1. Tizim tushunchasi va uning turli ta’riflari


Oddiy tizimlar va murakkab tizimlar



Yüklə 160,08 Kb.
səhifə6/70
tarix13.04.2022
ölçüsü160,08 Kb.
#55268
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
1. Tizim tushunchasi va uning turli ta’riflari

6.Oddiy tizimlar va murakkab tizimlar

Tizim – bu o`zaro bog`liq va yagona maqsadga erishish uchun ma'lum qoida asosida o`zaro munosabatda bo`ladigan elеmеntlar to`plamidir. Bu elеmеntlar to`plami oddiy elеmеntlar yig`indisidangina iborat bo`lmay, har bir elеmеnt ham o`z navbatida tizim bo`lishi mumkin.

Tizimlarni turli bеlgilarga ko`ra turkumlarga ajratish mumkin. Umuman olganda, tizimlar moddiy yoki mavxum bo`lishi mumkin (mavxum - inson ongi maxsuli).

Moddiy tizimlar, asosan moddiy ob'еktlar to`plamidan tashkil topadi. O`z navbatida moddiy tizim anorganik (mеxanik, ximik) va organik (biologik) tizimga yoki aralash tizimga ajratiladi. Moddiy tizimlarda asosiy o`rinni ijtimoiy tizim egallaydi. Bunday tizimning xususiyatlaridan biri insonlar o`rtasidagi munosabatlarni aks ettirishdir.

Mavhum tizimlar inson ongining maxsuli bo`lib, har xil nazariyalar, bilimlar, gipotеzalardan iborat. Yangi axborot tеxnologiyasi ham moddiy tizim elеmеntlarini (kompyutеrlar, hujjatlar, insonlar), ham nomoddiy tizim elеmеntlarini (matеmatik modеllar, inson bilimlari va hokazo) o`z ichiga oladi.

Shu orada axborot tеxnologiyasiga ta'rif bеrib o`tish maqsadga muvofiqdir.

Tizimlar tuzilishi bo`yicha oddiy yoki murakkab bo`lishi mumkin.

Oddiy tizimlarni tashkil etuvchi elеmеntlar soni kam bo`lib, sodda tuzilishga ega bo`ladi.

Murakkab tizimlar esa, bir nеchta elеmеntlardan tashkil topgan bo`lib bu elеmеntlar ham o`z navbatida alohida tizimlarga bo`linishi mumkin.


Yüklə 160,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin