Milliy oshxonasi Qozoqlarning milliy taomi — et, qazi-qarta, qimiz va boshqalar.
Qozoq milliy oshxonasi keng koʻlamda goʻsht, sut-qatiq, xamir ovqatlardan iboratdir. Yozda qozoq oilalarida ayron, suv bilan aralashtirilgan qatiq sovuq holida ichiladi. Unga bugʻdoy, guruch solishadi. Ayron va qatiqdan qurut, suzma qilinadi. Qurut boʻgʻirsoqqa oʻxshab yumaloqlanadi va quyosh taftida quritiladi. Achchiq choy juda shifobaxshdir. Choyga sut yoki suzma qoʻshib qaynatiladi. Qimiz, ot suti boʻlib, u ham sogʻliq uchun foydalidir. Qozoq xalqining eng mashhur milliy taomi — beshbarmoqdir. Beshbarmoq, asosan, xamir, ot goʻshtidan tayyorlanadi. Katta kosa bilan shoʻrva tortiladi. Qozoq xalqi un mahsulotidan boʻgʻirsoq, qatlama, somsa va un bulgʻab qatlamali nonlar yopishadi.
Milliy sporti Milliy sport turi — poyga, kurash, koʻkpar.
Urf odatlari keladigan boʻlsak, ular tarixda koʻchmanchi xalq boʻlganlar shuning uchun qozoqlarning milliy naqshlarida qoʻy, buqa va boshqa xayvonlarning muguzlari tasvirlangan boʻladi. Ularning milliy kiyimlari ham qashqir, tulki va boshqa xayvonlarning teridan tikilgan.
Qozog’iston Prezidenti (qozoqcha: Қазақстан Республикасының Президенті; ilgari Qozogʻiston SSR Prezidenti) — Qozogʻiston Respublikasining davlat rahbari, oliy mansabdor shaxsi va Qurolli Kuchlarining oliy qoʻmondoni hisoblanadi.
1990-yil 24-aprelda lavozimga tayinlangan paytdan boshlab 2019-yilning 20-martigacha Nursulton Nazarboyev Qozogʻiston Prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan. Nursulton Abishevich Nazarboyev 1989-yil 22-iyunda Qozog‘iston SSR Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasining birinchi kotibi etib saylanganidan beri Qozog‘istonni boshqarib kelgan. 2019-yil 19-mart kuni soat 19:00 da u o‘z xohishi bilan isteʼfoga chiqishini maʼlum qilgan. 2019-yilning 20-martidan boshlab Qozog‘iston Prezidenti vazifalarini konstitutsiyaga muvofiq Qozogʻiston Senati raisi Qasim-Jomart Toqayev bajarishga kirishdi. Nursulton Nazarboyev 2022-yil 5-yanvarga qadar Xavfsizlik kengashi raisi bo‘lib faoliyat yuritdi. Eks-Prezident Nazarboyev „Nur Otan“ partiyasi aʼzosi hisoblanadi.
Dastlab Toqayev 2020-yilgacha, yaʼni Nazarboyevning vakolat muddati tugaguncha Qozog‘iston Prezidenti bo‘lib qolishi kerak edi. Biroq, 2019-yil 9-aprelda muddatidan oldin saylovlar eʼlon qilingach, 2019-yil 9-iyunda saylov boʻlib oʻtgan. Toqayev soʻnggi saylov natijalariga koʻra, 70,96 % ovoz toʻplab gʻalaba qozongan hamda 2019-yil 12-iyun kuni lavozimga kirishgan