1. Tilning jamiyatda tutgan orni



Yüklə 108,91 Kb.
səhifə1/47
tarix11.04.2023
ölçüsü108,91 Kb.
#96196
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
ona tili (1)


1. Tilning jamiyatda tutgan orni.
Ona tilida fikrlashga, toza gapirishga, nutqingizni har xil yot unsurlardan saqlashga harakat qiling. Qayerda va kim bo‘lmasin, ona tili kamsitilishiga yo‘l qo‘ymasin. Til mavsumiy libos emaski, ob-havoning o‘zgarishiga qarab almashtirilsa, Onaizor, Vatan, millat har biri bittadan, Ona tili ham bitta. Agar o‘z xalqingiz orasida gungalak-soqov va yot bo‘lishni istamasangiz, ona tilini puxta o‘rganing. Boshingizga ko‘taring. Kishi boshqa tilda bilimli bo‘la oladi, ammo faqat o‘z tilida bekami-ko‘st bo‘lishi mumkin
2. Rasmiy uslubning shakllanishi, xususiyatlari.
Rasmiy uslub. Barcha qonunlar, prezident farmonlari va hukumat qarorlari, turli hujjatlar, ish qog‘ozlari, idoralararo yozishmalar va shu kabilar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Rasmiy ish qog‘ozlari uslubi shaxslar bilan shaxslar orasidagi, shaxslar bilan idora o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni ifodalash uchun xizmat qiladi: ariza, tilxat, xat, telegramma, ishonch qog‘ozi, ma ‘lumotnoma, tavsiyanoma, qaror, tarjimayi hoi, buyruq, farmoyish, guvohnoma, e’lon, hisobot, shartnoma, aloqa xatlari ana shunday nutq uslubining ko‘rinishlaridir. Adabiy tilning yozma rasmiy shakliga xos bo‘lib, muayyan nutqiy qolip, qat’iy odat tusiga kirib qolgan shakllarga ega bo‘lgan nutq uslubi rasmiy uslub sanaladi. Bu uslub davlat arboblari o‘rtasidagi diplomatik Rasmiy-idoraviy uslubda gaplar ixcham va aniq bo‘ladi. Bu uslubda qaror qilindi, inobatga olinsin, ijro uchun qabul qilinsin, tasdiqlanadi kabi qoliplashgan so‘zlar va so‘z birikmalari keng qo‘llaniladi. Qisqalik, aniqlik, soddalik rasmiy ish qog‘ozlarining bosh belgilaridir. Bu uslubda ibora va jumlalar bir qolipda bo‘ladi. Davlat hujjatlarida, rasmiy uslubda so‘zlar ko‘chma ma’noda ishlatilmaydi. Munosabatlarda, idora, korxona, muassasalarning rasmiy ish yuritish jarayonlarida, shaxslarning ariza, tilxat, ishonch qog‘ozi kabi ish yuritish qog‘ozlarida qo‘llaniladi.
Rasmiy uslub yozma shaklda ro‘yobga chiqadi. U har qanday tasviriy vositalardan, obrazlilikdan holi bo‘ladi. Bunday uslubda tilning ikki vazifasi - axborot uzatish va da’vat etish, buyurish vazifasi amalga oshadi. M., ma’lumotnomada axborot berilsa, buyruqda da’vat etish, axborot o‘z aksini topgan bo‘ladi.

Yüklə 108,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin