1. Tojikiston demokratik davlatining tuzilishi Foydali qazilmalari



Yüklə 94,38 Kb.
səhifə6/11
tarix24.04.2023
ölçüsü94,38 Kb.
#102037
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
davlatlar

Davlat tuzumi
Qirgʻiziston — suveren, unitar, demokratik respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1993-yil 5-mayda qabul qilingan; 1996, 1998, 2001 va 2003-yillarda oʻzgartishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (2021-yildan Sadir Japarov). U umumiy teng, toʻgʻri yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Bir shaxs ketma-ket ikki martadan ortiq prezident etib saylanishi mumkin emas. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni parlament — Jogorku Kenesh, ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.
Oxirgi marta prezidentlik saylovi 15-noyabr 2017-yilda boʻlib oʻtdi. Yangi prezident etib Soronboy Jenbekov saylandi. Bundan oldin 1-dekabr 2011-yildan 24-noyabr 2017-yilgacha Almazbek Atambayev prezident edi.
Qirgʻiziston Respublikasi prezidentiga nomzod 35yoshdan kichik va 70yoshdan katta boʻlmagan, davlat tilida gaplashaoladigan va 15yildan kam bolmagan muddatda respublika fuqarosi boʻlishi kerak.
Tarixi
Qirgʻizistonda topilgan arxeologik yodgorliklar bu hududda taxminan 300 ming yil ilgari odam yashaganligidan darak beradi. Miloddan avvalgi 3-ming yillik oxiri — 2-ming yillik boshlarida avval mis, keyinchalik jezdan ishlangan qurollar tarqalgan. Qirgʻizistonning shimolda saklar qabila ittifoqi (miloddan avvalgi 7—3-asrlar), keyinchalik ular oʻrnida usunlar (miloddan avvalgi 2-asr — milodiy 2-asr) qabila ittifoqi mavjud boʻlgan. Janubiy rayonlar miloddan avvalgi 2—1-asrlarda Davan davlati, keyinchalik milodiy 1—4-asrlarda kushon qirolligi tarkibida boʻlgan. 5-asrda Q. shimoldagi koʻchmanchi qabilalar oʻtroklasha boshladi. 6—7-asrlarda Qirgʻiziston Turk xoqonligi tarkibida boʻldi. Qirgʻiziston Gʻarbiy Turk xoqonligining markazi boʻlib, xoqonlik poytaxti — Suyob shahri Chu vodiysida (Toʻqmoq shahri oʻrnida) joylashgan. Shimoliy Qirgʻizistonda oʻtroq hayotning rivojlanishida Oʻrta Osiyoning dehqonchilik vohalaridan koʻchib kelgan aholining roli katta boʻlgan. 6—8-asrlarda koʻchmanchi turkiy qabilalar Oʻrxun-Yenisey yozuvidan, oʻtroq aholi sugʻd yozuvidan foydalangan. Qirgʻiziston hududida shomoniylik, zardushtiylik, buddaviylik va xristian dinlari tarqalgan. 8-asrning boshida Qirgʻizistondagi siyosiy hokimiyat turgash zodagonlari qoʻliga oʻtgan. 8-asr oʻrtalarida Oltoydan Tyanshanga qarluqlar kelib, bu yerdagi hokimiyatni egallab olishgan. Qarluqlar hukmronligi 10-asr oʻrtasiga qadar davom etgan. Tyanshanda qirgʻiz qabilalari yashagani haqidagi ilk yozma manbalar 10-asrga oiddir. Bu davrda Chu va Talas vodiylarida shahar va qishloqlar soni koʻpaygan. Ular Issiqkoʻl qirgʻoqlarida ham vujudga kelgan. Shahar va qishloqlar aholisi — Oʻrta Osiyoning boshqa viloyatlari bilan bogʻliq boʻlgan hunarmandlar va savdogarlar koʻchmanchilari ip-gazlama, charm, yogʻoch, sopol, metall buyumlar, gʻalla, quruq meva va boshqa bilan taʼminlab turishgan.
Koʻchmanchilar shaharlarga chorvachilik mahsulotlarini yetkazib berganlar. Qarluqlar mulkining markazi — Chu vodiysi orqali Buyuk ipak yoʻli oʻtgan. 10-asr oʻrtasidan taxminan 12-asr oʻrtalarigacha Qirgʻiziston hududida Qoraxoniylar davlatinnng asosiy qismi joylashgan. Chu vodiysida davlat poytaxti — Bolasogʻun (hozirgi Boʻrona shahri xarobasi) boʻlgan. 10— 12-asrlarda Talas vodiysi kumush va boshqa metallar ishlab chiqarilishining yirik markazi hisoblangan. Koʻplab shaharlarda (Bolasogʻun, Oʻzgan va boshqalar) hunarmandchilik, savdo va madaniyat taraqqiy etgan. 13-asr boshida boshlangan moʻgʻullar istilosi qirgʻiz xalqi shakllanishi jarayonini uzoq muddatga toʻxtatib qoʻygan, koʻplab shahar-qishloqlar (14-asr boshiga kelib) vayron boʻlgan, oʻtroq dehqonchilik xoʻjaliklari tanazzulga yuz tutgan. Shimoliy Qirgʻizistonda shu davrdan boshlab yarim koʻchmanchi chorvadorlik xoʻjalikning yetakchi tarmogʻiga aylangan. Oʻrta Osiyoga moʻgʻullar bilan birga koʻplab koʻchmanchi qabilalar koʻchib kelgan. Tyan-shanning bir qismi va Sharqiy Turkiston Chigʻatoy ulusi tarkibiga kirgan. Chigʻatoy ulusining parchalanishi (1348) natijasida Qashqar, Yettisuv oʻlkasi va Ili vohasida Moʻgʻuliston davlati tashkil topgan. Chigʻatoy xonlaridan Muborakshoh va Baroqxon qoʻl ostidagi qabilalar bilan Yettisuvdan Movarounnahrga koʻchib oʻtadilar. muborakshoh Ohangaron vohasiga, Baroqxon esa Chagʻoniyonga kelib oʻrnashadi. Bu hol Chigʻatoy ulusining ikkiga boʻlinib ketishiga sabab boʻlgan. Shu vaqtdan boshlab, ulusning sharqiy va Shimoli-sharqiy qismida qolgan turkiy va moʻgʻul qabilalari oʻzlarini moʻgʻullar, mamlakatni esa Moʻgʻuliston deb atay boshladilar. 1348-yil Chigʻatoy naslidan boʻlgan Tugʻluq Temur Moʻgʻuliston xoni qilib koʻtarilgan. Amir Qamariddin hukmronligi davrida Amir Temur unga qarshi 1370—90 yillarda 7-marta qoʻshin tortib borgan va uni oʻziga tobe etgan. Amir Temur vafotidan soʻng temuriylar davrida Ulugʻbek 1425-yil Moʻgʻulistonga zafarli yurish qilgan. 15-asrning oxirida Moʻgʻuliston mayda-mayda qismlarga ajralib ketgan. 15-asrning 2-yarmida Shimoliy Q. hududida qirgʻiz qabilalarining birlashuvi natijasida dastlabki mustaqil xonlik vujudga kelgan, uning aholisini bu davrga kelib shakllangan qirgʻiz xalqi tashkil etgan.
16-asrning 1-yarmida qirgʻizlar oyratlar bosqiniga qarshi uzoq muddat kurash olib borganlar. 17—18-asr boshlarida Sharqiy Turkistonning siyosiy hayotida qirgʻizlarning ishtiroki kuchaygan. 18-asr oxiri —19-asr boshlarida qirgʻizlar Rossiyadan panoh izlay boshladilar. Bunga ularni murakkab tashqi siyosiy vaziyat, ichki ahvolning turgʻun emasligi va oʻzaro savdo-sotiqdan manfaatdorlik majbur qilgan. 1814-yil va 1824-yillarda Issiqkoʻl qirgʻizlari delegatsiyasi Rossiyaning Gʻarbiy Sibirdagi maʼmurlari huzuriga borishgan. 19-asrning 1-choragida Qoʻqon xonligi qoʻshinlarining qirgʻizlar ustiga harbiy yurishlari rus-qirgʻiz munosabatlarini toʻxtatgan. Qirgʻizlar Qoʻqon xonligi tarkibiga kirishgan. Bu davrda qoʻqonliklar tomonidan Pishpak (hozirgi Bishkek), Toʻqmoq, Darautqoʻrgʻon va boshqa qalʼalar qurilgan. 19-asrning 60—70 yillarida butun Q. Rossiya imperiyasi tarkibiga qoʻshib olindi; avval Turkiston viloyati (1865—67), soʻng Turkiston general-gubernatorligi (1867—1917) tarkibida boʻldi. 1917-yil noyabr — 1918-yil iyunda sovet hokimiyati oʻrnatildi. 1918-yil aprelda q. yangi tuzilgan Turkiston ASSR tarkibiga kirdi. 1921—22 yillarda yer-suv islohoti oʻtkazildi. 1924-yil Oʻrta Osiyoda milliy davlat chegaralanishi oʻtkazilishi natijasida 1924-yil 14-oktabrda RSFSR tarkibida Qora-qirgʻiz muxtor viloyati tashkil etildi. 1925-yil 25-mayda Qoraqirgʻiz muxtor viloyati Qirgʻiz muxtor viloyatiga, 1926-yil 1-fevraldan Qirgʻiziston ASSR ga, 1936-yil 5-dekabrdan SSSR tarkibidagi ittifoqdosh respublikaga aylantirildi. 1990-yil dekabrdan Qirgʻiziston Respublikasi deb ataldi. 1991-yil 31-avgustda respublika Oliy Kengashi Q.ni mustaqil, suveren, demokratik davlat deb eʼlon qildi. 1993-yil 5-maydan Qirgʻiz Respublikasi deb nomlandi.
2005-yil martda Qirgʻizistonda yuzaga kelgan iqtisodiy-ijtimoiy vaziyat amaldagi prezident A. Aqayevni oʻz lavozimidan ketishga majbur etdi. Qirgʻiziston— 1991-yil 31-dekabrdan MDH tarkibida. 1992-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 31-avgust — Davlat mustaqilligi kuni (1991).

Yüklə 94,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin