1. Tilning jamiyatda tutgan orni


Yetti o`lchab bir kes. Maqolining morfologik hamda mano xususiyatlarini izohlang



Yüklə 108,91 Kb.
səhifə9/47
tarix11.04.2023
ölçüsü108,91 Kb.
#96196
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   47
ona tili (1)

23. Yetti o`lchab bir kes. Maqolining morfologik hamda mano xususiyatlarini izohlang.
Yetti o`lchab bir kes. Kunlar soviy boshlagach, o`z-o`zidan insonlarni qalin kiyim-bosh sotib olishga ehtiyoji ortadi. Nozimaxon ham issiqroq palto sotib olish maqsadida bozor tomon yo`l oldi. Bozordagi paltolarning narx-navosini ko`rib es-hushidan ayrilayozdi. Shunda birga borgan singlisi unga paltolik mato olib tikuvchiga tiktirishni va bu bilan ancha pulni tejab qolishi mumkinligini maslahat berdi.
24. Nutq uslublari haqida to`liq fikrlarni bayon eting.
NUTQ USLUBLARI
1. So’zlashuv uslubi
2. Ilmiy uslub
3. Rasmiy-idoraviy uslub
4. Ommabop (publitsistik) uslub
5. Badiiy uslub
1. So’zlashuv uslubi
Kеng qo’llanadigan uslublardan biri so’zlashuv uslubidir. Bu uslubda ko’pincha adabiy til mе'yorlariga rioya qilinadi. So’zlashuv uslubidagi nutq ko’pincha dialogik shaklda bo’ladi. Ikki yoki undan ortiq shaxsning luqmasi dan tuzilgan nutq dialogik nutq dеyiladi.
2. Ilmiy uslub
Fan-tеxnikaning turli tarmoqlariga doir ilmiy asarlar, darsliklar ilmiy uslubda yoziladi. Ilmiy uslub aniq ma'lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalar (qoidalar, ta'riflar)ga boy bo’lishi bilan boshqa uslublardan farq qiladi: Yomg’ir - suyuq tomchi holidagi atmosfеra yog’ini. Tomchining diamеtri 0,5-0,6 mm bo’ladi.
3. Rasmiy-idoraviy uslub
Davlat idoralari tomonidan chiqariladigan qarorlar, qonunlar, nizomlar, xalqaro hujjatlar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Ariza, tilxat, ma'lumotnoma, chaqiruv qog’ozi, taklifnoma, shartnoma, tarjimai hol, e'lon, tavsifnoma, dalolatnoma, hisobot kabilar ham shu uslubda yoziladi. Bunday uslubdagi hujjatlar qisqa, aniq, barcha uchun tushunarli qilib tuziladi.
4. Ommabop (publitsistik) uslub
Tashviqot-targ’ibot ishlarni olib borishda qo’llanadigan uslub, ya'ni matbuot uslubi ommabop uslub hisoblanadi. Bu uslubda ijtimoiy-siyosiy so’zlar ko’p qo’llanadi. Nutq ta'sirchan bo’lishi uchun ta'sirchan so’z va birikmalardan, maqol va hikmatli so’zlardan ham foydalaniladi. Bunday uslubda gap bo’laklari odatdagi tartibda bo’ladi, kеsimlar buyruq va xabar maylidagi fе'llar bilan ifodalanadi, darak, his-hayajon va ritorik so’roq gaplardan, yoyiq undalmalardan, takroriy so’z va birikmalardan unumli foydalaniladi:
5. Badiiy uslub
Badiiy asarlar (nazm, nasr va dramatik asarlar) badiiy uslubda bo’ladi. Badiiy asar kishiga ma'lumot bеrish bilan birga, timsollar (obrazlar) vositasida estеtik ta'sir ham ko’rsatadi: O’lkamizda fasllar kеlinchagi bo’lmish bahor o’z sеpini yoymoqda. Badiiy uslubda qahramonlar nutqida oddiy nutq so’zlari, shеva, vulgarizmlardan ham foydalaniladi.
Badiiy asarlar uslubi aralash uslub hisoblanadi. Unda so’zlashuv uslubiga, kitobiy uslublarga xos o’rinlar ham uchraydi.

Yüklə 108,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin