Ilmiy uslub sohaviy terminlarning yasalishi Reja



Yüklə 183,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix03.08.2023
ölçüsü183,9 Kb.
#138441
1   2   3
Ilmiy uslub sohaviy terminlarning yasalishi

jinoyat, jazo, afv, hukm, 
ozodlikdan mahrum etish, davlat tili, davlat chegarasi, unitar davlat, tergov, alibi, kodeks
yurisprudentsiya 
tarmoqlarida;
 jamiyat, ong, tafakkur, mushohada
falsafada va h.k. Ilmiy uslubda so’zlar asosan o’z ma’nosida 
qo’llanadi, qoida yoki ta’rifning mazmunini ochishga xizmat qiladigan ajratilgan bo’laklar, kirish so’z va 
birikmalar, shuningdek, qo’shma gaplardan ko’proq foydalaniladi.

Ilmiy uslubda qo’shma gaplardan 
shu sababli, shunday bo’lsa, bunday vaqtda, shunga qaramasdan 
kabi 
vositalar yordamida bog’lanuvchi ergash gapli qo’shma gaplar ko’proq ishlatiladi. Chunki bunday gaplar 
sabab va natija hamda boshqa munosabatlarni aniq ifodalay oladi. Bog’lovchisiz qo’shma gaplar bu uslubda 
kamroq ishlatiladi.

Ilmiy matn qurilishining mantiqiy izchil bo’lishi unda boshlanmalar, gap qismlarini bog’lash uchun 
shunday 
qilib, shu sababli, bundan keyin, ko’rinadiki, shunga ko’ra, shu bilan birga, aytilganlarga ko’ra
kabi so’z va so’z 
birikmalari qo’llaniladi. Ko’p qo’llaniladigan 
birinchidan, bir tomondan, ikkinchi tomondan, xullas, demak
shaklidagi kirish so’z va birikmalar ham yuqoridagi maqsadlarga xizmat qiladi.



Ilmiy uslubda fikrning aniq bir shaxs tomondan bayon qilinayotgani sezilmaydi. Unda ko’proq 
fe’lning majhul nisbatidan foydalaniladi: 
dalillar keltirilgan, tajriba o’tkaziladi, foydalaniladi. 
Yuqorida ko’rib o’tilgan xususiyatlar ilmiy uslubning lisoniy belgilaridir. Bu belgilar mazkur 
uslubning boshqa uslublardan farqini ko’rsatuvchi asosiy xususiyatlar hisoblanadi.

Ilmiy adabiyotlarda ta’kidlanishicha, ma’lum fan, ishlab chiqarish sohasidagina qo’llaniladigan 
va asosan o’sha soha kishilari tushunadigan maxsus so’zlar terminlar – atamalar sifatida 
qaraladi.

Atamalarning shakllanishi ham xalqning tarixi qadar qadimiydir. To’nyuquq, Kultegin, Bilga 
hoqon singari bitiktoshlarda xalqimiz mashg’ul bo’lgan hunarlarga oid atamalarni uchratamiz. 
Ular xalq tomonidan yaratilgan afsonalarda, qahramonlik qo’shiqlarida ham mavjud bo’lgan. 
Ularni mujassam qilgan Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’otit-turk” asari ularning bizgacha 
yetib kelishida katta tarixiy vazifani bajargan.

Atamalarning dastlab ikki katta guruhga ajratish to’g’ri bo’ladi:

Umumiylik xususiyatiga ega bo’lgan atamalar.

Xususiylik xususiyatiga ega bo’lgan atamalar.

Umumiy atamalar sirasiga bir terminologik tizimning barcha yo’nalishlari uchun tushunarli 
bo’lgan atamalar kiradi. Masalan, sportdagi 
musobaqa, sovrin, sovrindor, yutuq, g’alaba, 
birinchilik, chempionat, ko’rik, trener, hakam
atamalarini sportning barcha turlarida bemalol 
qo’llash mumkin. Fizikaga oid 
issiqlik, temperature, jism, elektr, magnit, gaz, harakat, energiya, 
maydon
singari atamalar haqida ham shu gaplarni aytish mumkin.

Til va terminologiya.

Hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy hamda ilmiy-texnik tub o‘zgarishlar davrida yangiyangi fanlar va 


tushunchalar yuzaga kelmoqda. Jumladan, o‘zbek tilida ham yangi terminlar paydo bo‘lmoqda, 
ilgaridan ishlatib kelingan qator leksemalar yangi ma’nolar kasb etmoqda. Shu boisdan 
leksikologiya, xususan, terminologiya oldida qator muhim masalalarni yechish vazifasi turibdi.



Bugungi kunda terminologiyaning amaliy va nazariy masalalarini yanada chuqurroq o‘rganish, 
terminlar yaratish va ularni qo‘llashni til qonuniyatlari asosida tartibga solish davlat ahamiyatiga 
molik muammoga aylandi. Shuning uchun ona tilimizning turli terminologik tizimlarini yanada 
teranroq tadqiq etish, ularni terminologiyaning xilma-xil masalalari bo‘yicha atroflicha tadqiq qilish, 
bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.

Respublikamiz mustaqil deb e’lon qilingandan keyin, bu sohadagi ahvol butunlay o‘zgardi. 
Tashqi iqtisodiy aloqalar yanada rivojlanib ketdi. Dunyoning juda ko‘p mamlakatlari bilan xilma-xil 
aloqalarga keng yo‘l ochildi. Bu omillar o‘zbek tilida yangi-yangi terminlarning paydo bo‘lishiga 
sabab bo‘ldi. Bu yangi terminlar sirasida iqtisodiy terminologik tizim ham o‘ziga xos o‘rinni egallab 
kelmoqda. Shu boisdan fan va texnika taraqqiyotining hozirgi bosqichida iqtisodiy terminlarni ham 
tilshunoslik nuqtai nazaridan tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etadi.

“Termin” tushunchasiga yuklangan mazmun quyidagicha belgilarga asoslanadiki, bular 
terminlarni umumiste’moldagi so‘zdan farqlash uchun yetarli deb o‘ylaymiz:

termin – umumadabiy tilning maxsus vazifa bajaruvchi bir turi bo‘lmish ishlab chiqarish, fan va 
texnika tiliga mansub lisoniy birlik, bir so‘z yoki birikmadir;

termin – konkret narsa-predmet, ashyo, mavhum tushunchalarning maxsuslashtirilgan nomidir;

termin uchun muayyan ta’rif (definitsiya) zaruriydirki, uning yordamida tegishli tushuncha 
mazmunini aniqroq ifodalash, tushunchaning birini ikkinchisidan chegaralab ajratish imkonini 
beruvchi, ayni mahalda ma’lum tushunchani muayyan tasnifiy qatorga joylashtirishga yo‘l qo‘yuvchi, 
farqlovchi belgilarni ravshanroq ko‘rsatish mumkin.

Demak, terminologiya muayyan fanning tushunchalar tizimi bilan o‘zaro munosabatda bo‘lgan 
terminlar jami sifatida ta’riflanadi. Har qanday tushunchalar tizimiga muayyan terminlar tizimi to‘g‘ri 
keladi. Terminologik tizimlar fan taraqqiyoti bilan birgalikda rivojlanib boradi. Terminlar 
umumiste’moldagi so‘zlardan farqli ravishda joriy qilinib ularning qo‘llanishi ma’lum darajada 
nazorat ostida bo‘ladi. “Terminlar paydo bo‘lib qolmaydi”, aksincha, ularning zaruriyati anglangan 
holda “o‘ylab topiladi”, “ijod qilinadi”. Masalan, bo‘lajak iqtisodchilarning yozma yoki og‘zaki 
nutqida 
kartel

kliring

tovar oboroti

mayda mulkchilik

mablag‘ ajratish

renta 
kabi tor doiradagina 
qo‘llaniladigan terminlar ishlatilishi tabiiy bir holdir. O‘z-o‘zidan ayonki, bu xildagi terminlar 
iqtisodiyotdan uzoqroq biror kasb egasining nutqida ishlatilmaydi. Shu bilan birga, iqtisodiyot 
sohasining qator terminlari ham borki, ular muayyan til egalarining deyarli barchasi nutqida bab-
baravar ishlatilaveradi: 
Bozor, mol, savdo, savdo-sotiq, pul, haridor, bozorchi, olib-sotar, chayqovchi 
kabilar shular jumlasidandir.
 

Ta’kidlash lozimki, nafaqat iqtisodiyot balki fan-texnika, ishlab chiqarishning xilma-xil soha va 
terminlar majmui, ya’ni yig‘indisi terminologiya deb ataladi. Masalan, matematika terminologiyasi, 
tibbiyot terminologiyasi, iqtisodiyot terminologiyasi va boshqalar. 

Yüklə 183,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin