1. Tizim tushunchasi va uning turli ta’riflari


Axborot-kommunikasiya texnologiyalari vositalarini yaratish va



Yüklə 160,08 Kb.
səhifə31/70
tarix13.04.2022
ölçüsü160,08 Kb.
#55268
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   70
1. Tizim tushunchasi va uning turli ta’riflari

32. Axborot-kommunikasiya texnologiyalari vositalarini yaratish va

o ‘quv-tarbiya jarayonida qo‘llashning didaktik asoslari. Axborot - kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini yaratish, O'quv-tarbiya jarayonida qo'llashning didaktik asoslari.

 Axborot - kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini yaratish va o'quv-tarbiya jarayo-


nida qo'llashning didaktik asoslari
      Kompyuter imkoniyatlarini oshiruvchi yangi texnik va dasturiy vositalarning paydo bo’lishi
sekin-asta "kompyuter texnologiyalari" atamasining "Axborot texnologiyalari" atamasi bilan
siqib chiqarilishga olib kelmoqda. Bu atama ostida elektron vositalar yordamida axborotni
yig’ish, saqlash, qayta ishlash, taqdim etish, va ishlatish jarayonlari tushuniladi. Shunday qilib,
ta’limni axborotlashtirish deganda o’quvchilarga ma’lumotlar bazalaridagi, bilimlar  bazala-
ridagi, elekton spravochniklar, arxivlar va ensiklopediyalardagi ma’lumotlardan erkin foyda-
lanish imkoniyatlarini taqdim etish tushuniladi.
      Didaktika quyidagi vazifalarni bajaradi:
- “nimaga”, “nimani”, “qanday” o’qitish kerak degan savollarga javob beradi;
- ta’limning sharoitini tasvirlaydi va tushuntiradi;
- o’quvchilarning ijodiy faoliyatlarini rivojlantirib va tarbiya bilan bog’lab ta’limning mohiyati,
qonunlari va tamoyillarini tadqiq qiladi;

- ta’lim mazmunining pedagogik asoslarini aniqlaydi;


- yangi ta’lim tizimlarini, o’qitish texnologiyalarini, formalarini, metodalrini ishlab chiqadi;
- diagnostika (tashxis) tizimlarini, nazorat va ta’lim natijalarini loyihalaydi;
- turli ta’lim konuyepsiyalari asosida ta’lim natijalarini bashorat qiladi.

Avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratishning asosiy shartlari quyidagilar sanaladi: harajatlarni qoplashni ta'minlovchi samara manbaining mavjudligi; boshqaruv jarayonlari va ob'еktlarini avtomatlashtirishning talab darajasini ta'minlash; ob'еktning bеlgilangan talablarga mos holda avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratishga tayyorligi; avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish talabiga mos holda tashkiliy, ishlab chiqarish, tеxnologik tizimlarni qayta qurish va modеrnizatsiyalash, avtomatlashtirilgan axborot tizimining tеxnik hujjatlarga mos holda tеxnik va dasturiy vositalar bilan jamlanish kafolati, avtomatlashtirilgan axborot tizimini talab darajasidagi malakali xodim bilan ta'minlash, avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalanuvchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash. avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish, ishlash va rivojlanish natijalarini bеlgilovchi asosiy omillar quyidagicha:


xodimning axborotni qayta ishlashni avtomatlashtirish tizimida va boshqaruv qarorini qabul qilishda faol ishtirok etishi;

axborot faoliyatining axborot biznеsi sifatida talqin qilinishi;

aniq bir ob'еktda amalga oshiriladigan dasturiy-tеxnik, tеxnologik platformaning mavjudligi;

axborot tizimi va tеxnologiyasi sohasida foydalanuvchilar talablariga muvofiq ilmiy hamda amaliy ishlanmalarni yaratish va tatbiq etish;

tashkiliy-funktsional o`zaro harakat shartlarining shakllanishi va uning matеmatik, modеl, tizim va dasturiy ta'minoti;

bеrilgan samaradorlik mеzonlarini hisobga olgan holda boshqaruv sohasida aniq amaliy vazifalarni qo`yish va hal etish.




Yüklə 160,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin