1. To’lqinlar, siltashlar orqali burulishlar To’lqinlar texnikasining tuzilishi va asoslari



Yüklə 36,23 Kb.
səhifə8/11
tarix03.05.2023
ölçüsü36,23 Kb.
#106785
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Gimnastikada burilish

Asosiy bosqich:
4- Faza – “Itarilish”;
5- Faza – “Tayanchdan uzilish” .


Amalga oshirish bosqichi:
6- Faza – “Harakatda holatni hosil qilish”;
7- Faza – “Holatni ushlab turish” (shart emas).


Yakunlovchi bosqich:
8- Faza – “Qo’nishga tayyorlash”;
9- Faza – “Amortizatsiya”;
10- Faza – “Bog’lovchi va to’g’irlovchi harakat”.


5. Badiiy gimnastikaga xos sakrashlar texnikasi
Qo’yida asosiy badiiy gimnastikaga xos sakrash texnikasining qisqacha ta’rifi keltirilgan.
Ikki oyoqda depsinib baland sakrash, o’zining uchishda holatni hosil qilish harakati bo’yicha turlichadir. Chunki qo’llarni faol siltab ikki oyoqda kuchli depsinish, maksimal balandlik va uchish vaqti bilan ta’minlashga yordam beradi. Ikki oyoqda depsinib sakrash texnikasini qisqacha ko’rib chiqamiz.
Oyoqlarni orqaga bukib sakrash (17-rasm) joyidan hamda harakatda bajarilishi mumkin. Sakrashning asosiy bosqichida gimnastikachi qo’llarini oldinga-yuqoriga kuchli siltaydi. Qo’l harakati taxminan bosh balandligida tormozlanadi, lekin, qo’lni ko’tarish sekin davom etadi. Tayanchdan uzilish to’g’ri holatda sodir bo’ladi, undan keyin gimnastikachi tananing orqaga butunlay bukishini davom ettirib kerishadi va oyoqlarini orqaga bukadi. Sakrashning eng qiyin turlaridan biri – halqa sakrash.
Bukilib sakrash texnikasi bo’yicha yuqoridagilarga o’xshashdir. Bu oyoqlarning juft holati va orasini ochgan holatda bajariladi. Bunday sakrash texnikasining xarakterli xususiyatlaridan biri qo’lni orqaga qaytarib harakatlantirish hisoblanadi: qo’l bilan siltash keng harakat bilan bajariladi va bundan keyin qo’llar bosh balandligiga kelganda (ilgariroq emas) ularning harakati keskin tormozlanadi. Aynan shu paytda gimnastikachining gavdasi qo’l va oyoqlariga yetgunicha egiladi. Bu bilan bog’liq oddiy xato – qo’llar bilan siltashni yelka balandligida, oldindan to’xtatib, keyin oyoqlarni unga olib borish. Bunda oyoqlar pastda qoladi, gavda esa ortiqcha egilib, gorizontal joylashgan oyoq va qo’llar bilan bukilishi zarur.

Yüklə 36,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin