1. Tizim tushunchasi va uning turli ta’riflari


Zamonaviy axborot texnologiyalari va pedagogik dasturiy vositalari. O’rgatuvchi vositalar, test



Yüklə 160,08 Kb.
səhifə30/70
tarix13.04.2022
ölçüsü160,08 Kb.
#55268
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   70
1. Tizim tushunchasi va uning turli ta’riflari

31. Zamonaviy axborot texnologiyalari va pedagogik dasturiy vositalari. O’rgatuvchi vositalar, test dasturiy vositalar, mashq qildirgichlar, o’quv ishtirokidagi vertual muhit

Axborot texnologiyalari – jarayonlarni boshqarishdagi asosiy manba bo‘lib hisoblanadi. Tayyorlangan ma'lumotlarni tizimga ajratish va qayta ishlash hamda kerakli maqsadlar bo‘yicha qayta ishlangan ma'lumotlarni uzatishni o‘z ichiga oladi.

Axborotlashtirish faqatgina fan va texnika yutug‘i bo‘lmasdan, balki ular ta'lim, tarbiya, san'at, tibbiyot, iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi, sanoat va shu kabi sohalarning rivojlanishida ham doimo muhim omil bo‘la oladi.

Zamonaviy hisoblash texnikasi va aloqa vositalari asosida axborotlarni to‘plash, saqlash va kerakli manbalarga uzatishning zamonaviy usullari, ya'ni kompyuterlashtirilgan usullarigacha rivojlanib boraveradi.

Axborot texnologiyalarining paydo bo‘lishi, bu sohadagi ishlarni jonlantirib yubordi, ya'ni endigi hayot nafaqat axborotlar, axborot texnologiyalari, balki axborot tizimlarini yaratishni taqozo etib qoladi va ulardan bilim bazalari, vazifalar, mantiqiy xulosalarni yechuvchi mashina kabi xizmat tizimlarini ham o‘z ichiga olishini talab qilmoqda. Bu talablarni hal qilish esa ijtimoiy islohotlarga bog‘liqdir.

Pedagogik dasturiy vositalar haqida tushuncha

Pedagogik dasturiy vositalar – kompyuter texnologiyalari yordamida o`quv jarayonini qisman yoki to`liq avtomatlashtirish uchun mo`ljallangan didaktik vosita hisoblanadi. Ular ta`lim jarayonini samaradorligini oshirishning istiqbolli shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy texnologiyalarning o`qitish vositasi sifatida ishlatiladi. Pedagogik dasturiy vositalar tarkibiga: o`quv fani bo`yicha aniq didaktik maqsadlarga erishishga yo`naltirilgan dasturiy mahsulot (dasturlar majmuasi), texnik va metodik ta`minot, qo`shimcha yordamchi vositalar kiradi.

Pedagogik dasturiy vositalarni quyidagilarga ajratish mumkin:

o`rgatuvchi dasturlar – o`quvchilarning bilim darajasi va qiziqishlaridan kelib chiqib yangi bilimlarni o`zlashtirishga yo`naltiradi;test dasturlari – egallangan bilim, malaka va ko`nikmalarni tekshirish yoki baholash maqsadlarida qo`llaniladi;

mashq qildirgichlar - avval o`zlashtirilgan o`quv materialini takrorlash va mustahkamlashga xizmat qiladi;

o`qituvchi ishtirokidagi virtual o`quv muhitini shakllantiruvchi dasturlar.


Yüklə 160,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin