1. Tizim tushunchasi va uning turli ta’riflari



Yüklə 160,08 Kb.
səhifə34/50
tarix29.06.2022
ölçüsü160,08 Kb.
#62507
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   50
1. Tizim tushunchasi va uning turli ta’riflari

88. videokonfirensiyalar

Videokonferensiyalar


Videokonferensiyalar ham audiokonferensiyalar kabi maqsadlarga yo’naltirilgan bo’lib, videoapparatlarni qo’llash bilan farqlanadi. Ularning o’tkazilishi ham kompyuter ishtirokini talab qilmaydi. Videokonferensiya jarayonida bir-biridan masofaviy uzoqlashgan ishtirokchilar televizor ekranida o’zlarini va boshqa ishtirokchilarni ko’rishlari mumkin. Televizion tasvir bilan bir vaqtda ovoz boshqaruvi ham uzatiladi.
Videokonferensiyalar transport va yo’llanma harajatlarini kamaytiradi. Ko’pgina firmalar ularning nafaqat bu jihatlaridan foydalanadilar. Ular bunda muammolarni yechishda markaziy ofisdan masofaviy uzoqlashgan xodimlar va menejerlarni maksimal jalb qilish imkoniyatini ko’rmoqdalar.
Videokonferensiyalarni qurishning uch konfiguratsiyasi ommaviydir:
bir tomonlama video- va audioaloqa. Bu yerda video va audiosignallar bir yo’nalishda yuboriladi, masalan, loyiha rahbaridan bajaruvchiga;
bir tomonlama video- va ikki tomonlama audioaloqa. Ikki tomonlama audioaloqa videotasvirni qabul qilayotgan konferensiya ishtirokchilariga videoxabar jo’natayotgan ishtirokchi bilan audioaxborotlar almashish imkonini beradi; ikki tomonlama video- va ikki tomonlama audioaloqa. Bunday ancha murakkab bo’lgan tuzilishda koferensiyaning barcha ishtirokchilari ikki tomonlama video va audioaloqadan foydalanadilar.
Videomatn. Monitor ekranida matnli va grafik ma’lumotlar tasvirini olish uchun kompyuterni qo’llashga asoslangan. Qaror qabul qiluvchi shaxslar uchun axborotni videomatn ko’rinishida olishning uch xil imkoniyati mavjud: o’z shaxsiy kompyuterlarida videomatn fayllarini yaratish; maxsuslashtirilgan kompaniyalar tomonidan ishlab chiqilgan
videomatn fayllariga kirish huquqini olish uchun shartnoma tuzish. Sotish uchun mo’ljallangan bunday fayllar kompaniyaning mos xizmatini ko’rsatuvchi serverlarida saqlanishi yoki optik disklarda taqdim etilishi mumkin;
boshqa korxonalar bilan ularning videomatn fayllariga kirishga ruxsat olish uchun shartnomalar tuzish.
Korxonalar o’rtasida o’z mahsulotlarining kataloglari va narxlari bilan videomatnli ko’rinishda almashish ommaviylashib bormoqda. Videomatn savdosi bilan shug’ullanayotgan kompaniyalar xizmati gazeta va jurnallar bilan raqobatlasha bormoqdalar. Hozirgi kunda ko’plab davlatlarda gazeta va jurnallarning videomatn shakliga buyurtma berish mumkin (birja axborotlarining joriy holati haqida gapirmasa ham bo’ladi).
Faksimil aloqasi. Bunday aloqa kommunikatsion kanalning bir boshida hujjatni o’qish va uning tasvirini ikkinchi boshida tasvirlash imkoniyatiga ega bo’lgan faks-apparatni qo’llashga asoslangan.
Faksimil aloqasi ishtirokchilarning geografik holatidan qat’iy nazar, muammoni hal qilayotgan ishtirokchi guruhlarga qaror qabul qilishda hujjatlarni tez va oson tarqatishda o’z hissasini qo’shmoqda.

Yüklə 160,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin