1. Tizim tushunchasi va uning turli ta’riflari


Zamonaviy axborot texnologiyalari va vositalari. Kompyuterlar , aloqa va hisoblash qurilmalari, telifakslar,teletayplar



Yüklə 160,08 Kb.
səhifə8/50
tarix29.06.2022
ölçüsü160,08 Kb.
#62507
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   50
1. Tizim tushunchasi va uning turli ta’riflari

12. Zamonaviy axborot texnologiyalari va vositalari. Kompyuterlar , aloqa va hisoblash qurilmalari, telifakslar,teletayplar
Axborot texnologiyasi deganda, mavjud axborotlar negizida yangi sifatdagi axborotni olish jarayoni uchun uchun zarur bo'lgan vositalar va uslublar jamlanmasi tushuniladi.
Axborot texnologiyasining maqsadi - inson tomonidan tahlil qilish va uning asosida qandaydiy xatti-harakatlarni bajarish bo'yicha aniq qaror qabul qilish uchun zarur bo'lgan axborotni ishlab chiqarishdan iborat ekan.
Turli texnologiyalarni qo'llagan holda bitta moddiy resursning o'zidan bir nechta buyum yoki turli sifatdagi mahsulotlarni olish mumkin bo'lsa, bu holat axborotni qayta ishlash texnologiyalari uchun ham o'rinlidir.
Axborot texnologiyasi jamiyatning axborot resurslaridan foydalanish jarayonining eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Hozirgi vaqtga kelib u bir nechta evolyutsiya bosqichlaridan o'tdi, bu bosqichlarning almashinishi asosan ilmiy-texnika taraqqiyotining rivojlanishi, axborotni qayta ishlashning yangi texnik vositalari paydo bo'lishi bilan belgilanadi.
Shaxsiy kompyuter zamonaviy jamiyatda axborotni qayta ishlash texnologiyasining asosiy texnik vositasi bo'lib xizmat qiladi, u texnologik jarayonlarni qurish va foydalanish konsepsiyasiga ham, natijali axborot sifatiga ham jiddiy ta'sir o'tkazdi. Axborot sohasiga shaxsiy kompyuterni joriy etish va aloqaning telekommunikatsiya vositalari qo'llanishi axborot texnologiyalarining rivojlanishida yangi bosqichni belgilab berdi va oqibatda "yangi", "kompyuter" yoki "zamonaviy" sinonimlaridan birini qo'shish hisobiga uning nomini ham o'zgartirdi.
Kompyuter (ing . computer — hisoblayman), EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) — oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma.
Hisoblash texnikasi - hisoblash jarayonlarini, axborotlarni toʻplash, saqlash va uzatish masalalarini hal qilishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish vositalari majmui; texnikannng hisoblash mashinalari va qurilmalarini ishlab chiqish, tayyorlash va ishlatish bilan shugʻullanadigan tarmogʻi.
faks (inglizcha: Fax — aynan bajar), telefaks — matn, jadval, rayem va boshqalarning tasvirlarini umumiy foydalaniladigan telegraf tarmogʻi orqali uzatish; faksimil aloqanyant bir turi. Shunday tasvirlarni uzatish va qabul qilish apparati ham F. deb ataladi.
Teletayp (teletype, TTY ingiz tilidan olingan) — elektromexanik bosma mashinasi bo‘lib, undan ikki abonent o‘rtasida oddiy (odatda, ikki juft sim orqali) elektrik kanalda matnli xabar va ma’lu­motlarni uzatishda foydalanilgan. Teletayp o‘z davrida yaratilgan zamonaviy qurilma sifatida insoniyatning uzog‘ini yaqin qilib, masofadan xabar yetkazishdek qulay imkoniyatni taqdim etgan. Teletayp so‘zi nimani anglatadi? «Teletayp» atamasi — grekcha «tele» («olis») va inglizcha «type» («bosib chiqarish») so‘zlari birikmasidan iborat yasama so‘zdir. Haqiqatdan ham mazkur so‘z ushbu qurilma yaratilish jara­yonining to‘liq ifodasiga muvofiq keladi, ya’ni mazmun-mohiyati bilan «masofadan turib, matnni bosib chiqarish» tushunchasini anglatadi. Shu bilan birga, ushbu jarayon elektr toki yordamida amalga oshirilishini ta’kidlash zarur, ya’ni teletayp (Teletype, TTY, «teleprinter») qurilmasi o‘zida — elektr aloqa sohasining o‘z tarixiga ega bo‘lgan vositalaridan birini aks ettiradi.

Yüklə 160,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin