Internet xizmatidan foydalanuvchilar turli operatsion tizimlardan foydalanadilar (DOS, Windows, Macintosh, Unix, OS/2, Amiga va h.k.). Ular o’zaro ma’lumot almashina olishlari uchun Internet tarmnog’ida umumiy bo’lgan TCP/IP protokoli qo’llaniladi. Xabarlarni jo’natish jarayoni protokol deb nomlanadi. TCP/IP protokoli XX asrning 70-yillari boshida yaratilgan. Bu protokol AQSh rahbariyati tomonidan moliyalashtirilgan va turli lokal tarmoqlarni va kompyuterlarni yagona tarmoqqa birlashtirish imkoniyatlarini o’rganishga yo’naltirilgan loyihaning bir qismi edi. Hech bir kompaniya TCP/IP portokoliga egalik qilish huquqiga ega emas. Internetga ulangan har qanday kompyuter boshqa kompyuterlar bilan ma’lumot almashishi uchun bu portokoldan foydalanishi mumkin.
TCP (Transmissin Control Protocol) – uzatishlarni boshqarish protokoli, paketlarni ma’lumotlarni uzatish nazoratchisi bilan IP yordamida jo’natishlarni ta’minlaydi.
IP (Internet Protocol) – tarmoqlararo protokol, ma’lumotlarni bir mashinadan ikkinchisiga qo’shimcha ishlovlarsiz jo’natishni ta’minlaydi.
Uzatishlarni boshqarish protokoli uzatilayotgan axborotni qismlarga ajratadi. Har bir qism barcha ma’lumotlar olinganligini tasdiqlash va ularni to’g’ri tartibda joylashtirish uchun tartiblanadi. Bu tartib raqamini tarmoqda jo’natish uchun protokolning, kerakli bo’lgan ma’lumotlar yozilgan, o’z «konverti» mavjud. Ma’lumotlar qismlari TCP konvertiga, u o’z navbatida IP konvertiga joylanadi va tarmoq bo’yicha uzatiladi.
Qabul qiluvchi tomonida TCP protokoli dasturiy ta’minoti konvertlarni yig’adi, undan ma’lumotlarni oladi va ularni to’g’ri tartibda joylashtiradi. Agar qandaydir konvert yo’q bo’lsa, dastur jo’natuvchidan uni yana bir bor yuborishni so’raydi. Barcha axborotlar kerakli tartibda jamlanganidan so’ng bu ma’lumotlar TCP xizmatidan foydalanayotgan amaliy dasturga uzatiladi.
Tarmoqlararo protokol (IP) manzillash uchun ham xizmat qiladi.
Internet manzillari ikki turda bo’lishi mumkin: sonli yoki domenli. Sonli manzil axborot xabar oldida keltiriladi, u tarmoqqa ma’lumotlar paketini jo’natish uchun yetarli ma’lumot beradi. Internet-manzil 4 baytga bo’lingan 32 bitdan (to’rtta sondan) tashkil topgan bo’lib, ularning har biri 256 dan oshmaydi. Sonlarni yozish davrida biri ikkinchisidan nuqta bilan ajratiladi. Masalan:
195.1.158.29
91.4.205.133
IP-manzillar tashkilotning o’lchami va faoliyat turi bilan bog’liq holda ajratiladi. Ularni A, B va C sinflarga bo’lish mumkin.
A sinfi manzili – 0 dan 127 gacha bo‘lgan sonlar.
A sinfi tarmog’i tarmoq manzili uchun 7 bit va xost (o’zak yoki tarmoq bo’g’ini) manzili uchun 24 bitga ega. Bu har birida 16 mln.dan ortiq xost bo’lgan 128 ta tarmoqni nomlash imkonini beradi.
B sinfi manzili – 128 dan 191 gacha bo‘lgan sonlar.
B sinf tarmog’ida tarmoq manzili uchun 14 bit va xost manzili uchun 16 bit ajratiladi. Bu har birida 65.536 tagacha xost bo’lgan 16384 ta tarmoqni nomlash imkonini beradi.
C sinfi manzili – 192 dan 223 gacha bo‘lgan sonlar.
C sinf tarmog’ida tarmoq manzili uchun 21 bit va xost manzili uchun
8 bit ajratiladi. Bu har birida 256 tagacha xost bo’lgan 2.097.152 ta tarmoqni nomlash imkonini beradi.
Ko’pgina tarmoqlar B va C sinflariga tegishlidir. Manzillarni berishni InterNIC (International Network Information Center) markazi amalga oshiradi. IP-manzil aniq kompyuterni ifodalaydi (nomlaydi).
TCP/IP qanday ishlaydi? Bu protokollar oilasi ma’lumotlarni uzatish uchun mo’ljallangan (fayllar, xatlar, hujjatlar va h.k.). Bunda uzatilayotgan axborot kichik-kichik paketlarga bo’linadi va ko’rsatilgan manzil bo’yicha alohida jo’natiladi. Har bir paket axborot yoki faylning qandaydir qismini hamda xizmatchi axborotni o’z ichiga oladi. Bu xizmatchi axborot xususan paketlar sonini, joriy paket tartibini oladi. Xizmatchi axborot yordamida kompyuter xabar yoki faylni kerakli tartibda tiklash imkoniyatiga ega. Agar qandaydir paket yo’lda yo’qolib qolsa, kompyuter jo’natuvchidan uning yangi nusxasini (uni olmagunga qadar) jo’natishni so’raydi.
URL (Universal Resource Locator) manzil – bu Internet manzili bo’lib, aniq bir Web-sahifani yoki qandaydir manbani ifodalaydi.
http://www.altavista.com/ – URLga misol bo’lishi mumkin.
Internetda ishlash jarayonida tez-tez murojaat qilinadigan ixtiyoriy
Web-sahifalarning URL manzillari ro’yxati hosil bo’ladi. Internet Explorerdasturida ular bilan bog’lanish yaratish uchun Избранное (Tanlangan) papkasi xizmat qiladi. U Web-sahifalar nishonlarini saqlash uchun mo’ljallangan. Unga nishon qo’shish uchun Web-sahifa doirasida sichqoncha o’ng tugmasi bosiladi va ochilgan kontekstli menyuda Добавит в избранное (Tanlanganga qo‘shilsin) bo’limi tanlanadi.
Dostları ilə paylaş: |