39. Informatika va axborot texnologiyalari xonasiga qo‘yiladigan talablar va unda ish jarayonini tashkil etishning metodik jihatlari.
Informatika va axborot texnologiyalari bo‘yicha tayanch kompotentlikni shakllantirish quyidagilarni talab qiladi: -axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining didaktik imkoniyatlari va shaxsiy kompyuterning funksionalligi haqidagi tasavvurlarning mavjudligi; -Microsoft Office yordamida didaktik va ko‘rgazmali materiallarni tayyorlashda uslubiy asoslaridan foyddalana olish; -pedagogik faoliyat jarayonida raqamli ta’lim va Internet manbalardan foydalanish; -axborot texnologiyalarini qo‘llash jarayonida ijobiy dalillarni yaratish.
Bugungi kun talablaridan kelib chiqadigan bo‘lsak, pedagog kompyuterdan foydalanishni bilmasa, uni navbatdagi tanlovdan o‘tkazish mumkin emas. Unga AKT-kompetentlik darajasini oshirish tavsiya qilinishi lozim, masalan: - o ‘quv amaliyotida AKTni tadbiq qilish bo‘yicha turli seminarlarda ishtirok etish; -on-line forumlarda, mutaxassislik tanlovlarida va kengash yig‘ilishlarida ishtirok etish; -Internet resurslari va raqamli ta’lim manbalari kolleksiyasidan foydalanishni ta’minlash; -zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining tadbiqi bo‘yicha o‘z loyihalarini ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish; -AKTdan faol foydalaniladigan o‘quv bilimlari bankini shakllantirish. Yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish pedagogik faoliyatini sezilarli darajada yengillashtiradi, masalan: -turli hujjatlarni yuritish (hisobotlar, dars konspektlari va h.k.); -kompyuter yordamida turli didaktik materiallar tayyorlash mumkin; -pedagog oldida interaktiv doskalar, mul’timediali proyektorlar, elektron jurnallar va boshqalardan foydalanish imkoniyati ochiladi; -pedagog talabaning bilimini baholash uchun nazorat dasturlari yoki testlarni o‘zi yaratishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |