I-S >0 [ I >S [ xorijdan kapital kiritilishi.
Agarda investitsiyalar (I) milliy jamgarmalardan ko`p bo`lsa (I > S), ortikcha investitsiyalar xorijdan olinadigan karz xisobiga moliyalashtirilishi lozim. Bu karzlar mamlakatga tovar va xizmatlarni eksport kilishga nisbatan ko`prok import kilinishini taminlaydi (M>X). YA`ni, sof eksport manfiy koldikka (Xn<0) ega bo`ladi. Mamlakat xalkaro jarayonga karzdor bo`lib katnashadi.>
Joriy operatsiyalar musbat koldikka ega bo`lganda, ortikcha mablaglardan xorijga investitsiya kilishda yoki xorijdan ko`chmas mulk sotib olishda foydalaniladi.
Xn>0 [ X-M>0 [ X>M;
I-S<0 >[ I[ xorijga kapital chikarilishi Davlatlar rasmiy zaxiralar va karzlar xisobiga koplash kobiliyatiga ega bo`lmagan to`lov balansining katta davriy takchilligi bo`lgan xollarda o`z valyutalari devalvatsiyasini amalga oshirishlari mumkin. Bu importning fizik xajmi ko`payishiga va okibatda mamlakatda xorijiy valyuta tushumining o`sishi xamda to`lov balansi kamomadi tugatiladi.
17.5. To`lov balansi taxlili.
To`lov balansini tuzish tamoyillariga ko`ra u doismo baoanslashgan bo`ladi. Manfiy yoki musbat koldik tushunchasi fakatgina to`lov balansining aloxida kismlariga ta`lukli. SHu bilan birga to`lov balansi koldigining milliy iktisodiyotga ta`siri amaliyotda bir xil tavsiflanmaydi. Iktisodiy siyosat maksadlaridant kelib chikib to`lov balansining musbat koldigi xam, manfiy koldigi xam ijobiy yoki salbiy deb baxolanishi mumkin.
To`lov balansi xolatiga baxo berishda savdo balansi koldigi, joriy operatsiyalar balansi koldigi, kapital xarakati va moliya balansi koldigi xamda rasmiy xisob kitoblar balansi koldigi aloxida taxlil etiladi.
Savdo balansi koldigi o`zgarishiga baxo berishda bu o`zgarishlar kaysi omillar ta`sirida ro`y berganligi e`tiborga olinadi. Masalan, manfiy koldik eksportning kiskarishi xisobiga ro`y bergan bo`lsa, bu xolat milliy iktisodiyotning rakobatbardoshliligi pasayganligidan dalolat berishi va negativ xodisa deb karalishi mumkin. Lekin bu xolat mamlakatga to`gridan-to`gri investitsiyalar okimi ko`payishi xisobiga importning o`sishi natijasida ro`y bergan bo`lsa miliy iktisodiyotning zaiflashidan dalolat deb karalmaydi.
Joriy operatsiyalar xisobi balansi, odatda, to`lov balansining ma`lumot beruvchi koldigi deb karaladi. CHunki bu koldi bilan birga ichki iktisodiy siyosatni cheklovchi tashki iktisodiy omil xisoblanishi bilan birga mamlakatning moliyalashtirishga extiyojini belgilaydi. Joriy operatsiyalar xisobi balansining musbat koldigi mamlakat boshka davlatlarga nisbatan netto kreditor ekanligidan dalolat beradi, va aksincha manfiy koldigi ( ya`ni joriy operatsiyalar xisobi balansining takchilligi) mamlakat tovarlar va xizmatlarning netto-importi uchun to`lovlarni amalga oshirishga va transfert to`lovlarini moliyalashtirishga majbur bo`lgan sof karzdorga aylanganligini anglatadi. Amalda joriy to`lov balansining musbat koldigiga ega mamlakat milliy jamgarmalarning bir kismini kapitalni ichki jamgarishga yo`naltirish o`rniga mamlakat tashkarisiga investitsiyalaydi.
Kapital xarakati va moliya balansi koldigi joriy operatsiyalar balansi xolatining oynadagi aksi xisoblanadi, chunki real resurslar okimini ko`rsatadi. SHuningdek joriy operatsiyalar balansi xolati kisman «Sof xatolar va chetda koldirishlar» moddasiga to`gri keladi.
Rasmiy xisob kitoblar balansi koldigi to`lov balansi umumiy (yakuniy) koldigining kengrok tarkalgan nomlanishi bo`lib norezidentlarning mamlakatga nisbatan likvidli talablarning ko`payishi (kamayishi) yoki xorijiy likvidli aktivlardagi mamlakat rasmiy zaxiralarning ko`payishidan ( kamayishidan) dalolat beradi. Bu koldik «Zaxira aktivlari» moddasidan boshka barcha moddalarni kamrab oladi.
Kayd kiligngan valyuta kurslari sharoitida (1979 yilga kadar) rasmiy xisob kitoblar xolatiga katta axamiyat berilar edi, chunki uning takchilligi mamlakatning boshka davlatlar oldidagi majburiyatlarining ortganligini (yoki zaxiralarining kamayganligini) anglatgani xolda valyuta kursining barkarorligiga taxdid solar edi. Suzib yuruvchi valyuta kursining kiritilishi bilan umumiy to`lov balansi tushunchasini yo`kka chikardi, rasmiy zaxiralar dinamikasi esa nafakat rasmiy xisob kitoblar koldigining okibati, balki to`lov balansining boshka bo`limlarida xisobga olingan okimlaridagi o`zgarishlarning sababchisi xam bo`lib koldi.