1. Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari haqida tushuncha va
1.Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari haqida tushuncha va ularning tarkibiy tuzilmalari Daromad olish maqsadida resurslarni aktivlarga joylashtirish bilan bog’liq bo’lgan operatsiyalar tijorat banklarining aktiv operatsiyalari deyiladi. Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari – bu, birinchi navbatda, ularning kredit operatsiyalari, investitsiya operatsiyalari, tijorat bankining mol-mulkini shakllantirish bilan bog’liq operatsiyalar, kassa-hisob operatsiyalari v.b. Shuningdek, tijorat banklari aktiv operatsiyalari qatoriga vositachilik bilan bog’liq faktoring, lizing, forfeyting operatsiyalarini ham kiritish mumkin.
Tijorat banklari o’zining joriy faoliyatini amalga oshirish, muddati kelgan, jalb qilingan jamg’arma mablag’larini qaytarib berish, turli operatsion xarajatlarni, jumladan, xodimlarga ish haqi va boshqa material hamda xizmatlarga to’lovlarni amalga oshirish uchun kassasida yetarli miqdorda pul mablag’iga ega bo’lishi lozim. Xorijiy davlatlar banklarida naqd puldagi kassa aktivlarining hajmi bizning banklardagiga qaraganda kam miqdorni egallaydi.
Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari o’z shakli, ahamiyati va yo’nalishi, iqtisodiy mohiyati, likvidligi, risk va daromad darajasiga qarab turlicha o’rin va ahamiyatga ega.
Tijorat banklari aktivlari bilan bog’liq bo’lgan risklar ichida kredit operatsiyalar bo’yicha risklar asosiy o’rinni egallaydi. Kredit operatsiyalari tijorat banklarining yuqori riskli operatsiyalaridan hisoblansada, bankka yuqori foyda olishini ta‘minlaydi. Bu aktiv operatsiyalar bilan bog’liq bo’lib, bu risklarga berilgan kreditlar hamda to’lov muddati kechiktirilgan ssudalar bo’yicha risklar kiradi.
Kredit riski nafaqat kredit obyektiga, balki kredit subyektiga yangicha yondashishi orqali ham o’sib boradi.
Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari:
Kredit operatsiyalari;
Investitsiya operatsiyalari;
Kassa operatsiyalari;
Bank mol-mulki bilan bog’liq operatsiyalar;
Vositachilik operatsiyalari;
Bu risk mijozning moliyaviy ahvoli og’irlashganda, ularning faoliyatida ko’zda tutilmagan qiyinchilik va muammolar yuzaga kelganda, bozorda noqulay sharoit yuzaga kelgani sababli paydo bo’lishi mumkin.
Xuddi shuning uchun ham, har bir tijorat banki o’z aktivlarini joylashtirishni va uni boshqarish usullarini o’zi ishlab chiqishi zarur. Ma‘lumki, tijorat banklari aktivlarining qiymati va ulardan olinadigan foyda o’zgarib turishi mumkin. Aktivlar bilan bog’liq risklar aktivlar bahosining va ular orqali olinadigan foyda miqdorining kamayishi aktivlar bo’yicha risklar salmog’ining oshishiga olib keladi.
Bu masalani aktivlarni to’g’ri diversifikatsiya qilish yo’li bilan hal qilish mumkin. Chunki ba‘zi bir aktivlar bo’yicha ular qiymatining pasayishi boshqa aktivlar qiymatining o’sishi bilan qoplanishi va natijada bank aktivlarining umumiy qiymatlarini saqlab qolishi imkoniyatiga ega bo’lishi mumkin.
Bank aktivlarining qiymatini va ulardan keladigan daromadlarni to’g’ri hisob-kitob qilib rejalashtirish bank faoliyatining samaradorligiga olib kelishi, aktivlar qiymatini noto’g’ri hisoblash, ularni joylashtirish bankning moliyaviy ahvolida qiyinchiliklar tug’dirishi mumkin.
Forfeyting operatsiyalari ssuda operatsiyalarining bir turi bo’lib, veksellar va boshqa moliyaviy hujjatlarni sotib olishni ko’zda tutadi. Forfeyting ko’proq eksportni kreditlashda qo’llanilib, tashqi savdo operatsiyalari bo’yicha kelajak davrda to’lanishi lozim majburiyat va qarz talabnomalarini sotib olishda ishlatiladi.
Faktoring operatsiyada bank yoki maxsus kompaniyalar tomonidan o’z mijozi bo’lgan mol yetkazib beruvchining mol sotib oluvchiga bo’lgan, yetkazib berilgan tovarlar yoki ko’rsatilgan xizmatlar bo’yicha talabini ma‘lum haq evaziga sotib olinishi tushuniladi. Tijorat bankiga yuqori daromad keltiruvchi aktiv operatsiya turi – bu investitsiya operatsiyalari bo’lib, bank yuqori daromad olish maqsadida o’z va jalb qilgan mablag’larining ma‘lum qismini uzoq muddatlarga qimmatli qog’ozlarga, investitsiyalarga yo’naltiradi. Bunda mablag’larni:
to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalash;
portfel investitsiyalash, ya‘ni bir necha emitentning qimmatli
qog’ozlari yagona paket sifatida boshqariladi;
lizing operatsiyalari;
bank faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan bino-inshootlar,
nomoddiy aktivlarga qo’yilmalar.1 Tijorat banklari aktiv operatsiyalarining xususiyatli tomonlari shundaki, u bankning passiv operatsiyalariga nisbatan ikkilamchidir. Chunki aktiv operatsiyalarni amalga oshirish, ularning muddati, miqdori passiv operatsiyalar yordamida jalb qilingan resurslar miqdori va muddatiga uzviy bog’liq. Tijorat banklarining resurslarni joylashtirish bilan bog’liq operatsiyalarning aktiv operatsiyalar deyilishini quyidagi jihatlar bilan asoslash mumkin:
Birinchidan, tijorat banklarni jalb qilgan resurslarini mijozlar nomidan emas, balki bank nomi joylashtiradi, ya‘ni bank mazkur mablag’ning egasi sifatida maydonga chiqadi.
Ikkinchidan, agar passiv operatsiyalarda bank mijozga resurs uchun foiz to’lovi to’lagan bo’lsa, aktiv operatsiyalarda banklar bu resurslar uchun foiz to’lovini olish imkoniga ega bo’lishadi;
Uchinchidan, banklar aktiv operatsiyalar orqali yuqori daromadga ega bo’ladi.
To’rtinchidan, banklar aktiv operatsiyalar bilan bog’liq xarajatlar va risklarni o’z zimmalariga oladilar.
Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari orqali kreditning bahosi shakllanadi. Tijorat banklarining asosiy turi bo’lgan kredit operatsiyalari va ular bo’yicha o’rnatiladigan foiz stavkalariga:
– mijozlar tomonidan kreditga bo’lgan talab;
– O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta
moliyalashtirish stavkasi;
– kreditning muddati;
– kreditning turi;
– jalb qilingan mablag’larning o’rtacha foiz stavkasi;
– mamlakatdagi pul muomalasining holati (odatda, inflyatsiya jarayonlari shiddat bilan o’sganda, kredit bo’yicha foiz stavkalar ham yuqori bo’ladi, deflyatsiya sharoitida u past darajada bo’ladi) ta‘sir ko’rsatadi.
Tijorat banklarining aktiv opertsiyalari – bu banklarning passiv operatsiyalari natijasida shakllantirilgan mablag‘larini iqtisodiy jihatdan daromad (foyda) olish maqsadida turli maqsadlarga joylashtirish va likvidligini ta’minlash bilan bog‘liq operatsiyalardir. Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari ularning faoliyatida juda muhim hisoblanadi. Chunki ular ushbu operatsiyalar orqali daromadlarni shakllantiradilar va aktiv operatsiyalar doimo ma’lum darajada risk, ya’ni qarzdorning defolti (to‘lovga qobiliyatsizlik) bilan bog‘liq bo‘ladi.
Tijorat banklari aktiv operatsiyalari iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra:
-kassa operatsiyalari;
-ssuda operatsiyalari (kreditlash);
-investitsiya va fond operatsiyalari;
-valyuta operatsiyalari va kafolatlar berish;
-bank faoliyatini amalga oshirish uchun xarajatlar (asosiy vositalar, transport va b.) bilan bog‘liq operatsiyalardan iborat.
Banklar kassa operatsiyalari orqali mijozlarga naqd pullarni berish va ulardan naqd pullarni qabul qilish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshiradi.
Ssuda operatsiyalari orqali banklar mamlakatdagi faoliyat yuritayotgan mulkiy shaklidan qat’iy nazar barcha xo‘jalik subyektlariga tegishli kerditlarni beradi. Ma’lumki, bank kreditlari bir yilgacha – qisqa muddatli, bir yil va undan ko‘p davrga – uzoq muddatli kreditlarga bo‘linadi.
Investitsiya operatsiyalarida banklar ho‘jalik yurituvchi subyektlar va davlatning qimmatli qog‘ozlariga moliyaviy mablag‘larni joylashtiradi. Albatta ushbu operatsiyalar banklar uchun ma’lum darajadagi riskli operatsiyalar hisoblanib, banklarning foydasini shakllantirishga xizmat qiladi.
Fond operatsiyalarida banklar qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar bajarish bilan birga, fond birjalarida oldi – sotdi qilinadigan qimmatli qog‘ozlar va veksellar bilan operatsiyalarni amalga oshiradi.
Banklarning valyuta operatsiyalari bevosita xorijiy mamlakatlar milliy valyutasini oldi – sotdisi bilan bog‘liq operatsiyalar hisoblanib, milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan kursini o‘zgarishi hisobiga foyda yoki zarar ko‘rishi mumkin.
Banklar yirik va yuqori darajadagi to‘lov qobiliyatiga ega moliyaviy muassasa sifatida kompaniya, korporatsiya va boshqalarga uchinchi shaxs sifatida kafolatlar berishi mumkin. Albatta, berilgan kafolatlar evaziga banklar ma’lum darajadagi foydani olishni rejalashtiradi.
Yuqorida qayd etilganlarga asoslanib, banklarning aktiv operatsiyalarini to‘rtta guruhga ajratish mumkin.
1. Erkin zahiralar – bunga kassadagi naqd pullar, Markaziy bankdagi vakillik hisobvaraqlaridagi qoldiqlar, boshqa kredit tashkilotlarning vakillik hisobvaraqlaridagi mablag‘lar. Erkin zahirlar yuqori likvidli mablag‘lar hisoblanib, bankka qisman yoki umuman daromad keltirmaydi.
2. Berilgan kreditlar va depozit ko‘rinishida boshqa moliya muassasalariga, shuningdek Markaziy bankka joylashtirilgan mablag‘lar.
3. Investitsiyalar – bu bankning qimmatli qog‘ozlarga va nomoddiy aktivlarga, shuningdek pay ko‘rinishida xo‘jalik faoliyatiga yo‘naltirilgan resurslari.
4. Bankning o‘ziga (ichki investitsiyalar) moddiy va nomoddiy aktivlarga yo‘naltirilgan mablag‘lari. Bunga bank faoliyatini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan binolar, jihozlar va boshqa uskunalar kiradi.
Tijorat banklarining daromadi bankning 2 va 3 guruhiga kiruvchi aktiv operatsiyalari hisobidan tashkil topib, bank aktivlarining risk darajasi qancha yuqori bo‘lsa, ushbu operatsiyalardan kelayotgan daromadlar miqdori ham shuncha yuqori bo‘ladi va aksincha.
Demak, banklarning aktiv operatsiyalari daromad keltirish darajasiga qarab:
Daromad keltiradigan (kredit va investitsiyalar) aktivlar va daromad keltirmaydigan (erkin zaxiralar, moddiy) aktivlarga bo‘linadi.
Aktivlar Markaziy bankning 2015 yil 13 iyundagi 14/5-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi Nizomga asosan banklarning aktivlari sifatiga ko‘ra:
standart;
substandart;
qoniqarsiz;
shubhali;
umidsiz toifalarga tasniflanadi.
Aktivlar “Standart” sifatida tasniflangan aktivlar bo‘yicha qaytarilmagan kredit summasining 1 foizi miqdorida zaxiralar tuzishi shart.
“Substandart” sifatida tasniflangan aktivlar bo‘yicha bank asosiy qarzning to‘lanmagan summasining 10 foiziga teng bo‘lgan zaxiralarni shakllantirishi lozim.
Tijorat banki sifati “qoniqarsiz” deb tasniflagan aktivlar uchun ularning qaytarilmagan asosiy qarz (qoldiq) summasining 25 foiz miqdorida maxsus zaxira shakllantirishi lozim.
“Shubhali” deb tasniflangan aktivlar bo‘yicha bank asosiy qarz to‘lanmagan summasining 50 foizi miqdorida zaxirani tashkil etishi shart.
Bank tomonidan berilgan kreditlar kamida 180 kunga kechiktirilganda bular “umidsiz” deb tasniflanadi. Umidsiz deb tasniflangan aktivlar bo‘yicha bank asosiy qarzning to‘lanmagan summasining 100 foizi miqdorida, sud jarayonida ko‘rib chiqilayotgan aktivlarga 150 foizgacha zaxiralar yaratishi kerak.
Bank aktivlari likvidli, ya’ni tez naqd mablag‘ga aylantirish imkoniyati bo‘lishi kerak. Bank aktivlari likvidlilik nuqtai nazaridan quyidagilarga bo‘linadi:
Yuqori likvidli aktivlar – bevosita pul ko‘rinishidagi mablag‘lar bo‘lib, ushbu aktivlar istalgan paytda bank maburiyatini bajarishga yo‘naltirilishi mumkin;
qisqa muddatli likvidli aktivlar – qisqa muddatli kreditlar va ikkilamchi bozorga ega bo‘lmagan qimmatli qog‘ozlar;
qiyin realizatsiya qilinadigan aktivlar – o‘rta va uzoq muddatli kreditlar, ikkilamchi bozorga ega bo‘lmagan qimmatli qog‘ozlar, pay ulushlari va boshqalar;
past likvidli aktivlar – bankning asosiy vositalariga yo‘naltirilgan mablag‘lar kiradi.2 Demak, banklarning aktiv operatsiyalari ularning foydasini shakllantirishga xizmat qilish bilan birga, ma’lum darajadagi risklarni vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Banklar aktiv operatsiyalarni bajarishda asosiy e’tiborni mavjud risklarning darajasini pasaytirish orqali balansning likvidligini ta’minlashga qaratadi.
Faktoring operatsiyalarida banklar tovar sotib oluvchining qarz hujjatlarini sotib oladi, unda asosan uchta tomon ishtirok etadi.
Birinchisi, faktor – vositachi, bankning faktoring operatsiyalarini bajaruvchi bo‘limi. Odatda, rivojlangan mamlakatlar tajribasida faktoring operatsiyalarini amalga oshirishga ixtisoslashgan faktoring kompaniyalari tashkil etish amaliyoti ham mavjud.
Ikkinchisi, mijoz (tovar sotuvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi), faktor – vositachi bilan kontrakt tuzuvchi sanoat yoki savdo firmasi.
Uchinchisi, tovar sotib oluvchi.
Mijoz sotilgan tovar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar uchun olinishi lozim bo‘lgan pul mablag‘ini talab qiluvchi hujjatlar asosida “faktor – vositachi” bilan faktoring operatsiyasi bo‘yicha shartnoma tuzadi. Faktor – vositachi imzolangan faktoring shartnomasi asosida, ma’lum komission to‘lov hisobiga mijozga sotilgan tovar yoki ko‘rsatilgan xizmatlarga to‘lovni amalga oshiradi. Soddaroq qilib aytganda, faktor – vositachi mijozdan tovar sotib oluvchiga mablag‘larni to‘lash bilan bog‘liq to‘lov hujjatlarni komission to‘lov asosida “sotib oladi”.
Faktor – vositachi mijoz bilan faktoring operatsiyasini imzolayotganda tovar sotib oluvchining moliyaviy holatini oqilona baholashi juda muhim hisoblanadi. Agar sotib oluvchining moliyaviy holati yomonlashib, faktoring operatsiyasi bo‘yicha faktor – vositachi tomonidan mijozga to‘lagan summani to‘lay olmasa, ushbu zarar faktor – vositachining gardaniga tushadi.
Iqtisodiyotda faktoring operatsiyalarni vujudga kelishining asosiy omillari sifatida quyidagilarni ta’kidlash mumkin:
– sotib oluvchi korxona va tashkilotlar olingan tovar yoki ko‘rsatilgan xizmatlarga to‘lashi lozim bo‘lgan mablag‘larni o‘z vaqtida to‘lash imkoniyatlarining mavjud emasligi. Bu qator ijtimoiy – iqtisodiy oqibatlar tufayli vujudga keladi;
– tovar sotuvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi mijozning ishlab chiqarish jarayonini doimiy ravishda davom ettirib turishi uchun moliyaviy mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashning zarurligi;
– banklarning moliyaviy mablag‘lardan samarali foydalanish hisobiga qo‘shimcha foydani shakllantirishga bo‘lgan ehtiyojining mavjudligi.
Iqtisodiy nuqtai nazardan, kredit – ijara (lizing) murakkab savdo – moliya – kredit operatsiyalarining bir shakli hisoblanadi. Kredit – ijaraning asosiy xususiyatlari sifatida lizing muddati davomida ijaraga berilgan vositalarga nisbatan egalik huquqini saqlab qolishdir. Uning asosiy shakllaridan biri mashina va jihozlarni ijaraga berish, asosiy usullaridan biri investitsiyalarni moliyalashtirish va ta’minotni faollashtirish hisoblanadi.
Kredit – ijara (lizing) operatsiyasida odatda uch tomon ishtirok etadi:
ishlab chiqaruvchi (tovar sotuvchi), bo‘lajak lizing beruvchiga tegishli mashina va jihozlarni sotuvchi yuridik shaxs;
lizing beruvchi, tovar sotuvchidan mashina va jihozlarni sotib oluvchi, mulkning egasi sifatida lizing shartnomasiga asosan ma’lum muddatga va to‘lov evaziga mashina va jihozlarni lizing oluvchiga beruvchi. Odatda, lizing beruvchi sifatida etarli darajada moliyaviy mablag‘ga ega bo‘lgan banklar, ixtisoslashgan lizing kompaniyalari, korxonalar maydonga chiqadi;
lizing oluvchi, lizing shartnomasiga ma’lum muddat va to‘lovga asosan mashina va jihozlarni oluvchi shaxs.
Odatda, lizing oluvchi sifatida asosan yuridik shaxslar maydonga chiqadi. Lizing beruvchi va lizing oluvchi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga ko‘ra, lizinga olingan mashina va jihozlarning shartnoma muddati tugagandan so‘ng lizing beruvchiga qaytariladi yoki lizing oluvchining ixtiyorida qoladi. Lizing o‘ziga xos bo‘lgan shartnoma hisoblanadi, unda ijara elementlari va kredit elementlari mujassamlashadi. Shu bois, lizing so‘zi “kredit – ijara” tarzida talqin etiladi.
Iqtisodiyotda lizingning qator ijobiy jihatlari mavjud bo‘lib, ularning asosiylari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
– lizing oluvchi korxona va tashkilotlarda mashina va jihozlarni sotib olish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy mablag‘lar etishmovchiligi yoki mavjud emasligi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, o‘z faoliyatini yangidan boshlayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga qimmat va zamonaviy mashina va jihozlarni sotib olish bilan bog‘liq muammolarni echishga yordam beradi. Bu iqtisodiyotda ishlab chiqarishni tashkil etishga va boshqa qator ijtimoiy – iqtisodiy ziddiyatlarni oldini olishda muhim rol o‘ynaydi;
– ishlab chiqaruvchi tomonidan ishlab chiqarilgan mashina va jihozlarni sotish bilan bog‘liq muammolar bartaraf etilishi natijasida ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligi ta’minlanadi;
– lizing beruvchining ixtiyoridagi pul mablag‘lari samarali manbalarga joylashtiriladi va buning natijasida ma’lum darajada foyda olish imkoniyati vujudga keladi.
"Bank aktivlari" atamasi bilan u yoki bu kredit tashkilotiga tegishli bo'lgan barcha mulklarni tushunish odatiy holdir. Bank aktivlari tarkibiga naqd pul va hisobvaraqlardagi mablag'lar kiradi.
Shuni ham ta'kidlash kerakki, "naqd pul" atamasi nafaqat kredit tashkilotining kassalarida bo'lgan banknotalarni, balki naqd pulsiz mablag'larni ham anglatadi.
Bank aktivlarining shakllanishi foyda olish maqsadida pul mablag'larini joylashtirish natijasida yuzaga keladi. Bunday operatsiyalar faol deb nomlanadi.
Bank tashkilotlari aktivlarining tarkibi:
vakillik hisobvaraqlaridagi pullar;
bank ofisida naqd pul;
majburiy zaxiralar;
valyuta;
berilgan kreditlar;
boshqa tashkilotlarning ustav kapitalidagi ulushlari;
qimmatbaho metallar va toshlar;
ko`chmas mulk;
boshqa.
Banklarning hisob-kitob operatsiyalari - pul talablari va majburiyatlari bo'yicha yuridik va jismoniy shaxslarning naqd pulsiz hisob-kitoblarini tashkil etish tizimidagi operatsiyalar. Tijorat bankining hisob-kitob operatsiyalari quyidagicha tushuniladi:
Bank mijozlarining buyurtmalarini (ko'rsatmalarini) bajarish: etkazib beruvchilarga ishlar, tovarlar, xizmatlar uchun haq to'lash to'g'risida, soliq qarzlarini byudjetga to'lash to'g'risida, boshqa qarzlarni to'lash to'g'risida;
Mijozlar hisobvarag'iga tushadigan mablag'larni hisobga olish;
Bankning o'zi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish bo'yicha operatsiyalar;
Mamlakat ichida ham, xorijiy davlatlar bilan ham banklararo hisob-kitoblar.
Bank hisobvarag'i shartnomasi bank va mijoz o'rtasida joriy hisob raqamini ochib, quyidagilarni nazarda tutadi:
Mijoz mablag'larini saqlash,
Hisobvarag'idan naqd pul olish,
Naqd pulsiz o'tkazmalar va tushumlarni tashkil etish.
Bank mijoz tomonidan mablag'lardan foydalanish yo'nalishlarini aniqlash va nazorat qilish hamda uning mablag'larini o'z ixtiyori bilan tasarruf etish huquqi to'g'risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan cheklovlarni belgilash huquqiga ega emas. Shu bilan birga, bank mijozning istalgan vaqtda ushbu mablag'larni erkin sarflash imkoniyatini kafolatlab, hisobvarag'ida mavjud bo'lgan mablag'lardan foydalanishi mumkin. Bank hisobvarag'i shartnomasi odatda qaytarib beriladigan asosda tuziladi. Bunday holda, mijoz quyidagilarni to'lashi mumkin:
Bank hisobvarag'ini yuritish (komissiya),
Pul mablag'larini kontragentlarning hisob raqamlariga o'tkazish (soliqlardan tashqari),
Mijozning kassasiga naqd pul mablag'larini olish,
Mijozning kassasidan naqd pulni mijozning kassasidan qayta hisoblash va bank hisob raqamiga o'tkazish bilan qabul qilish,
Jismoniy shaxslardan mijozning manziliga naqd pulni qabul qilish.
Joriy hisobvarag'i bo'yicha foizlar olinishi mumkin emas yoki odatda ramziy ma'noda olinadi. Mijozning hisobvarag'idan boshqa shaxsning hisob raqamiga pul mablag'larini o'tkazish uchun hisob-kitob hujjatlari xizmat ko'rsatuvchi bankka taqdimot uchun 10 kalendar kun ichida, hisobot berilgan kundan tashqari amal qiladi. Kredit tashkilotlari mijozga mablag 'yoki uning hisob raqamiga kredit mablag'larini tegishli hujjat olinganidan keyingi ish kunidan kechiktirmay o'tkazishga majburdirlar. Hisob-kitob hujjatlari bankka barcha hisob-kitob ishtirokchilari uchun zarur bo'lgan bir xil nusxada taqdim etiladi, birinchi nusxasi mijozning menejeri va bosh buxgalterining imzosi bilan tasdiqlanadi va muhr bilan muhrlanadi.3