1. Tilning jamiyatda tutgan orni


Dialektologiya qanday soha?



Yüklə 108,91 Kb.
səhifə10/47
tarix11.04.2023
ölçüsü108,91 Kb.
#96196
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   47
ona tili (1)

25. Dialektologiya qanday soha?
Dialektologia (dialekt va ... logiya) — tilshunoslik sohasi. Tilning mavjud lahjalari, shevalarini oʻrganadi. Unda lahja va shevalarning fonetik, morfologik, sintaktik va leksik xususiyatlari tavsif qilinadi. Milliy tilning paydo boʻlishi va rivojida shevalarning tutgan oʻrni, milliy tilga asos boʻlgan shevalar aniqlanadi. Shevalararo, shuningdek, adabiy til va qardosh tillar bilan ularning munosabatlari belgilanadi. Shevalarning tarqalish chegaralari — lingvistik geografiya tomonidan oʻrganiladi. Bu jihatdan Dialektologia ikkiga: 1) tasviriy (yoki dialektografia); 2) tarixiyga ajraladi. Birinchisida mahalliy lahja va shevalarning fonetik tuzilishi, grammatik qurilishi, leksik tarkibi haqida mufassal maʼlu-mot beriladi. Ikkinchisida tilning dialektal xususiyatlarini qayd etish bilan birga, ularning kelib chiqishi, rivojlanishi va shakllanish tarixi oʻrganiladi. Dialektologia tadqiqotlari tilning grammatik, leksik, orfografik va orfoetik meʼyorlarini belgilashda mu-him ahamiyatga ega.


26. BOSH HARFLAR IMLOSI
Kishilarning ismi, otasining ismi, familiyasi, taxallusi bosh harf bilan yoziladi: Sobirov Zokirjon Shukurjonovich, Abdurauf Fitrat kabi. Mamlakatlar, shaharlar, qishloqlar, shaharchalar, daryo, dengiz, tog‘, tepa, adir nomlari ham bosh harf bilan yoziladi: Hindiston, Muborak, UrgUt, tentaksoy, Qo‘ng‘irtog‘,Qashqadaryo, Qora dengiz va hokazo. Korxona, tashkilot, muassasa nomlari, adabiyot va san’at asarlari, sanoat va oziq-ovqat mahsulotlari, transport vositalarining nomlari bosh harf bilan yoziladi: «Malika» firmasi, «Sharq» nashriyot-matbaa konserni, «O‘zqishloqxo‘jmashxolding» kompaniyasi, «Damas» avtomobili, Ko‘kdumaloq kompressor stansiyasi, Xorazm chanqovbosti ichimliklar zavodi, Qizilqum fosforit kombinati, «Amudaryo» jurnali, «Shaytanat» asari va hokazo. Mustaqillik kuni, Navro‘z bayrami, Xotira kuni. Muhim tarixiy sanalar va bayramlar nomi bosh harf bilan yoziladi: Oliy darajadagi davlat tashkilotlari, xalqaro birlashmalar nomi bosh harf bilan yoziladi: O‘zbekiston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Raisi, Yevropa Ittifoqi Kengashi kabi. Mudofaa vazirligi, Davlat test markazi, «Umid» jamg‘armasi, Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi kabi tashkilotlar nomining birinchi harfi bosh harf bilan yoziladi. Oliy darajadagi unvonlar va mukofotlar nomi tarkibidagi so‘zlar har biri bosh harflar bilan yoziladi: «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni, «Oltin Yulduz» medali. Shuningdek, «Sog‘lom avlod uchun» ordeni, «Shuhrat» medali singari mukofotlarning birinchi so‘zi bosh harf bilan yoziladi.Har bir gap bosh harf bilan boshlanadi: Har qanday intilish, izlanish, ijod xalq manfaatlariga xizmat qilsagina u qadrlidir. (A.Oripov).

Yüklə 108,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin