1. Tizim tushunchasi va uning turli ta’riflari


Kompyuter konferensiyalari



Yüklə 160,08 Kb.
səhifə35/50
tarix29.06.2022
ölçüsü160,08 Kb.
#62507
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   50
1. Tizim tushunchasi va uning turli ta’riflari

89. kompyuterkonfirensiyalari
a.

Kompyuter konferensiyalari


Kompyuter konferensiyalari biror muammoni hal qilayotgan guruh ishtirokchilari o’rtasida axborot almashish uchun kompyuter tarmoqlaridan foydalanadi. Albatta, bu texnologiyaga kirish huquqiga ega bo’lganlar soni chegaralangan. Kompyuter konferensiyasi ishtirokchilari soni audio va videokonferensiyalar ishtirokchilari sonidan ancha ko’p.
Kompyuter konferensiyalari (telekonferensiyalar) ommaviyligi bo’yicha elektron pochtadan so’ng ikkinchi o’rinda turadi. Agar elektron pochta xabarni «birdan birga» printsipida uzatsa, tarmoq yangiliklari xabarni «birdan ko’pchilikka» printsipida uzatadi. Har bir xabarni uzatish mexanizmi «mish-mish» tarqalishini eslatadi: tarmoqning har bir bo’g’ini biror yangilikni «bilsa», axborotni barcha tanish bo’g’inlarga uzatadi. Ular o’z bilgan bo’g’inlariga va h.k. Shunday qilib, xabar qisqa muddat ichida butun dunyodagi konferensiya ishtirokchilariga yetib boradi.
Xalqaro mustaqil telekonferensiyalar tarmog’i UseNet deb nomlanadi. UseNet deyilganda, Internetning barcha foydalanuvchilarigaguruhli munozaralarda ishtirok etish imkonini beruvchi tizim tushuniladi. Guruh yangiliklarining muhim jihatlaridan biri butun dunyo bo’ylab millionlab insonlar bilan muloqot qilish imkoniyatidir. Mutaxassislar o’z hamkasblaridan tez va malakali yordam olishlari mumkin. Bu tarmoq birinchi navbatda texnik mutaxassislar o’rtasida axborot almashish uchun o’ylab chiqilgan. Hozirda UseNet 40.000 dan ortiq telekonferensiyalarni ta’minlaydi. Mavzular guruhi turli-tuman va deyarli barcha soha qiziqishlarini o’z ichiga oladi. Rus serverlari o’rtacha 15.000 – 19.000 guruh yangiliklarni ta’minlaydi.
90. Masofaviy ta’lim tushunchasi.
Masofaviy ta’lim o’rganish obyekti va sub’yektining o’zaro maqsadga yo’naltirilgan, interfaol, asinxron muloqoti jarayonni ifodalaydi, bunda o’qitish jarayoni masofaga bog’liq emas. Ta’lim berish jarayoni elementlari tizim ostlari (o’qitish maqsadi, o’qitish usullari, o’qitish vositalari, o’quv-material, moliyaviy-iqtisodiy, normativ-huquqiy) bo’lgan pedagogik tizimda o’tadi.
Masofaviy ta’lim ta’lim tizimida biror sababga ko’ra (kambag’allik, fizik kamchiliklar yoki ishlab chiqarishda bandligi va shaxsiy ishlariga asosan ta’lim muassasalariga kela olmaslik, ijtimoiy himoyalanmaganlik, gyeografik yoki vaqt bo’yicha cheklanganlik) hech kim bilimsiz qolib ketmasligi kerak degan printsipga asoslangan. Masofaviy ta’lim boshqa shakllarning yaxshi tomonlarini o’zida jamlagan holda jamiyatni axborotlashtirishning obyektiv jarayoni sifatida kirib kelmoqda.
Masofaviy ta’lim va ta’lim tushunchasini tushunishga yondashuvning turlichaligini ifodalovchi qarashlar mavjud.

Yüklə 160,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin