Ilmiy uslub sohaviy terminlarning yasalishi Reja



Yüklə 183,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix03.08.2023
ölçüsü183,9 Kb.
#138441
  1   2   3
Ilmiy uslub sohaviy terminlarning yasalishi



Ilmiy uslub sohaviy terminlarning yasalishi 
Reja:
Ilmiy uslub va uning turlari 
Termin (atama)lar va ularning vujudga kelishi 
Til va terminologiya 
Sohaviy atama va so’zlarning kelib chiqishi va ularning vazifaviy 
xususiyatlari 
Sohaviy atamalarning boyib borish usullari
Terminlarning turlari.
Sohaviy leksikada ma’nodoshlik, shakldoshlik, ko’p ma’nolilik 
munosabatlarining namoyon bo’lishi.



Ilmiy uslub va uning xususiyatlari.

Fan va texnikaning turli tarmoqlariga doir ilmiy asarlar, darsliklar ilmiy uslubda yoziladi. Ilmiy 
matn ilmiy va ilmiy-ommabop matnlarga ajratiladi. Ilmiy matnda gap bo‘laklari tartibi adabiy til 
qoidasiga qat’iy amal qilgan holda qo‘llanadi. Ilmiy matnda har bir fan sohasiga oid 
atamalarning qo‘llanilishi xarakterli xususiyat hisoblanadi. 
Masalan,
qishloq va suv xo’jaligi 
sohasida sabzavotchilik, zooinjeneriya, mevachilik, uzumchilik, issiqxona, dorivor o’simliklar, 
ekin, biologik xususiyat, harorat, yorug’lik, namlik, tuproq, urug’, gidroponika usuli
 
kabi 
terminlar ishlatiladi. Ilmiy-ommabop matnlarda atamalar tizmasidan, ilmiy bayonchilikdan 
qochiladi. Bayon etilayotgan fikrning barchaga baravar tushunilishini ta’minlash maqsadida 
tushunilishi qiyin bo‘lgan atamalar murakkab tushunchalar o‘rniga aniq va batafsil tasvirlardan 
foydalaniladi.

Ilmiy uslubning janrlari – monografiya, maqola, annotatsiya, dissertatsiya, darslik, ma’ruza, 
ma’lumotnoma.

Ilmiy uslub va uning xususiyatlari. Ilmiy uslubga mantiqiylik, aniqlik, ilmiy atamalarning keng 
qo`llanishi xos bo`lib, barcha ilmiy asarlar, jumladan, maktab darsliklari ham shu uslubda 
yoziladi. Fan va texnika tili ilmiy uslub deyiladi. Daliliy munosabatlar asosida chiqarilgan ilmiy 
xulosalarga asoslanuvchi, har bir fan sohasining o`ziga xos atamalariga tayanuvchi, fikrni aniq 
va mantiqiy izchil bayon qiluvchi uslub ilmiy uslubdir. Ilmiy uslubning asosi atama, ta’riflar, 
qoidalar, qonunlardir. Atamalar faqat bir ma’noda qo`llanilib, o`zi ifodalayotgan 
tushunchaning tub mohiyatini ko`rsatadi, masalan 
o`zak, negiz, yasovchi qo`shimcha, turlovchi 
va tuslovchi qo`shimchalar, shakl yasovchilar
kabi atamalar so`z tarkibiga oid lingvistik 
tushunchalarni ifodalaydi. Masalan: 
Har qanday grammatik ta’rif yoki qoidada uchta tushuncha 
birlashgan boladi: tushunchaning mohiyati, xususiy va umumiy tomoni.
(Ona tili darsligidan). 
Nuklein kislotalar dastlab hujayra yadrosidan ajratib 
olinganligi sababli («nukleis» - «yadro») 
nuklein kislotalar deb atalgan.
Hozirgi vaqtda nuklein kislotalar faqat yadroda emas, balki 
xloroplast va mitoxandriyda ham mavjudligi aniqlangan.
(Biologiya darsligidan).



Ilmiy uslub ham o`z ichida ikki guruhga bo`linadi:

sof ilmiy uslub;

ilmiy-ommabop uslub.

Ilmiy uslubda fan va texnikaning turli tarmoqlariga oid ilmiy asarlar, darslik va o’quv qo’llanmalari yoziladi. 
Bu uslub aniq, daliliy ma’lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalar (qoidalar, ta’riflar)ga boy bo’lishi bilan 
boshqa uslublardan farqlanadi. Ilmiy uslub ham adabiy tilning ko’rinishi bo’lib, bir qator o’ziga xos 
xususiyatlarga ham ega: monologik belgilari bilan boshqa uslublardan ajralib turadi; obrazli tasvirlar bilan 
emas, balki aniq ma’lumotlarning 
xolis, umumlashgan 
xususiyatlarini ta’riflash, tushunchalarga muvofiq 
keladigan terminlar bilan ish ko’radi. Kitobxonning his-tuyg’usiga emas, ongiga ta’sir etadi.

Ilmiy uslubda har bir fanning o’ziga xos terminlaridan foydalaniladi. Masalan, 

Yüklə 183,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin