1. Tizim tushunchasi va uning turli ta’riflari



Yüklə 160,08 Kb.
səhifə34/70
tarix13.04.2022
ölçüsü160,08 Kb.
#55268
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   70
1. Tizim tushunchasi va uning turli ta’riflari

35. O ‘quv muassasasi tashkiliy- boshqaruv tizimini avtomatlashtirish. Axborot texnologiyasi, telekomunikatsiyalar, telekomunikatsiyalar tarmog’i, telekomunikatsiya vositalari

O'quv-tarbiya jarayonining axborot-metodik ta'minotini va o'quv muassasasi tashkiliyboshqaruv tizimini avtomatlashtirish va uning istiqbollari Bo’lajak pedagoglarni tayyorlaydigan oliy o’quv yurtlarida, talabalarga zamonaviy kompyuter va aloqa vositalaridan foydalanib, murakkab vaziyatlarda tezkorlik bilan bir qarorga kelish, axborotni qidirish, uni olish, kommunikativ bilimlarini va boshqa shu kabi qobiliyatlarini oshirish uchun, eng qulay texnologik imkoniyatlari bo’lgan shart sharoitlar yaratib berilishi kerak. Rasmiy bilim berishdan ozod bo’lgan pedagoglar, butun diqqat e’tiborini o’zlari o’qitayotgan talabalar bilan o’zaro aloqani mustahkamlashga qaratishlari lozim bo’ladi, bu esa ularning ish mohiyatlarini tashkil etadi.

Axborot texnologiyasi- axborotni to’plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar

Axborot texnologiyalarining maqsadi-inson tahlil qilishi uchun axborotni ishlab chiqarish va uning asosida biror bir hatti-harakatni bajarish bo’yicha qaror qabul qilishdir. Axborot texnologiyasi–obyekt-jarayon yoki hodisa (axborot mahsuloti)ning holati haqidagi yangi sifat axborotini olish uchun ma’lumotlar (boshlang’ich axboroti)ni to’plash, qayta ishlash va uzatishning vosita va uslublari jamlanmasidan foydalanuvchi jarayondir

Telekommunikatsiyalar - signallar, belgilar, matnlar, tasvirlar, tovushlar yoki axborotning boshqa turlarini o’tkazgichli, radio, optik yoki boshqa elektrmagnit tizimlaridan foydalangan holda uzatish, qabul qilish, qayta ishlash; telekommunikatsiyalar tarmog’i - uzatishlarning bip yoki bir necha turini: telefon, telegraf, faksimil turlarini, ma’lumotlar uzatish va hujjatli xabarlarning boshqa turlarini, televizion va radioeshittirish dasturlarini translyasiya qilishni ta’minlovchi telekommunikatsiya vositalarining majmui; telekommunikatsiya vositalari - elektrmagnit yoki optik signallarni hosil qilish, uzatish, qabul qilish, qayta ishlash, kommutasiya qilish hamda ularni boshqarish imkonini beruvchi texnik qurilmalar, asbob-uskunalar, inshootlar va tizimlar; telekommunikatsiyalar xizmatlari - operator va provayderning signallar hamda boshqa axborot turlarini telekommunikatsiya tarmoqlari orqali qabul qilish, uzatish, qayta ishlashga doir faoliyati mahsuli;


Yüklə 160,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin