ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
48
MAMLAKATNI JADAL ISLOH ETISH VA MODERNIZATSIYALASHNING
MOHIYATI, TAMOYILLARI VA ASOSIY YO’NALISHLARI
Alijonova Zarnigor Alijon qizi
Toshkent moliya instituti
Itsodiyot fakulteti 2-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.6492572
Annotatsiya. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning eng muhim maqsadi va
asosiy ustuvor vazifasi bu islohotlarni davom ettirish va chuqurlashtirish,
mamlakatimizni yangilash
va modernizatsiya qilish, 2009-2012-yillarga
mo’ljallangan inqirozga qarshi choralar dasturining bajarilishi va shu asosda
iqtisodiy rivojlanishning yuqori va barqaror sur’atlarini, samaradorligini hamda
makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlashdan iboratdir. Iqtisodiy islohotlarni
ta’milashga yo’naltirilgan bunday tadbirlar
jahon moliyaviy iqtisodiy
inqirozining salbiy oqibatlarini imkon qadar kamaytirishga qaratilgan inqirozga
qarshi choralar dasturini samarali amalga oshirishni huquqiy ta’minlash
dunyodagi sanoqli davlatlar qatorida O’zbekistonga iqtisodiyotning barqaror
o’sish sur’atlarini saqlab qolish va aholining real daromadini oshirish imkonini
berdi.
Kalit so’zlar: Modernizatsiya,
iqtisodiy islohotlar, iqtisodiyotni
erkinlashtirish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish.
Kirish
Eng avvalo, modernizatsiya atamasiga to’xtaladigan bo’lsak, odatda, uni
texnika, texnologiyaga oid tushuncha deb qaraladi. Jumladan iqtisodiyotga oid
ayrim lug’atlarda unga quyidagi mazmunda ta’rif beriladi: “Modernizatsiya
obyektni
yangilash, yaxshilash, takomillashtirish,
uni yangi talablar va
me’yorlarga, texnik shartlarga, sifat ko’rsatkichlariga muvofiqlashtirish. Asosan,
asbob-uskunalar, texnologik jarayonlar modernizatsiyalanadi”. Fikrimizcha, bu
modernizatsiya tor ma’nodagi yondashuv bo’lib, bugungi kunda uning keng
ma’nodagi mazmuni tobora dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda.
Modernizatsiya – an’anaviy jamiyatni ilg’or, industrial
jihatdan taraqqiy
etgan jamiyatga aylanishini ta’minlovchi ijtimoiy tarixiy jarayondir.
Umuman olganda, modernizatsiya juda keng tushuncha bo’lib, bugungi
kunda uni jamiyat hayotining turli jabhalarini tubdan o’zgartirish, yangilash, bu
borada taraqqiyotni jahondagi mavjud ilg’or andozalar tomon yo’naltirish va
takomillashtirish jarayonlarining majmui sifatida ifodalash mumkin. Zero, bu
holat mamlakatimizning birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan Oliy Majlis