigan yo’qotishlar.
Amortizasiya ajratmalari miqdoriga teng bo’lgan asosiy ishlab chiqarish fondlarining eskirishi xarajatlarning yirik elementlaridan biri hisoblanadi. Bular qatoriga asosiy fondlarning tezlashgan amortizasiyasi vauning indeksasiyasini kiritish mumkin.
Mehnatga haq to’lash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar korxonaning asosiy ishlab chiqarish personali mehnatiga haq to’lashga sarflanadigan xarajatlar bo’lib, ishlab chiqarishdagi yuqori natijalar uchun mukofotlar, rag’batlantiruvchi va kompensasiya to’lovlari, jumladan, qonunchilikda belgilangan normativlar chegarasida narxlarning o’sishi va indeksasiya uchun to’lovlar, shuningdek, korxona xodimlari shtatida bo’lmagan, lekin asosiy ishlab chiqarishda band bo’lgan ishchilar uchun to’lanuvchi haqni o’z ichiga oladi.
Mazkur xarajatlar elementlari qatoriga quyidagilar kiritilgan:
*amalda bajarilgan ish uchun tarif stavkalari, lavozim maoshlari va shukabilar asosida to’lanuvchi ish haqi;
*xodimlarga natural to’lov shaklida beriluvchi mahsulotlar qiymati;
*ishlab chiqarishdagi yuqori natijalar uchun beriluvchi mukofot va boshqa to’lovlar;
*qonunchilikka asosan ba’zi tarmoqlardagi xodimlarga bepul beriluvchi kiyim-kechak, oziq-ovqat, uy-joy, kommunal xizmat va hokazolar qiymati;
*har yillik mehnat va o’quv ta’tili uchun amalga oshiriluvchi to’lovlar;
*korxonani qayta tashkil qilish, shtatlar qisqarishi tufayli ishdan bo’shatilgan xodimlarga to’lanuvchi mablag’lar.
Ijtimoiy ehtiyojlar uchun xarajatlar nobyudjet ijtimoiy fondlariga (nafaqa fondi, ijtimoiy sug’urta fondi, bandlik fondi va hokazo) ajratiluvchi mablag’larni anglatadi.
Mahsulot (ish, xizmat) tannarxidagi boshqa xarajatlar - bu, qonunchilikda belgilangan tartibda maxsus nobyudjet fondlariga o’tkaziluvchito’lovlar va soliqlar; yo’l qo’yish mumkin bo’lgan miqdordagi chiqindilar uchun to’lovlar; korxona mulkini majburiy sug’urtalash; rasionalizatorlik takliflari uchun mukofotlar; qonunchilikda belgilangan stavkalarda kreditlar bo’yicha to’lovlar; mahsulotni sertifikatlash uchun bajarilgan ishlarga haq to’lash; qonunchilikda belgilangan normalar bo’yicha xizmat safarlariga haq to’lash; yong’inga qarshi kurash va qo’riqlash muassasalariga haq to’lash; kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish, xodimlar tanlashni tashkil qilish, aloqa xizmati, hisoblash markazlari, banklar xizmatiga haq to’lash; asosiy ishlab chiqarish fondlarini ijaraga olganlik uchun haq to’lash; nomoddiy aktivlarning eskirishi va hokazolar.
Ishlab chiqarish xarajatlariga, asosiy ishlab chiqarish fondlarini ishgatayyor holatda saqlab turish - kapital, o’rta va joriy ta’mirlash, mashina va asbob-uskunalarga qarash va ekspluatasiya qilish uchun sarflanuvchi barcha xarajatlar kiradi. Asosiy ishlab chiqarish fondlarini ta’mirlash bo’yicha murakkab ishlar amalga oshirilib, xarajatlar bir xilda taqsimlanmaganda korxonalar (Moliya Vazirligi ruxsati bilan) mahsulot tannarxi hisobiga asosiy fondlarni ta’mirlash uchun zahira (rezerv) fondlari tashkil qilishi mumkin.
Xorijiy valyutadagi xarajatlar Markaziy bankning operasiyalar amalga oshirilgan kundagi kursiga asosan so’mlarda belgilanadi. Mahsulot ishlab chiqarish va sotishga qilinadigan xarajatlarni o’sishiga, xom ashyo, materiallar, yoqilg’i, energiya, asbob-uskunalar narxining o’sishi, transport xizmati tariflarining yuqoriligi, reklama va vakillik xarajatlarining o’sishi kabilar ta’sir qiladi. Amortizasiya ajratmalari miqdori ham o’sib bormoqda. Narxlar erkinligi va ijtimoiy ziddiyatlar kuchaygan sharoitlarda xarajatlar tuzilmasida ish haqining salmog’ini oshirish katta ahamiyat kasb etadi. Shu bilan bir vaqtning o’zida ijtimoiy va tibbiy sug’urtalash, nafaqa ta’minoti, aholi bandlik fondlari, turli xil kompensasion to’lovlarga ajratiluvchi mablag’lar miqdori ham ortib bormoqda.

Yüklə 339,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin