21. Axborot muxiti, axborot tizimining namunaviy tarkibi. Konseptual model, axborot muhiti, lingvistik ta’minot, boshqaruv tizimi, avtomatlashtirilgan axborot tizimi
Axborot tizimining namunaviy tarkibi
Ixtiyoriy axborot tizimida uning ishlash jarayonini quyidagi tasvirda ko`rsatamiz. Asosiy ishlar 4 ta blokdan iborat: dastlabki ma`lumotni kiritish, unga ishlov berish, natijaviy ma`lumotni iste`molchilarga yoki boshqa AT ga uzatish, teskari aloqani ta`minlash, ya`ni natijani tahlil qilib dastlabki ma`lumotlarni xodimlar yoki boshqa AT tomonidan tuzatish (2-rasm).
AATning konseptual modeli. Axborot tizimi foydalanuvchilarning talabiga muvofiq
axborotlarni yig’ish, qayd etish, uzatish, saqlash, to’plash, qayta ishlash, tayyorlash va taqdim
etishga mo’ljallangan. Konseptual nuqtai nazardan qaraganda, axborot tizimi – bu operasiyani
bajaruvchi tizim va boshqaruvchi tizim o’rtasidagi vositachi sanaladi.
Lingivinistik ta`minot - axborot tizimlari xodimlari va texnik, dasturiy va axborot ta`minoti xodimlarining muloqat tili majmui (til vositasi), shuningdek, axborot tizimlarida foydalaniladigan atamalar majmui kiradi.
Axborot muhiti o`zaro bog`langan uchta tarkibiy qismni o`z ichiga oladi. Bular: foydalanuvchining axborot tuzilmasi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, boshqaruvning ishtirok etuvchi ob`yektlari.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimi (AAT) - axborotlar, axborotlarni ishlab chiqishda qo`llaniladigan iqtisodiy-matematik usullar va modellar hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilishga mo`ljallangan texnik, dasturiy, texnologik vositalar va mutaxassislarning majmuidir.
Boshqaruv tizimi to‘g‘risida tushuncha
Boshqaruv – ko'p ma'noli tushuncha. U ob'ektga mustaxkamligini saqlash yoki tizimning bir holatdan ikkinchi holatga o'tkazishda ta'sir etish uchun kerak bo'lgan joyda qo'llaniladi. Shu bois ―boshqaruv‖ tushunchasi boshqaruvchi ta'sirga ta'rif berish uchun qo'llaniladi. Boshqaruv tizimining turlarini ajratib ko'rsatash mumkin: masalan- ishlab chiqarishning uzluksiz bajaruvchilari bo'lgan insonlar alohida mashinalar, mexanizmlar, tizimlar, ishlab chiqarishdagi texnologak jarayonlar, aniqrog‘i, ishlab chiqarish jarayonlaridagi alohida elementlarni boshqaradi. Boshqaruvning bu sohasi ijtimoiy fanlar tomonidan fanning qator tabiiy va ilmiy sohalarini jalb etgan holda o'rganiladi.
Dostları ilə paylaş: |